93
Boshqaruv zvenolarining (departamentlar) o‘zaro
munosabatlari, ular orasidagi
aloqalar tufayli amalga oshirib boriladi va bu aloqalar gorizontal va vertikal turlarga
bo‘linadi.
Gorizontal aloqalar
(teng huquli boshqaruv zvenolarining kooperatsiyasi va
koordinatsiyasi) muvofiqlashish harakteriga ega va odatda bir darajali hisoblanadi.
Ular,
kompaniyalar
bo‘linmalari
orasida
muammolar
yuzaga
kelganda,
bo‘linmalarning o‘zaro samarali munosabatini va harakatini ta`minlashi zarur bo‘ladi.
Vertikal aloqalar
(subordinatsiyali, ierarxik) rahbarlik va bo‘ysinish orasida
yuzaga keladi, ular boshqaruv ierarxik bo‘lganda, ya‘ni bir nechta boshqaruv
darajalari mavjud bo‘lganda zarur bo‘ladi. Ushbu aloqalar idoraviy va hisobotga oid
axborotlarni uzatish kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2.5.
TEXNIKA XIZMATINING TASHKILIY ISHLAB CHIQARISH
TUZILMASI
Muhandis-texnika xizmatining tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasi
deganda
uning miqdori, o‘lchami, funksional vazifasi, o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta‘sir usullari va
shakllarini aniqlovchi ishlab chiqarish bo‘linmalarning tartibli to‘plami
tushuniladi.
Boshqaruv tizimi tuzilmasi
- ishlab chiqarish bo‘linmalariga rahbarlikni amalga
oshiruvchi zvenolarning tarkibi va o‘zaro bo‘ysinishidir.
Muhandis-texnika xizmati va boshqaruv tizimi tashkiliy ishlab chiqarish
tuzilmasini ishlab chiqishda bajarilishi zarur bo‘lgan asosiy talab,
tizimning
avtomobillar ishlash qobiliyatini saqlab turishdagi maqsad va vazifalarini belgilab
olishdir.
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmatining vazifasi, tashish
jarayonining grafigiga mos holda, tashishini tashkil qilish
xizmati bilan belgilangan
majmua va muddatda harakat tarkibining texnik tayyorgarligini ta`minlashdan iborat.
Bu maqsadga erishish uchun avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika
xizmati bir qancha vazifalarni bajaradi va ularni bajarish uchun tashkiliy ishlab
94
chiqarish tuzilmasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tashkil qilinadi va u
quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
bevosita avtomobilda o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashning
postda bajariladigan ishlari:
avtomobillardan echib olingan nosoz agregatlar, uzellar va detallarni tiklash
bo‘yicha ixtisoslashgan ustaxona va mintaqalarda bajariladigan ishlar;
ishlab chiqarishni tayyorlashni ta`minlash, oraliq
va markaziy omborlarda
agregatlar, uzellar va detallarning kamaymas zahirasini ta`minlash, ishlab chiqarish
mintaqalarida avtomobillarini olib yurish bo‘yicha ishlar;
ishlab chiqarish texnika bazasini saqlash, tiklash va qayta jihozlash bilan bog‘liq
ishlar.
Muhandis-texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi avtomobil transporti
korxonasining vazifalariga va maqsadlariga muvofiq keladigan, harakatdagi tarkibga
texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlashga qaratilgan: xodimlar, material,
moliyaviy va boshqa resurslari birlashmasini tashkil etadi.
Hozirgi
vaqtda avtomobil transportida, ham yuridik, ham jismoniy shaxslar,
tomonidan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni davom ettirilmoqda. Bundan
tashqari, avtomobillarga TXK va ta`mirlash bilan bog‘liq, u yoki bu shaklda xizmat
ko‘rsatayotgan korxonalar doirasi ham ancha kengaydi.
Odatda, ushbu korxonalarda muhandis-texnik xizmati, u yoki bu tashkiliy
ishlab chiqarish shaklida, faoliyat ko‘rsatadi.
Muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasidan iborat ishlab
chiqarish bo‘limlari, ishlab chiqarish bazasi va resurslarga
ega va ular quyidagilarni
amalga oshiradi:
saqlash va qator hollarda avtomobillarga yonilg‘i quyish;
avtomobilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladigan TXK va joriy ta`mirlashning
postdagi ishlari;
ixtisoslashtirilgan ustaxonalar va sexlarda, avtomobildan echilgan nosoz
agregatlar, uzellar va detallarni tiklash bo‘yicha bajariladigan ishlar;
95
ishlab chiqarish mintaqalarida avtomobillarni ko‘chirish, oraliq va markaziy
omborlarda agregatlar,
uzellar va detallar zahirasi, ishlab chiqarishni tayyorlash
bo‘yicha bajariladigan ishlar;
ishlab chiqarish texnika bazasini saqlash, qayta qurish va texnik qayta
jihozlash bo‘yicha bajariladigan ishlar.
Odatda harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash tizimi
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bir nechta kichik tizimlardan tashkil topadi.
Ularning
asosini uchta ishlab chiqarish tagtizimlari tashkil etadi: asosiy, yordamchi va
ta`minlovchi.
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab
chiqarish tuzilmasining umumlashgan sxemasi 2.10-rasmda ko‘rsatilgan.
Umumlashgan va eng to‘liq variantda avtotransport korxonalarining (korxonalar
guruhi, birlashmalar, xoldinglar) muhandis texnika xizmati quyidagi tagtizimlarni
(bo‘limlar, ustaxonalar) o‘z ichiga oladi.
2.10-rasm. ATK muhandis-texnika xizmati tashkiliy ishlab chiqarish
tuzilmasining umumlashgan sxemasi.