2.8.
AVTOMOBILLARNI TEXNIK XIZMAT KO‟RSATISHGA
YUBORISHNI REJALASHTIRISH
Avtomobillarni 1-TXK bilan birinchi tashxislashga (T-1) yuborishni
rejalashtirish.
Rejalashtirish ishlari axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi
(AIBTB) tomonidan avtomobilning shaxsiy varaqasida aks etgan haqiqiy bosib
o‘tgan yo‘li bo‘yicha amalga oshiriladi (2.15-rasm).
Avtomobillarning shaxsiy varaqalari ma‘lumotlari, 1-TXK ning to‘g‘rilangan
me‘yoriy davriyligi va 1-TXK ning hisoblangan kunlik dasturi asosida axborotga
ishlov berish va tahlil qilish bo‘limi tomonidan uch nusxada texnik xizmat ko‘rsatish
2.15-rasm. 1-ТХК (tashxislash bilan birgalikda) texnologik jarayonining
axborot ta`minoti sxemasi:
R
1
-ТХК reja-hisoboti; T
1
-birinchi tashxis (T-1)
xaritasi; V
1
- ТХК va ta`mirlashni hisobga olish varaqasi (tashxislash “T”
belgisi bilan).
110
reja-hisobotiga kiritilib quyidagi bo‘limlarga tarqatiladi: 1-chi nusxa, avtomobillarni
1-TXK bilan T-1ga qo‘yishdan kamida bir kun oldin nazorat texnika punkti
mexanigiga; 2-chi nusxa, T-1ning tashxislash xaritalari blanklari komplekti bilan
birgalikda smenadan oldin 1-TXK mintaqasi brigadiriga; 3-chi nusxa, ishlab
chiqarishni tayyorlash majmuasi transport mintaqasi navbatchi haydovchisiga.
Nazorat texnika punkti mexanigi texnik xizmat ko‘rsatish reja- hisobotiga
asosan avtomobilning haydovchisini ogohlantiradi va avtomobilning 1-TXK va T-1ni
o‘tkazishga tayyorligini tekshiradi.
1-TXK mintaqasida ish jarayoni boshlanishi bilan navbatchi haydovchi
avtomobilni ishchi postlarga etkazadi. 1-TXK va T-1 tugagandan so‘ng brigadir reja-
hisobot va tashxislash xaritasiga belgi va imzo qo‘yadi.
Texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi avtomobil va hujjatlarni tekshirib
imzolaydi. Agar 1-TXK va T-1 jarayonida ta`mirlash zarurati tug‘ilsa, brigadir ta`mir
varaqasini to‘ldirib, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvining tezkor
boshqaruv bo‘limiga uzatadi.
Tezkor boshqaruv bo‘limi (TBB) dispetcheri kunlik tezkor rejasiga talabnoma
kiritib ta`mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha tadbirlar belgilaydi. Ta`mirlash
ishlari, ixtisoslashgan brigada tomonidan bajarilib avtomobilni yo‘nalishga chiqishga
tayyorlaydi. Smena oxirida 1-TXK brigadiri barcha hujjatlarni, AIBTBga uzatadi.
Avtomobillarni
2-TXK
bilan
tashxislashga
yuborishni
rejalashtirish.
Rejalashtirish ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruvning, AIBTB tomonidan,
avtomobilning shaxsiy varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Tuzilgan hisobot rejasi va
ta`mirlash varaqasi 2-TXK va T-2 dan uch kun oldin nazorat texnika punkti
mexanigiga, ikkinchi nusxa, 2-TXK mintaqasiga etkaziladi (2.16-rasm).
Nazorat texnika punkti mexanigi haydovchi bilan birgalikda avtomobilni
ko‘zdan kechirib tashqi nosozliklar haqida ta`mirlash varaqasini to‘ldiradi.
Ta`mirlash varaqasi haydovchining o‘zida qoladi va reja bo‘yicha smenadan keyin 2-
TXK dan ikki kun oldin avtomobilni T-2 mintaqasiga olib boradi.
111
Tashxislash bo‘yicha mexanik, bajarilgan ishlar bo‘yicha tashxislash xaritasini
to‘ldiradi, ta`mirlash varaqasiga, nosozliklar haqidagi ma‘lumotlarni yozadi, agar
nosozliklarni tuzatish imkoniyati bo‘lsa tuzatish uchun kerakli yozuvlarni
bajargandan so‘ng T-2 xaritasi va ta`mirlash varaqasini, ishlab chiqarishni
markazlashgan boshqaruvining, tezkor boshqaruv bo‘limiga uzatadi.
Tezkor boshqaruv bo‘limi dispetcheri hujjatlaridagi axborotga asosan ikki xil
qarordan birini qabul qiladi: agar nosozliklar harakat xavfsizligi va yonilg‘i
tejamkorligiga ta‘sir qilmasa avtomobilni ekspluatatsiyaga jo‘natadi va avtomobil
ikki kundan so‘ng 2-TXK ga qo‘yiladi. Aks holda avtomobil joriy ta`mirlash
2.16-rasm. 2-ТХК (tashxislash bilan birgalikda) texnologik jarayonining
axborot ta`minoti sxemasi:
R
2
-ТХК reja-hisoboti; T
2
-ikkinchi tashxis (T-
2) xaritasi; V
2
- ТХК va ta`mirlashni hisobga olish varaqasi.
112
mintaqasiga jo‘natiladi, so‘ngra esa belgilangan muddatlarda 2-TXK ga qo‘yiladi. JT
mintaqasida bajarilgan barcha ishlar, ta`mirlash varaqasiga qayd qilinadi.
Grafik asosida 2-TXK mintaqasida barcha zarur ishlar bajarilgandan so‘ng, 2-
TXK mintaqasi ustasi, reja-hisobotga, ta`mirlash varaqasiga, tashxis xaritasiga
bajarilgan ishlar, sarflangan ehtiyot qismlar, materiallar, tashxis parametrlari qiymati
haqidagi axborotni yozadi va texnikaviy nazorat bo‘limi nazoratchisiga uzatadi.
Nazoratchining zurur tekshirishlaridan so‘ng bu hujjatlar axborotga ishlov berish va
tahlil qilish bo‘limiga jo‘natiladi.
4.
Avtomobillarni joriy ta`mirlash bo‟yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish va
axborot ta`minoti
(2.17-rasm).
2.17-rasm. JT (tashxis bilan birga) texnologik jarayoning axborot ta`minoti
sxemasi:
T
T
-birinchi va ikkinchi tashxislash (T-1 yoki T-2) xaritasi (talab
bo‟yicha tashxislash uchun); V
р
- ТХК va ta`mirlashni hisobga olish varaqasi.
113
Avtomobil transporti korxonasi harakat tarkibini joriy ta`mirlash jarayonlarining
hisoboti va axborot ta`minotida asosiy hujjat - ta`mirlash varaqasi hisoblanadi.
Ta`mirlash varaqasi haydovchi va nazorat texnika punkti mexanigi tomonidan
rasmiylashtiriladi.
Joriy ta`mirlash mintaqasi postlarida bajarilgan ishlar, sarflangan ehtiyot qismlar,
materiallar, ta`mirlash varaqasiga yozilib texnikaviy nazorat bo‘limi nazoratchisiga
uzatiladi, zarur tekshiruvlardan so‘ng avtomobil saqlash joyiga, hujjatlar esa
axborotga ishlov berish va tahlil qilish bo‘limiga jo‘natiladi.
Dostları ilə paylaş: |