Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

tillarni yaxshi o’rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Istak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi. 
11.His-hayajon gap. Gaplar so’zlovchining his-hayajon qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga ko’ra his-hayajonsiz 
gaplar va his-hayajon gaplarga bo’linadi. His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so’roq, buyruq shaklidagi gaplar 
his-hayajon gaplar sanaladi. Masalan: Ey Vatan! Polvonlaring bor bo’lsin! Uyg’oq bo’lsin! His-hayajon gaplarda 


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
3
ko’pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so’zlar hamda undov so’zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning 
oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go’zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi 
qo’yiladi. Agar so’roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so’roq belgisi, undan so’ng undov belgisi qo’yiladi. 
Masalan: Chiqmaysizmi?! 
12.Gap bo’laklari. Gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi mustaqil so’z yoki so’zlar birikmasi gap 
bo’laklari hisoblanadi. 
13.Kesim. Shaxs-son ma’nolarini bildirib, nima qil (-di, -yapti va bosh)?, nima bo’l (-di, -yapti va bosh)?, kimdir?, 
nimadir?, qayerdir? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning 
mazmuniy markazidir. U boshqa bo’laklarsiz gap bo’la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi. 
14.Fe’l kesim va ot kesim. Kesim qanday mustaqil so’zlar orqali ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: fe’l kesim 
va ot kesim. Fe’l orqali ifodalanibnima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar fe’l kesim 
hisoblanadi. Masalan: Qushlar sayraydi. Fe’ldan boshqa so’zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib, 
kim?, nima?, qanday? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan: Osmonimiz musaffo
15.Ega. Kesim bilan bog’lanib kim?, nima?, qayer? singari so’roqlarga javob bo’ladigan bo’lak ega deyiladi. 
Tahlilda eganing ostiga bir to’g’ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to’g’ri chiziq chiziladi. Masalan: Bulbul 
sayraydi. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi. 
Masalan: Toshkent – go’zal shahar. 
16.Sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo’lgan gap yig’iq gap 
hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bo’lgan gap yoyiq 
gap deyiladi. Masalan: Men uni ko’rdim. 
17.Hol. Fe’lga bog’lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari 
so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga hol deyiladi. Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki 
bajarilmaslik paytini, o’rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat 
chiziq (……) chiziladi: Maktabga ketdi. 
18.To’ldirvchi. Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? 
singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar 
(_ _ _ _ _ ) chiziladi: Bu so’zdan Hamid ajablandi. To’ldiruvchi hokim bo’lakka kelishik qo’shimchalari yoki 
ko’makchilar yordamida bog’lanadi. 
19.Aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, 
qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga 
aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchiar ma’nosiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich 
aniqlovchi. Tahlilda aniqlovchilar ostiga to’lqinli chiziq (~~~~ ) chiziladi. 
20.Sifatlovchi aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin