O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Usmanov darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.12- rasm. Ishlab chiqarishni majuaviy brigadalar usuli bo‘yicha 
tashkil qilinganda ATK muhandis-texnika xizmatining tuzilmasi. 
Tashxislash 
uchastkasi
 
ATK muhandis-texnika xizmatining ishlab chiqarish bo‟linmalari 
Kunlik 
xizmat 
ko‘rsatish 
brigadasi
 
1-TXK, 
2-TXK va
JT bo‘yicha 
№1 brigada 
….. 
Agregatlarni ta`mirlash 
va ustaxonalarda 
bajariladigan boshqa 
ishlar bo‘yicha ijrochilar
1-TXK, 
2-TXK va
JT bo‘yicha 
№1 brigada 


101 
Brigadaga biriktirilgan ishlarni bajarish uchun majmua brigadalar turli kasbdagi 
ijrochilar bilan to‘ldiriladi. Bunda har bir brigada, o‘ziga biriktirilgan ishchi joylariga, 
TXK va ta`mirlash postlariga, o‘zining texnologik jihozi va asboblariga, ehtiyot 
qismlar va aylanma agregatlar zahirasiga ega, ya‘ni avtomobillarga texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta`mirlash ishlarini tashkil qilishni murakkablashtiradigan material
vositalarining samarasiz tarqalib ketishi va dasturning qisqarishi sodir bo‘ladi. 
Bu usulda turli majmua brigadalar bo‘yicha ayrim ijrochilarning bandligini 
tartibga solish, ishlab chiqarish quvvatlari va material resurslar bilan harakat qilish 
qiyinligi tufayli boshqarish murakkablashadi. Shunday vaziyatlar vujudga keladiki, 
unda majmuaviy brigadalardan birining ishchilari ish bilan haddan ortiq yuklanganda, 
boshqasi - ish bilan to‘liq ta`minlanmagan bo‘ladi, ammo brigadalar bunday sharoitda 
o‘zaro yordam ko‘rsatishdan manfaatdor bo‘lmaydilar. Ishni bunday tashkil qilishda 
TXK uchun javobgarlik etarli emasligi saqlanadi. Bundan tashqari bu usulda 
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni oqimli tashkil qilish qiyinlashadi material 
texnika vositalari brigadalar bo‘yicha taqsimlanishi oqibatida ulardan samarali 
foydalanilmaydi.
Bu usulning muhim yutug‘i texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash 
bo‘yicha bajarilgan ishlar sifatiga butun brigada javobgar hisoblanadi. 
3. Agregat-uchastka usulining
 
mohiyati shundaki, avtotransport korxonasining 
harakatdagi tarkibiga TXK va ta`mirlash bo‘yicha barcha ishlar bir yoki bir nechta 
agregatlarga (uzellar, mexanizmlar va tizimlar) TXK va JT ishlarini bajarishga 
ma‘sul bo‘lgan ishlab chiqarish mintaqalari orasida taqsimilanadi. Ishlab chiqarishni 
tashkil qilishning bunday shaklida mintaqalarga biriktirilgan agregat, uzel va 
tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash sifati uchun moddiy va ma‘naviy 
javobgarlik aniqlashadi. Ishlab chiqarishni agregat-uchastka usulida tashkil qilishda 
avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati tuzilmasi 2.13-rasmda 
ko‘rsatilgan. 


102 
Bajariladigan ishlar avtomobil transporti korxonasining o‘lchamlariga bog‘liq 
bo‘lgan ishlab chiqarish dasturi va harakat tarkibini ishlatish jadalligini hisobga olgan 
holda ishlab chiqarish mintaqalari orasida taqsimlanadi. Ishlab chiqarish 
ustaxonalarining ish natijalari - ustaxonaga biriktirilgan agregatlar va tizimlarini 
texnik nosozligi sababli avtomobillarning turib qolishi bo‘yicha hamda tegishli 
agregatlarni JT uchun sarflanadigan o‘rtacha ishlash davomiyligi bo‘yicha 
baholanadi. 
Avtomobillar jadal ishlatiladigan o‟rtacha va katta o‟lchamli avtomobil 
transporti korxonalarida texnik xizmat ko‟rsatish va joriy ta`mirlash ishlari 
taqsimlanadigan mintaqalar soni 4 tadan 8 tagacha bo‟lishi mumkin. 
Asosiy ishlab 
2.13-rasm. Ishlab chiqarishni agregat-mintaqa usuli bilan tashkil qilishda 
ATK muhandis-texnika xizmatining tuzilmasi. 


103 
chiqarish mintaqalariga biriktirilgan ishlar texnik xizmat ko‘rsatish va joriy 
ta`mirlash postlarida hamda mos ustaxona va mintaqalarda ularning brigadalari 
tarkibiga kirgan ijrochilar tomonidan bajariladi

Agregat-uchastka usuli ishlab chiqarish jarayoning barcha elementlarini va 
ehtiyot qism va materiallar sarfini aniq hisobga olish imkonin beradi. Rejalashtirish 
va iqtisodiy rag‘batlantirishning yangi usullari sharoitlarda ishlab chiqarishni bunday 
tashkil qilish texnik xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishi va ma‘suliyatini oshirish 
hisobiga avtomobil transporti korxonasining ish samaradorligini oshiradi. 
YUqorida qarab chiqilgan usullar bilan taqqoslaganda agregat-uchastka usuli 
ma‘lum bir ustunliklarga ega bo‘lishi bilan birga bir qancha kamchiliklardan ham xoli 
emas, ularning ichida eng asosiysi - ishlab chiqarishning tarqoqligi bo‘lib u, ishlab 
chiqarishni tezkor boshqarishni qiyinlashtiradi. Butun avtomobil bo‘yicha 
ta`mirlashlarning bajarilish jaryoni haqidagi axborot bo‘lmasligi ishlab chiqarish 
maydonlaridan, material va mehnat resurslaridan ratsional foydalanish imkonini 
bermaydi. Ishlarni bajarish ketma-ketligi ishchilarning bitta avtomobilda 
to‘planishiga va texnik xizmat yoki ta`mirtalab boshqa avtomobillarning ortiqcha 
bekor turishiga olib keladi. Texnik xizmat va ta`mirlashga olib kelingan avtomobillar 
ishlab chiqarish mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi butun avtomobil bo‘yicha 
ta`mirlashning tugash muddatini rejalashtirish imkonini bermaydi. 
Agregat-uchastka tizimini joriy qilish ma‘lum yaxshi natijalarni beradi. Lekin 
yaxshi natijalar bilan birga ayniqsa katta o‘lchamli avtomobil transporti korxonalari 
va birlashmalarida ishlab chiqarishni samarali boshqarishga to‘sqinlik qiluvchi 
kamchiliklar ham namoyon bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin