137
1) suhbatlashish kunini oldidan rejalashtirib,
bir oy oldin xodimga aytib
qo‘yishi kerak va suhbatlashish uchun eng kamida 1 soat ajratilishi lozim;
3.7-rasm. Attestatsiya jarayoni.
2)
suhbatlashuv uchun alohida maxsus xona ajratilgan bo‘lishi kerak,
telefon qo‘ng‘iroqlari, shovqin, boshqa odamlar bo‘lmasligi kerak va suhbatlashuv
uchun boshqa ta‘sir qiladigan, e‘tiborni tortadigan har xil narsalar bo‘lmasligi
ma‘qul;
3)
suhbatlashuv ishchanlik atmosferasi bilan yaxshi muomalada o‘tkazilishi
kerak;
4) xodimga ilgariroq tushuntirish zarurki, attestatsiyadan
asosiy maqsad uni
kamchiliklari uchun urishish emas, balki, uning ish unumdorligini ko‘tarish, ishlash
uslublarini yaxshilash va engillashtirish;
5) suhbatlashishni boshlash, albatta, xodimning ishidagi
ijobiy tomonlaridan
bo‘lishi kerak, hamda suhbat jarayonida o‘zaro muomalaga katta e‘tibor berib, suhbat
do‘stona tarzda o‘tishi kerak;
6) attestatsiya qilinayotgan xodimni e‘tibor bilan tinglash kerak;
7) xodimga, uning ishidagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun korxona har
qanday yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini uqtirish kerak;
8) rahbar attestatsiyadan o‘tayotgan xodim bilan birgalikda ish natijalarini
yaxshilash uchun nima ishlar qilish kerakligani aniqlab, rejalar tayyorlashi kerak;
138
9) xodimga yaxshilab tushuntirish kerakki, uning ishlashiga qo‘yilgan baho
tug‘riligini, ob‘ektivligini va kerak bo‘lsa, shunday bo‘lishi
lozimligini
asoslab
berilishi kerak;
10) suhbatni ijobiy, yaxshi muomala bilan tamomlash kerak.
Suhbatlashish jarayonida xodimning o‘tgan davr ish natijalari tahlil, qilinib,
unga baho berilib, uning kelgusi ishiga va yaqin kelajak uchun ish rejalari ko‘rib
chiqilib, tasdiqlanadi. Attestatsiya jarayonida attestatsiya suhbati asosiy rol o‘ynaydi,
shuniig uchun xodim va uning rahbaridan bu jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rish
talab qilinadi. Xodimning tayyorgarlik ko‘rishi - o‘zining o‘tgan davr ichida qilgan
ishiga
baho berishi, keyingi davrga (yilga) reja tuzishi, hamda rahbarga beradigan
savollarini o‘ylab, ro‘yxat tuzib qo‘yishi kerak. O‘z obru-e‘tiborini o‘stirish uchun
qanday ishlarni bajarishi lozimligini va qanday muddatda bo‘lishi kerakligini aniqlab,
rejalashtirib qo‘yishi kerak.
Attestatsiya, suhbati natijasida xodimning shaxsiy rejasi tasdiqlanadi. Odatda,
rejada xodimning mutaxassislik darajasining yaqin kelajakda o‘sishi, ya‘ni
uning
kar‘erasining o‘sishi ko‘rsatiladi. Xodimning shaxsiy rejasida uning maqsadlari,
mutaxassislik malakasining o‘sishi va uning natijasini iqtisodiy samaradorligini
baholash yo‘llari keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: