Volgin Xolmatovich Turaqulov — qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir ilmiy ishlarni amalga oshirdi.
I.K. Musaboyev — yuqumli kasalliklarni tarqalish sabablarini o‘rgangan.
K.A. Zufarov — turli kasalliklarda, hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni o‘rganishga doir ish olib bordi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi Yosh fiziologiyasi va gigienasifani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa barcha tibbiyot va pedagogika fanlariga yaqindan bog‘liq. Ish jarayonida yosh fiziologiyasi va gigiyena umumiy gigiyena, umumiy fiziologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, biokimyo, bolalar klinikasi, ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda yutuqlaridan foydalanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasipedagogikaga oid qonun-qoidalarni bilish, unga amal qilish bolalar va o‘smirlarning o‘quv, mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini me'yorlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun zarurdir.
Oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limot esa psixologiya va pedagogikaning tibbiy ilmiy asosi hisoblanadi. Pedagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyena ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagog bilib olishi shart bo‘lgan birinchi narsa bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo‘lish, bolani to‘g‘ri tarbiyalash mumkin emas.
Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar e'tiborga olmasdan turib ta'lim tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Bolalar va o‘smirlar muassasalari qurilishini loyihalashtirish, obodonlashtirish, jihozlash masalalarini to‘g‘ri hal etishda texnikaga oid fanlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Binolarning tashqi va ichki bezaklarini tanlash, xonalarning joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish, ulardagi havo almashinuvi, harorat va yorug‘likni yetarli darajada bo‘lishini ta'minlashda bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘yicha mutaxassis muhandislar maslahatiga ham amal qilinadi.