O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


Ikkinchi bobga doir topshiriq variantlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122
Usmanov darslik

 
Ikkinchi bobga doir topshiriq variantlari
 
2.1-jadvaldagi variantlarga mos holda, avtomobillarni mos texnik ta‘sirlarga 
yuborishni (buning uchun talab qilinadigan tashxislash bilan birgalikda) rejalashtiring 
va grafik tasvirlang (2.15, 2.16, 2.17 rasmlardagidek). Jarayonning kechishini so‘z 
bilan ifodalang. 
2.1-jadval 
Avtomobillarni TXK yoki JT yuborishni rejalashtirish 
Variant 
Mintaqa 
Uchastka yoki post 

2-TXK 
Qabul qilish 

2-TXK 
Topshirish 

2-TXK 
Rostlash 

JT 
Agregat 

JT 
Motor 

JT 
Elektrotexnika 
Ikkinchi bobga doir test topshiriqlari
 
1.
Texnika xizmatining ko‘rsatkichlarini va harakat vositalarining texnik 
tayyorligini tashkiliy texnologik tadbirlar o‘tkazish hisobiga aniqlashdan iborat 
bo‘lgan ushbu maqsad qaysi blokga mos keladi? 
A) ishlab chiqarishni tashkil etish blokiga; 
B) ishlab chiqarishni rivojlantirish blokiga; 


116 
C) ishlab chiqarishni tezkor boshqarish blokiga; 
D) ishlab chiqarishni tayyorlashni tezkor tuzatish blokiga. 
2. Ishlab chiqarish va yordamchi bo‘limlarni birgalikda faoliyat ko‘rsatishini 
ta`minlashdan iborat bo‘lgan ushbu maqsad qaysi blokga mos keladi? 
A) ishlab chiqarishni tashkil etish blokiga; 
B) ishlab chiqarishni rivojlantirish blokiga; 
C) ishlab chiqarishni tezkor boshqarish blokiga; 
D) ishlab chiqarishni tayyorlashni tezkor tuzatish blokiga. 
3. Avtotransport korxonalarda texnika xizmatini boshqarish tuzilmasini nechta 
funksional bloklar shakli ko‘rinishida keltirish mumkin? 
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta. 
4. ATKda qaysi bo‘lim bino va inshootlarni, energiya kuchlanish, sanitariya 
texnika xo‘jaligini texnik soz holda tutish hamda ishlab chiqarish asbob uskunalarni 
montaj qilish, xizmat ko‘rsatish, ta`mirlash, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat 
qiladi; nostandart jihozlarni tayyorlash bilan bog‘lik funksiyalarni bajaradi? 
A) texnik nazorat bo‟limi;
B) material texnikaviy ta`minoti bo‟limi;
C) texnika bo‟limi;
D) bosh mexanik bo‟limi. 
5. ATKda qaysi bo‘lim korxonani kerakli ehtiyot qismlar, agregatlar, yonilg‘i-
moylash mahsulotlari bilan ta`minlaydi, kerakli materiallar zahirasini me‘yorida tutib 
turadi va saqlashni, tarqatishni tashkil etadi? 
A) texnik nazorat bo‟limi;
B) material texnikaviy ta`minoti bo‟limi;
C) texnika bo‟limi;
D) bosh mexanik bo‟limi. 


117 
6. Texnik ekspluatatsiyaning samaradorligi nechta asosiy omillar va quyi omillar 
bilan aniqlanadi? 
A) 3 ta;
B) 4 ta;
C) 5 ta;
D) 6 ta. 
7. Quyidagilardan qaysi biri texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash tizimi 
tavsiyalarini bajarishning moddiy sharoitlarini ta`minlaydi? 
A) ishlab chiqarish texnika bazasi;
B) texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashni tashkillashtirish;
C) ekspluatatsiya sharoitlari;
D) harakat tarkibi parki. 
8. Quyidagilardan qaysi biri avtomobilning ishonchliligiga va natijada texnik 
ekspluatatsiya me‘yorlariga, texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashga bo‘lgan 
talablariga ta‘sir qiladi? 
A) ishlab chiqarish texnika bazasi;
B) texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashni tashkillashtirish;
C) ekspluatatsiya sharoitlari;
D) harakat tarkibi parki. 
9. Omillar boshqaruvchanligi bo‘yicha nechta turlarga bo‘linadi? 
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta. 
10. Kichik va o‘rta avtomobil transporti korxonalari uchun texnika xizmatining 
tarkibi nechta asosiy majmualardan tashkil topadi? 
A) 2 ta;
B) 3 ta;
C) 4 ta;
D) 5 ta. 


118 
11. Aloqalarining xarakteriga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini nechta 
asosiy turlarga ajratish mumkin? 
A) 6 ta;
B) 5 ta;
C) 4 ta;
D) 3 ta. 
12. Boshqarishning qaysi tuzilmasi, funksional boshqaruvni amalga oshirish 
bilan ma‘muriy boshqaruvning chambarchas aloqasini amalga joriy qiladi? 
A) boshqaruvning chiziqli tuzilmasi;
B) chiziqli funksional tuzilma;
C) boshqarishning tashkiliy funksional tuzilmasi;
D) divizional (filialli tuzilma). 
13. Qanday turdagi aloqalar (teng huquli boshqaruv zvenolarining 
kooperatsiyasi va koordinatsiyasi) muvofiqlashish harakteriga ega va odatda bir 
darajali hisoblanadi? 
A) vertikal aloqalar;
B) gorizontal aloqalar;
C) boshqaruv aloqalari;
D) ko‟p miqdorli aloqalar. 
14. ... - bu boshqaruv ierarxiyasining belgilangan darajasidagi zvenolar to‘plami. 
A) Boshqaruv zvenosi;
B) Boshqaruv tuzilmasi;
C) Boshqaruv bosqichi;
D) Matritsali tuzilma. 
15. .... deganda ishlab chiqarish bo‘linmalariga rahbarlikni amalga oshiruvchi 
zvenolarning tarkibi va o‘zaro bo‘ysinishi tushuniladi. 
A) Boshqaruv tizimi tuzilmasi;
B) Muhandis-texnika xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi;
C) Boshqarishning tashkiliy funksional tuzilmasi;
D) Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi. 


119 
16. Harakatdagi tarkibga TXK va JT tizimi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq nechta 
kichik tizimlardan tashkil topadi.? 
A) 6 ta;
B) 5 ta;
C) 4 ta;
D) 3 ta. 
17. ... deganda turli ATKlari harakat tarkibi bo‘yicha belgilangan ishlarni 
ATKlaridan bittasining ishlab chiqarish bo‘linmasida yoki maxsus tashkil qilingan 
markazlashgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishda bajarish tushuniladi. 
A) Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash;
B) Ishlab chiqarishni markazlashtirish;
C) Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish;
D) Ishlab chiqarishni koopersiyalash. 
18. Harakt tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash ishlab chiqarishini 
tashkil qilishning nechta usuli keng tarqalgan? 
A) 5 ta;
B) 4 ta;
C) 3 ta;
D) 2 ta. 
19. Harakt tarkibiga TXK va ta`mirlash ishlab chiqarishini tashkil qilishning 
qaysi usuli ishlab chiqarish bo‘linmalarini, ularning texnikaviy ta‘sirlar turlari va 
texnologik ixtisoslashish belgilari bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi? 
A) majmua brigadalar usuli;
B) ixtisoslashgan brigadalar usuli;
C) agregat-uchastka usuli;
D) agregat-ustaxona usuli. 
20. ATK o‘zining kunlik faoliyatida TXK va ta`mirlash bo‘yicha ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va boshqarishning nechta masalalarini hal qiladi? 
A) 4 ta;
B) 5 ta;


120 
C) 6 ta;
D) 7 ta. 
21. ―Rahbar xodimlari orasida ma‘muriy va tezkor funksiyalarni aniq taqsimlash 
va tezkor boshqarishni yagona markazga ya‘ni ishlab chiqarishni boshqaruv 
bo‘limiga birlashtirish‖ ishlab chiqarishni MBTning nechanchi tamoyili hisoblanadi? 
A) to‟rtinchi;
B) uchinchi;
C) ikkinchi;
D) birinchi. 
22. .... zimmasiga boshqaruv tizimining axborot ta`minotini tashkil qilish bilan 
bog‘liq barcha ishlar yuklatiladi. 
A) Ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi;
B) Axborotga ishlov berish va tahlil bo‟limi;
C) Tezkor boshqaruv bo‟limi;
D) Ishlab chiqarishni boshqaruv bo‟limii. 
23. Avtomobillarni 1-TXK bilan birinchi tashxislashga (T-1) yuborishni 
rejalashtirish, AIBTB tomonidan avtomobilning qaysi hujjatida aks etgan haqiqiy 
bosib o‘tgan yo‘li bo‘yicha amalga oshiriladi? 
A) reja-hisbotda;
B) ta`mirlash varaqasida;
C) shaxsiy varaqasida;
D) tashxislash xaritasida. 
24. Tuzilgan hisobot rejasi va ta`mirlash varaqasi 2-TXK va T-2 dan necha kun 
oldin nazorat texnika punkti mexanigiga, ikkinchi nusxa, 2-TXK mintaqasiga 
etkaziladi? 
A) uch kun;
B) to‟rt kun;
C) besh kun;
D) olti kun. 
25. Ta`mirlash varaqasi kim tomonidan rasmiylashtiriladi? 


121 
A) haydovchi va tezkor boshqaruv bo‟limi dispetcheri tomonidan;
B) haydovchi va texnikaviy nazorat bo‟limi nazoratchisi tomonidan;
C) haydovchi va tashxislash bo‟yicha mexanik tomonidan;
D) haydovchi va nazorat texnika punkti mexanigi tomonidan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin