O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
Usmanov darslik

P
tal
- narxda sotib olinadigan 
(sotib olishga tayyor) tovar yoki xizmatlarning 
Q
hajmi nima deyiladi? 
A) taklif;
B) talab;
C) daromad;
D) foyda. 
 
Birinchi bob bo‟yicha nazorat savollari
 
1.
Respublikamizda ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba konstruktorlik ishlari 
hamda yuqori texnologik jarayonlarni amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslari 
qanday shakllantirildi? 
2.
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini modernizatsiyalash, ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida 
qayta qurish asosida zamonaviy avtomobil servisi korxonasining asosiy xizmatlari 
nimalarda mujassamlashadi? 
3.
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish, TXK va JT ishlab chiqarish 
jarayonlarini modernizatsiyalash, ishlash sharoitlarini zamonaviy usullar asosida 
qayta qurish uchun zamonaviy avtomobil servisi korxonasi qanday servis va texnik 
tavsiflarga ega bo‘lishi zarur? 
4.
Texnik tizimlarni boshqarish fanining maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish 
tartibi nimalardan iborat? 
5.
Tizimlarni boshqarishda yuzaga keladigan eng xarakterli xatolarni sanab 
o‘ting. 


78 
6.
Avtomobil transporti boshqa transport turlariga nisbatan qanday 
ustunliklarga ega? 
7.
Avtomobil konstruksiyasining murakkablashishi ishonchlilikka qanday ta‘sir 
qiladi? Bunda konstruksiya elementlari ishonchliligiga talablar qanday o‘zgaradi? 
8.
Avtomobil transportida yuz beradigan asosiy tuzilmaviy o‘zgarishlarni sanab 
o‘ting. Ular TXK va ta`mirlashdagi mehnat hajmiga qanday ta‘sir qiladi? 
9.
Tuzilmaviy o‘zgarishlarning TXK va ta`mirlashdagi mehnat hajmiga 
ta‘sirini miqdoran qaysi hujjatlar va me‘yorlar yordamida hisobga olish mumkin? 
10.
Avtomobil transportining rivojlanishi bilan bog‘liq noxush tomonlarni 
ko‘rsating. Ushbu ta‘sirni kamaytirish usullarini taklif qiling. 
11.
1.1-jadvaldagi ma‘lumotlarga asoslangan holda, bozor sharoitlarida 
avtomobil transporti rivojlanishining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq holda 
mutaxassisga talablarni shakllantiring.
12.
Bozor iqtisodi sharoitlarida avtomobil transportini rivojlantirishning o‘ziga 
xos xususiyatlari va asosiy tendensiyalari nimalardan iborat? 
13.
Bozor iqtisodi sharoitlarida avtomobil transportining holati va uni 
rivojlantirishning asosiy xususiyatlari nimlardan iborat? 
14.
Boshqaruv tushunchasiga ta‘rif bering, boshqaruvning samaradorligini 
aniqlovchi asosiy omillarni ko‘rsating. 
15.
Boshqaruvning qaysi bosqichlarida yuqori darajadagi rahbarning ishtiroki 
shart hisoblanadi va nima uchun? 
16.
Tizim va uning elementlarining o‘zaro munosobatlari qay tarzda va 
elementlarni tizimga kiritish shartlari qanday? 
17.
Boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlarini sanab bering. 
18.
Tizimlarni iterativ boshqaruvning mohiyati va muhimligi nimada? Uni 
qo‘llashning asosiy sabablari nimalardan iborat? 
19.
Tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi elementlari deganda nimani 
tushunasiz? 
20.
Qat‘iy va moslanuvchan boshqaruv tizimlarini tushuntiring. 
21.
Reaktiv tizimlar deganda nimalarni tushunasiz? 


79 
22.
Talab va taklif balansi asosida bozorni boshqarish mohiyati nimalardan 
iborat? 
23.
Tizimning maqsadi deganda nimani tushunasiz? 
24.
Maqsadlar daraxti nima va uning mohiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
25.
Tizimning maqsadalari va uning asosiy xarakteristikalari nimani anglatadi? 
26.
Texnik tizimlar va ularni boshqarishni tashkil qilishning usuli va shakllarini 
tushuntirib bering. 
27.
Avtomobil transportida boshqaruv va uning bosqichlarini tushuntiring. 
28.
Tizim va uning tarmoqlarini boshqarishning dasturiy maqsadli usullari 
nimalardan iborat? 
29.
Dasturlar deganda nimani tushunasiz va ularning turlarining mohiyati 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin