13-ma’ruza elektr markazlashtirish (EM) va dispetcherlik markazlashtirish (DM) qurilmalaridagi o‘lchovlar



Yüklə 281,39 Kb.
səhifə1/2
tarix22.04.2023
ölçüsü281,39 Kb.
#101429
  1   2
13-maruza


13-MA’RUZA
ELEKTR MARKAZLASHTIRISH (EM) VA DISPETCHERLIK MARKAZLASHTIRISH (DM) QURILMALARIDAGI O‘LCHOVLAR.
REJA
13.1. EM va DM qurilmalaridagi o’lchovlarning xususiyatlari.
13.2. Sinash stendida avtomatika va telemexanika apparaturalarining parametrlarini o’lchash.
13.3. Strelkali o’tkazgichlarda o’lchovlar.

Tayanch so’z va iboralar
Zamonaviy temir yo’l transportidagi avtomatika va telemexanika tizimlari-ning xususiyatlari, poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash, strelka va sig-nallarni markazlashtirish qurilmalari, dispetcherli markazlashtirish, peregondagi poyezdlar harakatini boshqarish uchun avtomatik tizimlar, avtomatik blokirovka, avtomat, avtomatika, avtomatik boshqaruv, elektrik markazlash,

13.1 EM VA DM QURILMALARIDAGI O’LCHOVLARNING XUSUSIYATLARI.
EM va DM qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish jarayonida ularning parametrlari o’lchanadi, sozlanadi, asboblar va uzellarning ishlashini tekshirib to’g’rilanadi, nosozliklari aniqlanadi va bartaraf etiladi, nosoz holga kelgan asboblar almashtiriladi, ularda normal ishini xarakterlovchi parametrlarini tiklash maqsadida ta’mirlanadi.
DM qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash uchun DM postida, liniya punktlarida, hamda kuchaytiruvchi va uzatuvchi punktlardagi TB va s signallarini to’g’rilash katta ahamiyat kasb etadi. TB va TS kanallarida signallarning darajasini o’lchash va tekshirishlar DM qurilmalaridan foydalanishdan oldin va ulardan foydalanish mobaynida amalga oshirish maqsadga muvofiq (yilda kamida 2 marta – yozda va qishda). Alohida blok apparaturalarining tekshiruv natijalari va bajarilgan ta’mir turlari TTU (RTU) ishchilari tomonidan maxsus jurnalda qayd etiladi.
TB va s kanallarining to’g’riligi va signal darajasining natijalari ham texnik pasport o’rnini bosuvchi va qurilmalarning kerakli texnik ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi tegishli jurnallarga kiritiladi.
SMB apparaturalarining parametrlarini o’lchash va tekshirish uchun turli xil pul’t va stendlardan foydalaniladi. Ularga TAM va EM bloklarini o’lchash stendi, SMB qurilmalarini tekshiruvchi universal stend, 2ta elementli sektorli releni tekshirish stendlari kiradi. YUqoridagi tekshiruvlar signallashtirish va aloqa distansiyalaridagi nazorat o’lchov punktlari NO’P (KIP)da amalga oshiriladi.
Strelkali o’tkazgichlar va ulagichlarga qo’yiladigan asosiy talablar temir yo’l TFQda keltirilgan. Qoidada keltirilishicha, markazlashtirilgan strelkalarning o’tkazgichlari va ulagichlari:

  • strelkalarning chetki holatida ostryakni ramali rel’sga va krestovina markazining mo’ylovchalari (usovik)ga zich yopishishi ta’minlanishi kerak;

  • ostryak va ramali rel’s orasidagi tirqish 4mm va undan ko’p bo’lganda strelka ostryagini yopishishiga yo’l qo’yilmasligi kerak;

  • boshqa ostryakni ramali rel’sdan kamida 125 mmga uzoqlashtirishi kerak.



Yüklə 281,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin