100
Ishni bunday tashkil qilishda har bir mintaqaning texnologik birligi
ta`minlanadi. Ishchilar, ehtiyot qismlar, texnologik jihozlar va uskunalar harakati
hisobiga ishlab chiqarishni samarali tezkor boshqarish imkoniyatlari yaratiladi, texnik
ta‘sirlarning u yoki bu turini bajarish ustidan nazorat va hisob engillashadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishda bu usulning asosiy kamchiligi ishchi o‘z
zimmasidagi ishga etarli ma‘suliyat bilan yondoshmaydi, chunki bir ishchi, agregat
bo‘yicha mahkamlash ishlarini bajarsa, ikkinchisi uni rostlaydi, uchinchisi moylaydi
va hakazo Shuning uchun agregat ishlamay qolganda uning ishonchliligi pasayishiga
aybdorni topish qiyin bo‘ladi.
2.
Majmua brigadalar usuli
ishlab chiqarish bo‘linmalarining predmetli
ixtisoslashuvi belgilariga qarab tashkil qilishni ko‘zda tutadi ya‘ni brigadaga ma‘lum
avtomobillar guruhi biriktirib qo‘yiladi. Brigada o‘ziga biriktirilgan avtomobillar
guruhda 1-TXK, 2-TXK va JT ishlarini bajaradi, KX, tashxislash va agregatlarni
ta`mirlash markazlashgan holda bajariladi. Ishni majmuaviy brigadalar usuli bo‘yicha
tashkil qilishda avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati tuzilmasi
2.12-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: