Ma’ruza №1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari reja



Yüklə 120,01 Kb.
səhifə10/12
tarix03.12.2023
ölçüsü120,01 Kb.
#172000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Turli yosh davrlarining ta’rifi. Odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o‘z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o‘ziga xos jarayonlar sodir bo'ladi.



1.

Chаqаloqlik davri

1 - 40 kungacha

2.

Goʼdаklik davri

40 kundan - 1 yoshgacha

3.

Dаstlаbki bolаlik davri

1 - 3 yoshgacha

4.

Birlаmchi bolаlik davri

4 - 7 yoshgacha

5.

Ikkilаmchi bolаlik davri

oʼgʼil bolalarda — 8 - 12 yoshgacha
qiz bolalarda —-8 - 11 yoshgacha

6.

Oʼsmirlik dаvri

oʼgʼil bolalarda — 13 - 16 yoshgacha
qiz bolalarda— 12 - 15 yoshgacha

7.

Nаvqironlik davri

oʼgʼil bolalarda— 17 - 21 yoshgacha
qiz bolalarda— 16 - 20 yoshgacha

8.

I yetuklik davri

erkaklarda — 22 - 35 yoshgacha
ayollarda— 21 - 35 yoshgacha

9.

II yetuklik davri

erkaklarda— 36 - 60 yoshgacha
ayollarda — 36 - 55 yoshgacha

10.

Keksаlik davri

erkaklarda— 61 - 74 yoshgacha
ayollarda— 56 - 74 yoshgacha

11.

Qаriyalik davri

75 - 90 yoshgacha

12.

Uzoq umr koʼrish davri

  1. dan yuqori yosh



Irsiyat va o‘zgaruvchanlik.
Irsiyat - tirik organizmga xos barcha fiziologik hususiyatlar – tana tuzilishi, moddalar almashinuvi, oʼzgaruvchanlik, kasalliklarga moyillik va boshqa belgilarni nasldan - naslga oʼtkazib berish xossasidir.
Nasldan - naslga beriluvchi irsiy belgilarning moddiy asosi hujayralarning yadrosida joylashgan xromosomadagi DNK bilan bog‘liqdir. Har qanday biologik mavjudot hujayralarining yadrosida ma'lum xromosomalar majmuasi mavjud bo‘lib, bu kariotip deb ataladi.
Oʼzgaruvchanlik - tashqi va ichki omillar taʼsirida organizmda roʼy beradigan oʼzgarishlar yigʼindisidir.
Oʼzgaruvchanlik 2 xil:

  1. Irsiy (genotip) - ma'lum bir organizmning genlari to'plami.

  2. Modifikatsion (fenotip) - organizmning tashqi va ichki belgilari to'plami

Genetika fani asoschisi - Gregor Iogann Mendel.
Har bir hujayrada DNK va oqsildan iborat 46 ta xromosoma mavjud. Ushbu xromosomalar o'n minglab genlarni o'z ichiga oladi. Ular inson tanasini qanday rivojlanish kerakligini ta'minlaydi. 
Irsiyatda organizmdagi bеlgi va xususiyatlar «gеn» dеb ataluvchi irsiy birlik orqali bеriladi. Minglab turli xil belgilar faqat 46 ta xromosomada joylashgan.
Odam hujayralarining kariotipi 23 juft (46 dona) xromosomadan iborat bo‘ladi. Bu narsa ayol va erkak jinsiy hujayralarining qo‘shilishi (urug‘lanish) davridayoq aniqdir, chunki har bir jinsiy hujayrada 23 ta xromosoma bo‘lib, ularning qo‘shilishidan diploid (2nq2x23q46) hosil bo‘ladi. Shulardan 22 tasi hamma hujayra tarkibida mavjud, ular jinsiy shakllanishga aloqador emas va autosomalar deb ataladi. 23 chi juft xromosoma esa jinsiy hujayralar deb ataladi va shaxsning jinsi shu xromosomalarga bog‘liq bo‘ladi.
Ayollarning urug‘ hujayralarida 22 ta autosoma q 1 ta X-xromosoma bo‘ladi. Erkaklarda esa spermatozoidlar 22 ta autosomadan tashqari, 50% spermatozoidlar Y-xromosoma tutadi. Ayollarning tuxum hujayralari erkaklarning qanday jinsiy xromosomali spermatozoidi bilan urug‘lanishiga qarab: 22,X (ayollarning tuxum hujayrasi) q spermatozoid – 22,Y – 44,XY – zurriyot erkak jinsli va 22,X q spermatozoid – 22,X – 44,XX – zurriyot ayol jinsli bo‘lishi mumkin.
Irsiyatda organizmdagi bеlgi va xususiyatlar «gеn» dеb ataluvchi irsiy birlik orqali bеriladi.
Minglab turli xil belgilar faqat 46 ta xromosomada joylashgan.

Yüklə 120,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin