82
texnika punktida harakat tarkibini qabul qilish va yo‘nalishga chiqarish paytida uning
texnik holatini nazorat qiladi, harakat tarkibida yuzaga keladigan nosozliklarning
sabablarini tahlil qiladi.
2.2.
TUZILMALARGA TA‟SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI
OMILLAR
Texnik ekspluatatsiyaning eng muhim maqsadlari:
avtomobil parkining zarur
darajadagi ish qobiliyatini ta`minlash; muhandis-texnika xizmati xodimlarining ish
unumdorligini oshirish; parkni ishchan holatda saqlab turishga xarajatlarni
qisqartirish; avtomobil transport ekologlik xavfsizligini ta`minlash, ya‟ni uning
aholiga xodimlarga va atrof muhitga zararli ta‟sirini kamaytirish
. Texnik
ekspluatatsiyaning ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlari avtomobil transportining asosiy
maqsadi bilan mos keladi. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi uchun ko‘rsatkichlar
ro‘yxati aniqlashtiriladi. Masalan, ish qobiliyatining
darajasi quyidagi xususiy
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: texnik tayyorgarlik koeffitsienti; yo‘ldagi va
yo‘nalishdagi buzilishlargacha ishlash davomiyligi; smena yoki reys davomida
buzilmasdan ishlash ehtimolligi; avtomobillarning,
ATKning ustaxonalari va
mintaqalarida ta`mirda turib qolishi va hokazo.
Texnik ekspluatatsiya boshqaruvida, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning
asosiy mazmuni unga ta‘sir qiluvchi eng muhim omillarni tanlashdan iborat.
Texnik ekspluatatsiyaning samaradorligi quyidagi 6 ta asosiy omillar va quyi
omillar bilan aniqlanadi.
1.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashni tashkillashtirish:
avtomobil
parkining ish qobiliyatini zarur darajada saqlab turish va, tiklashning ratsional
strategiyasini aniqlaydi hamda uning uchun loyihaviy, me‟yoriy va texnolog
ta`minotini yaratadi.
2
.
Ishlab chiqarish texnika bazasi:
texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlash tizimi
tavsiyalarini bajarishning moddiy sharoitlarini ta`minlaydi.
83
3
.
Xodimlar:
ishlab chiqarish xodimlarining malaka darajasi va moddiy
manfaatdorligi, texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashni sifatli va samarali
bajarilishini ta`minlaydi va resurslarini tejash uchun shart-sharoit yaratadi;
4
.
Zahira va ta`minot tizimi:
texnik ekspluatatsiyani ehtiyot qismlar, zurur
materiallar, avtomobil va agregatlar bilan ta`minlaydi.
5.
Harakat tarkibi parki:
o‟zining yoshi, ishonchliligi va tuzilmasi bilan texnik
xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashning hajmi va tavsifini aniqlaydi.
6.
Ekspluatatsiya sharoitlari:
avtomobilning ishonchliligiga va natijada texnik
ekspluatatsiya me‟yorlariga, texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashga bo‟lgan
talablariga ta‟sir qiladi.
O‘z navbatida sanab o‘tilgan omillarning har biri quyi omillar guruhidan tashkil
topadi (tagtizimlar). Tagtizim nechog‘lik, tizim tuzilmasining ichkarisida joylashsa
uning tarkibiy tuzilishi shunchalik batafsil bo‘lishi zarur, chunki u boshqaruv
qarorlarini qabul qilish va ayni tagtizim ish samaradorligini asosli baholashni
ta`minlaydi. Keltirilgan omillar tizim oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishdagi
ahamiyatidan (salmog‘idan)
tashqari, boshqaruvchanligi, harakatchanligi va resurs
sig‘imdorligiga qarab ham sinflarga ajratiladi.
Omillar boshqaruvchanligi bo‘yicha
boshqariladigan,
qisman boshqariladigan
va
boshqarilmaydigan
turlarga bo‘linadi. Masalan, texnik ekspluatatsiyaning
samaradorligini aniqlashda yo‘l va iqlim sharoitlarini hisobga olish zarur chunki ular
ishonchlilik ko‘rsatkichlariga va texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash uchun zarur
resurslarga ta‘sir qiladi, lekin aniq avtomobil transporti
korxonasi uchun amaliy
jihatdan ularni boshqarib bo‘lmaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash tizimi va
uning asosiy me‘yorlari avtomobil transportining barcha korxona va tashkilotlari
uchun tadqiqotlar va ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida ishlab chiqiladi.
Ammo tizimlarning tavsiyalarini bajarishni ta`minlash va ularning me‘yorlarini
to‘g‘rilash avtomobil transporti korxonasi uchun boshqariluvchi quyi omillar
hisoblanadi.
Omillarni
harkatchan va turg‟un
turlarga ajratish mumkin. Masalan, yangi
ishlab chiqarish bazasini yaratish yoki mavjudini qayta qurish texnik
84
ekspluatatsiyaning samaradorligiga sezilarli ta‘sir kilsa ham uning uchun ma‘lum
vaqt talab qilinadi (turg‘un omil). Inson omili (malaka darajasi,
xodimlarning
mehnati natijalariga bo‘lgan ma‘naviy va moddiy qiziqishi) haraktchan hisoblanadi.
Omillar va tagtizimlar ularni amalga joriy qilish uchun tarkibi va hajmi bo‘yicha
turli resurslarni
talab qilishi mumkin. Masalan, yangi ishlab chiqarish bazasini
yaratish, eskisini tiklash yoki texnik qayta qurishdan ko‘ra ko‘proq resurslarni talab
qiladi.
Shunday qilib umumiy tizimlar daraxti asosida boshqarishning har bir darajasi
va avtomobil transporti korxonasi uchun o‘ziga xos variantdagi tizimlar daraxti
quriladi. So‘ngra kutilayotgan samaradorlik bo‘yicha variantlar taqqoslanadi. Keng
tarqalgan usullardan biri
"samaradorlik-xarajatlar"
usuli hisoblanadi, ayni dasturning
ish natijalari bilan unga ketgan barcha resurs xarajatlarini taqqoslashni ko‘zda tutadi.
Bunda iqtisodiy samaradorlik (E) dastur yoki tadbirni
hisoblanayotgan davr uchun
amalga joriy qilish sharoitlari bo‘yicha aniqlanadi:
E
t
= R
t
Z
t
Dostları ilə paylaş: