Ma’ruza №1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari reja



Yüklə 120,01 Kb.
səhifə5/12
tarix03.12.2023
ölçüsü120,01 Kb.
#172000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Rivojlanish deganda - sifat jihatdan yangilanish, ya’ni organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to‘qima va organlarning morfologik takomillashuvi tushuniladi. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko'krak qafasi kabilar kiradi. Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akseleratsiya kiradi. Organizmning normal holatda o‘sish va rivojlanishi juda uzviy bog‘langan va o‘zaro bir-biriga ta’sir qilsa-da, biroq ular bir vaqtda sodir bo‘lmaydi. Ular turli tezlikda boradi, chunki biror organ to‘qimasining massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya’ni rivojlanishning notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlarda tezroq rivojlanadi. Odam organizmi paydo bo‘lganidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy omillarga bog‘langan. Biroq, bu irsiy omillarni yuzaga chiqishida, yosh xususiyatlarini shakllanishida ta’lim, tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushining gigienik sharoiti, uning kattalar bilan muloqoti, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ontogenez — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi Ernst Gekkel fanga kiritgan.
Odam umrining (ontogenez) davrlari 2 qismga bo’linadi:

  1. davr - prenatal (embrional), urug’lanishdan to tug’ilishgacha bo’lgan davr – o’rtacha 280 kungacha davom etadi.

2–davr - postnatal (tug‘ilishdan keyin) bola tug‘ilganidan hayotining oxirgi kunigacha bo’lgan davr-bu davrda organizm dastlab o’zini tashqi muhit sharoitlariga moslashtirishdan boshlaydi.

Yüklə 120,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin