106
Avtomobil transporti korxonasi muhandis-texnika xizmati ishlab chiqarish
majmuasi tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- texnik xizmat ko‟rsatish va tashxis majmuasi (TXKT)
, o‘z tarkibiga KX, 1-
TXK, 2-TXK va tashxis brigadalarini birlashtiradi;
- joriy ta`mirlash majmuasi (JT)
, bevosita avtomobillarda ta`mirlash ishlarni
bajaruvchi bo‘linmalarni birlashtiradi;
- ta`mirlash mintaqalari majmuasi (TM)
, agregatlar, uzellar va detallarning
aylanma jamg‘armasini tiklash bilan band bo‘lgan bo‘linmalarni birlashtiradi.
4. Ishlab chiqarishni tayyorlash, ya‘ni ehtiyot qismlar va materiallarning
aylanma jamg‘armasini komplektlash, zahiralarini saqlash va rostlash, agregatlar,
uzellar va detallarni ishchi postlariga etkazish, ta`mirlash jamg‘armasini
komplektlash, ishchilarni asbob-uskunalar bilan ta`minlash, avtomobillarni texnik
xizmat, ta`mirlash va kutish mintaqalarida olib yurish.
Ishlab chiqarishni tayyorlash majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: