97
mintaqalariga avtomobillarni ko‘chiradi. Bundan tashqari majmua quyidagilarni
bajarishi mumkin:
- butlash ustaxonasi ishlab chiqarish dispetcheri - vazifasiga ko‘ra, butlash
ustaxonasining xodimlari (chilangar-butlovchilar) talabnomalarni rasmiylashtirish va
ta`mirlash ishlarini bajarish uchun zarur ehtiyot qismlarini ombordan olish va ularni
ishchi postlarga etkazish hamda avtomobildan echilgan nosoz agregat, uzel va
detallarni ta`mirlash joylariga etkazishni ta`minlaydi;
- oraliq omborida agregatlar, uzellar, va detallarning (shu jumladan,
ta`mirlanganlarini ham) cheklangan majmuasini saqlashni va ularni ma‘lum
miqdordagi zahirasini ushlab turishni ta`minlaydi;
- yuvish–saralash ustaxonasi ta`mirlash jamg‘armasini saqlaydi va qabul qiladi,
agregatlarni qismlarga ajratadi, detal va uzellarni yuvadi, ularni TU (ta`mirlash
ustaxonalari) majmuasiga ta`mirlashga jo‘natishdan oldin saralaydi (defektlash) va
butlaydi;
- asbob-uskunalarni tarqatish omborxonasi asboblarni ta`mirlash, tarqatish va
saqlashni ta`minlaydi;
- transport ustaxonasi haydovchi-ko‘chiruvchilari avtomobillarni ko‘chirishni,
ularni ta`mirlashni kutish mintaqasiga (TKM) saqlashga topshirishni, hamda o‘ta
og‘ir agregatlar, uzellar va detallarni transportda tashishni amalga oshiradi.
Muayyan ATK uchun MTX tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmasini tayyorlashda
ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ham tashqi, ham ichki omillar hisobga olinadi,
shunga bog‘liq ravishda MTX bo‘limlarining keltirilgan ro‘yxati kombinatsiyalanishi
va boshqa ko‘rinishga o‘tishi mumkin.
Asosiy
ichki omillarga
, ijrochilarni va bo‘limlarni ixtisoslashtirish imkonini
yoki ularning bir necha ishlab chiqarish vazifalarini birga olib borish zaruratini
belgilovchi ishlab chiqarish xodimlari soni, ularda hududiy tarqoqlikning borligi,
ishlab chiqarish mintaqalari joylashuvining harakteri va ishlab chiqarish texnik
bazasining taraqqiyot darajasi, ishlab chiqarishning ish tartiboti (rejim) va
harakatdagi tarkibining ekspluatatsiyasi jadalligi, texnologik jihatdan qo‘shiladigan
98
guruhlar borligi bo‘yicha harakat tarkibi parkining tuzilmasi va katta kichikligi kirishi
mumkin.
Mazkur ATK MTX tashkiliy ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishga ta‘sir
etuvchi
asosiy
tashqi omillarga
, hududda servis xizmati bozorining rivojlanish
darajasi bilan aniqlanadigan omillarni qo‘shish mumkin. Ushbu omillarga
avtomobillar ishlash qobiliyatini saqlab turish tizimi samaradorligini oshirishni
ta`minlovchi
hududiy
bosqichdagi
ishlab
chiqarishni
markazlashtirish,
konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va koopersiyalash
kiradi.
Ishlab chiqarishni markazlashtirish
deganda turli avtomobil transporti
korxonalari harakat tarkibi bo‘yicha belgilangan ishlarni avtomobil transporti
korxonalaridan bittasining ishlab chiqarish bo‘linmasida yoki maxsus tashkil qilingan
markazlashgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishda (MIICH) bajarish tushuniladi.
Ishlab chiqarishni
markazlashtirish
ishlab chiqarishni konsentratsiyalash
darajasini oshirish, ya‘ni bo‘linmaning ishlab chiqarish dasturini kengaytirish
imkonini beradi. O‘z navbatida
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishga
imkon yaratadi.
Ammo ixtisoslashtirish
koopersiyali ishlab chiqarishni
rejalashtirishni talab
qiladi, ya‘ni
ma‟lum ishlarni bajarishni koopersiyalash yoki turli avtomobil
transporti korxonalari bazasining bir qancha ishlab chiqarish bo‟linmalarida turli
mahsulotlarni ishlab chiqarish va natijada xizmat yoki mahsulot almashinuvini
koopersiyali aloqalar orqali amalga oshirishdir.
Rivojlangan ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan va tegishli sertifikat va
litsenziyalari bo‘lgan ATK xo‘jalik mustaqilligini olishlari munosabati bilan kichik
korxonalar va shaxsiy egalikdagi avtotransport vositalariga shartnoma asosida xizmat
ko‘rsatish va ta`mirlashda qatnashmoqdalar. Shunday qilib, ATK o‘zi uchun ishlab
chiqarish quvvatlarini va xodimlarni yanada to‘liq band qilish va qo‘shimcha
daromad olish masalasini o‘zi hal qilmoqda.