texnika xizmati -
harakat tarkibini saqlash, TXK va ta`mirlash
bo‘yicha tadbirlar kompleksini amalga oshirish, ehtiyot qismlar va agregatlar,
yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta`minlash, orqali xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash
tizimining ishini tashkil qiladi va boshqaradi (3.3-rasm).
3.3
rasm. Texnika xizmatining ishlab chiqarish tuzilmasi
Texnika xizmatining tashkiliy yo‟nalishdagi asosiy vazifasi
avvalo,
ekspluatatsiya jarayonida minimal mehnat va material xarajatlarini sarflagan holda
127
harakat tarkibini buzilmasdan ishlashining belgilangan darajasini ta`minlash bilan
bog‘liq. Ushbu maqsadda u TXK va ta`mirlash tizimining optimal ishlashini joriy va
uzoq davrlarga rejalashtirishni va ta`minlashni amalga oshiradi.
Texnika xizmati
- parkning soni, yoshi va avtomobillarni ekspluatatsiya qilish
sharoitlari, material-texnika bazasining holati va ishchilarning malakasini hisobga
olgan holda o‘z ishini tashkil etadi.
Texnika xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
TXK
mintaqasining bir maromda ishlashini va unga harakat tarkibining olib kelinishini
ta`minlash uchun avtomobillarga TXK ning yillik, chorak va oylik rejalarini ishlab
chiqish; harakat tarkibiga TXK va JT sifatini oshirish va bekor turish davomiyligini
qisqartirish maqsadida xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishni va texnologik jarayonini
takomillashtirish; ekspluatatsiya jarayonida avtomobillarning buzilmasdan ishlashini
ta`minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish (buzilishlar sonini qayd etib borish va
tahlil qilish, texnik nazoratni tashkil etish va boshqalar); haydovchilarning texnik
tayyorgarligini oshirish; ishlab chiqarishni boshqarish tizimi orqali TXK va
ta`mirlash sifatini uzluksiz boshqarish; harakat tarkibiga TXK ning belgilangan
texnologik jarayonini amalga oshirish va uni takomillashtirish; TXK va ta`mirlash
bo‘yicha ishlarning me‘yorlarini qayta ko‘rib chiqish; mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish vositalarini joriy qilish; material-texnik ta`minotni tashkil qilish va
amalga oshirish.
MTX ning yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan resurslarining ichida ishlab chiqarish
xodimlarini alohida va batafsil qarab chiqamiz. Ishlab chiqarish xodimlari, ishlab
chiqarish texnika bazasi kabi texnika xizmatining samaradorligiga jiddiy ta‘sir qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy sharoitlarda, korxonalar o‘zlarining
tashkiliy tuzilmasini va turli toifalar bo‘yicha ishlovchilar sonini mustaqil holda
o‘zlari aniqlab oladilar.
Mavjud shtatlar jadvallari va ishlovchilar soni me‘yorlari tavsiya ko‘rinishiga
ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida avtotransport korxonalarida ishlovchilar sonini
quyidagi toifalar bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi:
128
1) ekspluatatsiya xodimlari (haydovchilar, konduktorlar, ekspeditorlar,
yuklovchilar), hisob-kitob orqali aniqlanadi;
2) ishlab chiqarish ishchilari (avtomobillarga TXK va ta`mirlash), hisob-kitob
qilinadi;
3) yordamchi ishchilar (korxonaning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va TXK va
ta`mirlash uchun ishlab chiqarishni tayyorlash), ishlab chiqarish ishchilari sonidan
foiz hisobida qabul qilinadi;
4) ma‘muriy-boshqaruv xodimlari (korxona rahbari, iqtisodiyot va rejalashtirish,
hisobxona, mehnatni va ish haqini tashkil qilish, xodimlar bo‘limi va boshqalar);
5) boshqaruv bo‘limiga taalluqli bo‘lmagan xodimlar (harakat xavfsizligini
tashkil etish bo‘yicha muhandislar, transport taftishchilari, nazoratchilar, tushumlarni
qabul qilish bo‘yicha g‘aznachilar, nazorat tekshiruv punkti mexaniklari);
6) kichik xizmat xodimlari va yong‘in-qo‘riqlash xizmati;
7) ekspluatatsiya xizmati xodimlari;
8) MTX xodimlari.
4-8 toifalar xodimlarining soni, ATK ning toifasiga bog‘liq holda shtatlar jadvali
asosida qabul qilinadi.
MTX xodimlar quyidagicha bo‘linadi:
- ishlab chiqarish va yordamchi ishchilar (ATK da ishlovchilar umumiy sonining
23%);
- muhandis texnik xodimlar (oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotli – 3,6%);
- xizmatchilar (2%);
- xodimlar (1%).
Shunday qilib, ATK barcha xodimlarining 30% gacha MTX da ishlaydi.
Statistik ma‘lumotlar bo‘yicha ATK dagi oliy ma‘lumotli mutaxassislar umumiy
sonining 40% MTX ga to‘g‘ri keladi, 50% esa o‘rta maxsus ta‘lim ma‘lumotiga ega.
Ushbu xizmat ishining samaradorligiga ta‘sir qiluvchi barcha resurslar (omillar)
to‘plamida, MTX xodimlarining ta‘siri o‘rtacha hisobda taxminan 20% ni tashkil
qiladi.
129
Yaqin istiqbolda Respublikamizdagi avtomobil transporti korxonalarida
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi uchun xodimlarga bo‘lgan talab yuqori darajada
saqlanib qoladi. Mavjud me‘yoriy talablar bo‘yicha, har millionta avtomobillarga 17
mingta muhandis, 75 mingta texnik-mexaniklar, 250 mingtagacha ta`mirlash va
yordamchi ishchilar talab qilinadi.
Yuqoridagi talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan avtomobil transporti sohasini boshqarish va uning tuzilmalarini
takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2001
yil 5 iyundagi ―Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 245-son qarori e‘lon qilindi, ushbu
qarorga ilova sifatida avtomobil va daryo transportini boshqarshining tashkiliy
tuzilmasi respublika va hududiy darajalarda belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 10 martda
―O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi118-son qarori e`lon qilindi va ushbu
qarorga ilova sifatida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
tashkiliy tuzilmasi qayta belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi
―O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2-son qarori bilan o‘zgartirishlsr
kiritildi.
Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, avtomobil
transportida tashishlar xavfsizligini ta`minlash hamda avtotransport xizmatlari
bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Pespublikasi
Prezidentining 2018 yil 6 martdagi ―Avtomobil transportini boshqarish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3589 – sonli qarori qabul
qilindi. Qarorga ko‘ra O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi («O‘zavtotrans» agentligi) etib qayta
nomlandi va qayta tashkil qilinib, uning boshqarsh tashkiliy tuzilmasi qarorning 3-
ilovasiga muvofiq belgilandi (3.4-rasm).
130
3.4-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi.
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining PQ-3589 – sonli qarori 5-ilovasiga
muvofiq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmasi namunaviy
tuzilmasi belgilandi (3.5-rasm). Ilovaga ko‘ra 14 ta hududiy boshqarmalar
xodimlarining chegaralangan soni — 863 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari
soni - 375 kishi (shaharlar va tumanlarda avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish
sho`balarini qo‘shgan holda).
Qarorga binoan quyidagilar «O‘zavtotrans» agentligining asosiy vazifalari va
faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilandi.
1. Avtomobil transporti ob‘ektlari va yo‘lovchilar xavfsizligini ta`minlovchi
istiqbolli axborot-kommunikatsion texnologiyalarini va innovatsion yondashuvlarni
131
keng qo‘llagan holda yangi boshqaruv tizimlarini joriy etib, avtomobil transporti
sohasida yagona texnika siyosatini yuritish.
2.
Avtomobil
tashuvlarida
normativ-huquqiy
va
metodik
bazani
takomillashtirish, avtomobil transporti tashishlar xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha
muammolari yuzasidan xalqaro normalar, ilmiy-tekshiruv, loyiha-konstruktorlik,
texnologik ishlarni inobatga olgan holda texnik tartibga solish sohasida normativ
hujjatlarning yagona ma‘lumotlar bazasini ishlab chiqish va shakllantirish.
3.5-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi hududiy boshqarmasi
namunaviy tuzilmasi.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda
avtomobil transporti xavfsizligini ta`minlash choralarini inobatga olgan holda,
132
qishloq aholi punktlarini shaharlar, viloyat va tuman markazlarini bog‘lovchi yangi
yo‘nalishlarni ochish, avtomobil transportini rivojlantirish bo‘yicha kompleks
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish
uchun sharoit yaratish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng qo‘llab, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini
markazlashgan holda boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish.
5. Avtovokzallar va avtostansiyalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari
qaramog‘ida bo‘lgan umumiy foydalanishdagi yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi
to‘xtash bekatlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta‘mirlashni tashkil
etish.
6. Tashish jarayonlari, qatnov jadvallariga rioya etilishi, yo‘llarda harakatlanish
tezligi monitoringi, harakat yo‘nalishi sxemasiga rioya etilishi hamda aholiga real
vaqt tarzidagi ma‘lumotlar xizmatining keng ko‘lamli ro‘yxati taqdim etilishi
yuzasidan markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorati tizimini joriy etish.
7. Tashuv yo‘nalishlarini tender asosida joylashtirish, yo‘lovchi tashishlari sifati
va xavfsizligini oshirish, tenderlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtirish
mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor
munosabatlari va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
8. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali
avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning
vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus
yo‘nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro
shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash, bu sohadagi
amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk
tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o‘zaro ayirboshlash.
9. Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini
litsenziyalash, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish qoidalariga amal
qilish, avtomobilda tashuvlar xavfsizligini ta`minlash talablariga, og‘irlik va gabarit
133
ko‘rsatkichlariga hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya
etilishini nazorat qilish.
10. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshirish
shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno).
11. Avtomobil transportida, eng avvalo transport xavfsizligini ta`minlash
masalalari bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tizimli tashkil
etish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 6 dekabrdagi 318-
sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
markaziy apparati qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 25 apreldagi ―Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va
qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilartashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlarito‘g‘risida‖gi 238-sonli qarori bilan markaziy apparati yana qayta
tuzildi. O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining PQ-3589 – sonli qarori 4-ilovasiga
muvofiq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi
qayta tasdiqlandi (3.6-rasm).
«O‘zavtotrans» agentligiga va uning tomonidan tashkil etiladigan maxsus
korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni
kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,
transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan
kelishgan holda, tender savdolari o‘tkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish
yo‘li bilan avtobuslar va mikroavtobuslar faoliyatini masofadan «on-layn» tarzida
kuzatish hamda yo‘lovchilar transportida yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy
etish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari, dasturiy mahsulotlar, uskunalar,
mexanizmlar, materiallar, butlovchi anjomlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar (etkazib
beruvchilar) yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomalar tuzishga ruxsat etildi.
134
Xodimlarning cheklangan umumiy soni – 80 nafar,
shu jumladan boshqaruv xodimlari – 62 nafar.
3.6-rasm. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi markaziy apparati tuzilmasi.
«O‘zavtotrans» agentligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi maxsus
korxonalar asoslash ehtiyoji mavjud bo‘lganda texnik-iqtisodiy asoslash asosida 2023
yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlardan va maqsadli
davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan ozod qilindi, bunda
bo‘shagan mablag‘lar yangidan tashkil etiladigan maxsus tashkilotlarning moddiy —
texnika bazasini mustahkamlash uchun maqsadli ishlatilishi belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar
bo‘yicha olib kiriladigan transport vositalari, butlovchi anjomlar va ehtiyot qismlar,
135
uskunalar, asboblar va priborlar, mashinalar va mexanizmlar, kompyuter va
tashxislasha texnikasi uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi belgilab (bojxonada
rasmiylashtiruvlar uchun yig‘imlar bundan mustasno) qo‘yildi.
«O‘zavtotrans» agentligi va uning tomonidan tashkil etilayotgan yangi maxsus
tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek, tashkilotlar o‘zlari o‘rtasida qaytarmaslik sharti
bilan topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mol-mulk yuridik shaxslarning
qo‘shimcha qiymat va daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish ob‘ekti
hisoblanmasligi belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |