Q uchun tashuvlarning maksimal hajmi faqatgina 4000 moy idishi
bilan cheklanadi, lekin umumiy talab 8500 moy idishlardan iborat. Aftidan, har bir
idish uchun narxi 200 so‘mga to‘g‘ri keladigan
Q dan
B ga bo‘lgan marshrutdan
foydalanish eng arzon variant bo‘lgan bo‘lar edi, chunki bunda zavod
B ning barcha
talabi (3500) qondirilar edi. Zahiraning qolgan (500) qismini har bir idish uchun 300
so‘m narx bo‘yicha
Q dan
A ga yo‘naltirish to‘g‘ri bo‘ladi. Zavod
A ning qolgan
talabini
P ta`minotchi orqali qondirish mumkin bo‘ladi, bunda har bir idish uchun
tashuvlar narxi 400 so‘mdan to‘g‘ri keladi. Bunday taqsimlanish natijasida
tashuvlarning umumiy narxi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
200 · 3500 + 300 · 500 + 400 · 4500 = 700000 + 150000 + 1800000 = 2650000 so‘m oyiga.
Biroq biz resurslarning aynan bunday taqsimlanishi iqtisodiy jihatdan eng
samarali bo‘lishini isbot qila olmaymiz.Transport modelini tadbiq qilishning asosiy
jihatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
• shakllantirilgan masala aniq echimga ega ekanligini isbotlash;
• echimning haqiqatdan ham optimal ekanligini asoslash;
• masala shartidagi har qanday o‘zgarishning, olingan echimga ta‘sirini
o‘rganish.
Chiziqli dasturlashning kerakli modelini qurish orqali, yuqorida shakllantirilgan
muammoni grafik usul bilan echamiz.
Agar
P firma,
A zavod uchun
x- dona idishlarni,
B zavod uchun esa
y- dona
idishlarni etkazib beradi. U holda firma talabni to‘liq qondirish uchun