2.4. BOSHQARISH TARKIBLARINING NAMUNAVIY VARIANTLARI Har bir bo‘linma va lavozim belgilangan tartibdagi boshqaruv vazifalarini yoki
ishlarini bajarish uchun yaratiladi. Bo‘linmaning ishlarini bajarish uchun unga
tegishli lavozimdor shaxslar, resurslarni boshqarishda ma‘lum huquqlarga ega
bo‘ladilar va bo‘linma zimmasidagi vazifalarni bajarishiga mas‘ul hisoblanadi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi sxemasi, bo‘linmalarning va lavozimlarning
statik holatini va ular orasidagi aloqalar xarakterini aks ettiradi.
Aloqalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- chiziqli (ma‘muriy bo‘ysinish);
-
funksional
(faoliyat
doirasi
bo‘yicha,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ma‘muriy
bo‘ysinishlarsiz);
-o‘zaro funksional yoki kooperatsiyali (bitta darajadagi bo‘linmalar orasida).
Aloqalarining xarakteriga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini quyidagi
bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin:
- chiziqli;
- funksional;
- chiziqli-funksional;
- matritsali;
- divizional;
- ko‘p sonli.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasida har bir rahbar barcha faoliyat turlari
bo‘yicha pastki darajadagi bo‘linmalarga rahbarlikni ta`minlaydi.
YUtuqlari – soddaligi, iqtisodiy samaradorligi, nihoyatda yakkaboshchiligi.
Asosiy kamchiligi – rahbarlarning malakasiga talabning yuqoriligi. Hozirgi
kunda amaliyotda qo‘llanilmaydi.
Boshqarishning tashkiliy funksional tuzilmasi , funksional boshqaruvni amalga
oshirish bilan ma‘muriy boshqaruvning chambarchas aloqasini amalga joriy qiladi.
(2.5-rasm).