146
bo‘yicha oliy ma‘lumot olgan bakalavrlar ham avtomobil transporti tarmog‘i
korxonalarida ishlashlari mumkin.
Avtomobil transporti sohasining asosiy kasb mutaxassislari-ta`mirlovchi
ishchilar va haydovchilar o‘quv-kurs
maktablarida, markazlarda va tarmoq kasbiy
bilim yurtlarida tayyorlanadi.
Avtotransport korxonalarida esa qisqa o‘qitilib, attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Avtotransport sohasi bo‘yicha oliy va yoki o‘rta maxsus ma‘lumotiga ega bo‘lmagan,
lekin avtotransport faoliyatiga mas‘ul shaxs va tadbirkorlarni oliy va o‘rta
maxsus
bilim yurtlarida o‘qitiladi.
Fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni o‘rganish
maqsadida
mutaxassislarni
qayta tayyorlash
, ta‘lim dasturlari bo‘yicha qo‘shimcha bilim,
ko‘nikma va mahorat olish maqsadida o‘tkaziladi.
Malaka oshirish
jarayonida mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq
ular nazariy va amaliy bilimlarini yangilaydilar. Bu ishni
mutaxassislarning asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha institutlar (fakultetlar) va malaka oshirish kurslari bo‘lgan oliy
va o‘rta maxsus yurtlari amalga oshiradi.
Tajriba oshirish
(
stajirovka
), nazariy tayyorgarlik
natijasida olingan kasbiy
bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni amalda mustahkamlash maqsadida ilg‘or
avtotransport va avtoservis korxonalarida,
ilmiy-tadqiqot massasalarida, oliy ta‘lim
bilim yurtlarida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: