Quyoshdan bevosita keladigan issiqlik nurlari



Yüklə 6,81 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü6,81 Kb.
#195020
havo


6.1. Quyosh radiatsiyasi.
Q u yo sh r a d i a s i ya s i – elektromagning to’lqinlari ko’rinishida Er atmosferasiga kirib keladigan Quyosh nuri.
Er kurrasida sodir bo’layotgan barcha jarayonlarning asosiy manbai quyosh radiatsiyasidir. Quyosh yirik shar shaklidagi qizigan gazlarning yig’indisidan tashkil topgan. Uning hajmi Er hajmiga nisbatan 1300000 marta kattadir. Quyosh yuzasidagi harorat 60000 ga etadi.
Quyoshdan bevosita keladigan issiqlik nurlari to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi (S) deb ataladi. Quyosh nurlariga perpendikulyar joylashgan 1 sm2 maydonga 1 min davomida tushayotgan nur energiyasi to’g’ri quyosh radiatsiyasini ifodalaydi va kaloriyada o’lchanadi.
Kelayotgan va qaytayotgan radiatsiyasi o’rtasidagi farq radiatsion balansi deb ataladi.
Radiatsion balans – bu amaldagi nurlanish energiyasining kirimi (yoki chiqimi) bo’lib, unga er yuzasining issiqlik holati bog’liq: agar isishi kuzatilsa, balans musbat (kirim chiqimdan ko’p) yoki sovush kuzatilsa balans manfiy (kirim chiqimdan kam).
Radiatsion balans ayrim joy uchun ayrim vaqt uchun (bir onli balans), yoki ayrim vaqt oralig’i uchun (sutka, oy, yil) hisoblanadi.
Er yuzasining issiqlik balansi radiatsion balansidan, namlik bug’lanishga sarflangan issiqlikdan, hamda atmosfera havosi bilan bevosita issiqlik almashuvidan iborat.
Issiqlik balansi uzoq muddat uchun nolga teng (kirim - chiqimga teng), lekin ayrim mavsumlar va sutka ichida issiqlik kirimi chiqimdan kam yoki ko’p bo’lishi mumkin.
Quyosh, er va atmosfera radiatsiyasi meteorologiyaning eng katta bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanadi va aktinometriya deb nomlanadi. Aktinometriyaning vazifasi radiatsiyaning har turlarini o’lchash, hamda atmosferadagi singuvchi va tarqoq radiatsiyasi qonuniyatlarini o’rganish, er yuzasining unumli (effektiv) nurlanishi, radiatsion balans va boshqalarni o’rganishdir.
Radiatsiyani har xil turlarini o’lchash uchun aktinometrik asboblardan foydalaniladi. Ular ikki turga bo’linadilar: mutlaq va nisbiy.
To’g’ri quyosh radiatsiyasini o’lchaydigan asboblar aktinometrlar deb ataladi
Yüklə 6,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin