Ma’ruza №1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari reja



Yüklə 120,01 Kb.
səhifə9/12
tarix03.12.2023
ölçüsü120,01 Kb.
#172000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Akseleratsiya. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarda bo‘yiga o‘sishning tezlashganligi aniqlangan. Bu haqdagi ma’lumotlar 1876-yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935-yilga kelib nemis olimi R. Kox o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan.
Akseleratsiya — lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o‘sishidir. So‘nggi 100 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bo‘yi 5—6 sm ga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning bo‘yi 10—15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o'lchamlarining ortishini, odam umrining uzayishini, hayz kechroq tugashini, ruhiy funksiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o'zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Akseleratsiya masalasi ko‘pgina dunyo olimlarini qiziqtirib kelgan. Ular akseleratsiyaga olib keluvchi bir nechta omillarni ko'rsatib beruvchi o‘z gipotezalarini yaratganlar. Jumladan, ba’zi olimlar ultrabinafsha nurlarining kuchli ta’siri bolalarning tez o‘sishiga sabab bo’lmoqda desalar, boshqalari esa magnit to‘lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta’sirini aytadilar. Yana birlari buni kosmik nurlarga bog‘laydilar. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, fan va texnikaning olg‘a siljishi, ta’lim-tarbiya jarayonida yangi shakl va usullarning paydo bo‘lishi, sport va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish, genetik omillarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni biologik va ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin.
Akseleratsiya ko‘pincha ijtimoiy, tabiiy sharoit o‘zgarishi bilan yuz beradi. Masalan, alimentar omil, ya’ni ovqatlanish-ning yaxshilanishi, uning oldingi asrlarga nisbatan miqdor va quvvat jihatidan yuqori darajada hamda rang-barang bo‘lishi o‘sish va rivojlanishni tezlashtirgan omillardan biridir. Yana geterozis (duragay) - aholining keng migratsiyasi natijasida turli millat, irq, kontinent, davlatlar yoshlari o‘rtasida nikohlarning ko‘payishi bois tug‘ilgan bolalarning jismoniy rivojida nisbatan ustunlik kuzatiladi. Urbanizatsiya (shaharlanish) tufayli ham, ya’ni shahar aholisining ko‘payishi na ushbu sharoitda axborot almashinuvi tezlashganligi bois bolalarning jismoniy va, ayniqsa, aqliy rivoji tezlashadi. Keyingi yillarda ijtimoiy va ijtimoiy-gigienik sharoitning yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil qilishga imkoniyat yaratib, o‘z o‘rnida akseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi bir adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda kosmik nurlarning ta’sirida tegishli mugatsiyalar paydo bo‘lib, ular ham akseleratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bergerning vitaminlar erasi nazariyasiga ko‘ra o‘sishjarayonlarining tezlashishiga V1, V12 va D vitaminlarining ta’siriga katta ahamiyat beriladi. Lekin, vitaminlar erasi boshlanishidan avval o‘sish jarayonlaridagi o‘zgarishlar mavjud ekanligi ko‘rsatilgan1.
Akseleratsiyaning o‘ziga yarasha negativ taraflari ham mavjud. Masalan, oxirgi 50 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznining 1-1,5 kg ga ko‘payishi o‘z navbatida bolalarda semirishga moyillikni kuchaytirmoqda. Semizlik esa ko‘pchilik kasalliklarga, ko‘pincha yurak-qon tomirlar kasalliklari- gipertoniya, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va boshqalarga olib kelishi mumkin.
Demak, o‘sish va rivojlanish murakkab protsess bo‘lib, undagi yashirin miqdor o‘zgarishlari ochiqdan-ochiq sifat o‘zgarishlari va ko‘rinishlariga olib keladi. Masalan, bola balog‘atga yeta boshlashi bilan, atrof-muhitga, undagi o‘zgarishlarga qiziqish bilan e’tibor berishi, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarda so‘z boyligining ortishini kuzatish mumkin.
Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, bolalarning individual o‘sish va rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda, chunki bolalar salomatligini saqlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi.

Yüklə 120,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin