Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining tarixi. Odam tanasining tuzilishiga oid dastlabki ma’lumotlar Yunon (qadimgi Gretsiya)da miloddan avvalgi IV—V asrlarda tabiblar, faylasuflar tomonidan to‘plangan. Antik madaniyat rivojlangan davrda tabiblar odam tanasining tuzilishi haqidagi diniy qarashlar, tushunchalar bilan cheklanib qolmasdan, balki murdalarni yorib o‘rganganlar.
0‘z zamonining mashhur tabibi Gippokrat (miloddan avvalgi 460—377-yillar) avloddan avlodga og‘zaki o‘tib kelayotgan anatomik ma’lumotlarni, kuzatishlarni to‘plab, sistemaga soladi. Kalla suyaklarining tuzilishi va o‘zaro birikishini to‘liq hamda aniq qilib bayon etadi. Lekin u nerv bilan payni bir-biridan ajrata bilmaydi.
Yunonistonda yashagan buyuk olim, faylasuf Aristotel (miloddan avvalgi 384—322-yillar) qarashlari tibbiyot fanlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. U hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirlab bergan va ularni tasniflagan. U nerv bilan payni bir-biridan ajratgan, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o‘zaro bog‘liqligini bayon etgan.
Miloddan avvalgi III asrda savdo markazlaridan bo‘lgan Aleksandriya shahrida ilm-fan juda rivojlangan. Bu yerda Gewfil va Erazistrat kabi olimlar tekshirish ishlari olib borib, anatomiya sohasidagi bilimlarni kengaytirganlar.
Gerofil o‘n ikki barmoq ichak, ko‘z va tuxumdonning tuzilishini tasvirlab bergan. U hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, nerv sistemasi markazi bosh miyada ekanligini isbotlaydi. Olim miya qobiqlari, miyaning qattiq pardasi, bosh miya qorinchalari va uning tomirlar to‘ri, uzunchoq miya, bosh miyaning ayrim qismlari, miya qorinchalarini ta’riflab berdi. Shuningdek, bosh miya bilan nervlarning bir-biriga bogliqligini aniqlaydi, yurak qopqoqlarini ochadi. U sezuvchi nervlar bilan harakat nervlarini birinchi marta farqladi.
Erazistrat arteriyalarda havo emas, qon oqishini, jigarning qopqa venasini va qon o‘pkalardan yurakning chap bo‘lmasiga va qorinchasiga kelib quyilishini, so‘ngra aorta va arteriyalar orqali butun organizmga tarqalishini aniqladi.
Qadimgi Rim imperiyasida tabiat fanlari qatorida anatomiya fani ham rivojlandi. Amaliy tibbiyot shifokorlardan aniq anatomik ma’lumotlarni talab qila boshlaydi. Bu davrda anatomiyaning rivojlanishida mashhur olim, anatom Klavdiy Galen (130-201)ning ishlari juda muhim. Rim qonunlarida odam murdasini yorish qat’iy m a’n etilgani uchun Galen hayvonlar tanasini tekshirgan. U suyaklarning rivojlanishini o‘rganib, 300 dan ortiq muskulni bilgan, bosh miyani ta’riflab bergan. Galen o‘zining falsafiy qarashlarida Aristotelning fikrlarini rivojlantiradi.
0‘rta asr boshlarida yashagan atoqli tabib, anatom, faylasuf, matematik, Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining juda ko‘p ilmiy asarlari bilan tibbiyot, shu jumladan, anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Tib qonunlari» nomli 5 jildli asari XVII asrgacha Yevropada tibbiyotdan asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Ibn Sino bu asarida tibbiyotning umumiy nazariyasini bayon etdi. Unda odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jarrohlik, diagnostika va boshqalarga katta ahamiyat berilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyena kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davom ida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo‘llanma bo’lib keldi, undagi ko'pgina ma’lumotlar hozir ham ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Leonardo da Vinchi (1452-1519) plastik anatomiyaga oid o‘z tekshirish natijalarini to‘plab, plastik anatomiya kursini sistemaga soladi.
XVI asrda olimlar murdani yorib o‘rganishlari tufayli organlarning tuzilishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘paya boshladi va hozirgi zamon odam anatomiyasining yaratilishiga asos solgan mashhur olimlar ko‘zga tashlanadi. Shulardan biri Andrey Vezaliydir (1514—1564). Vezaliy asosan hayvonlar tanasini tekshiradi, odam murdasini ham yashirincha yorib ko‘radi. Vezaliy anatomiyaga oid «Odam tanasining tuzilishi» nomli mashhur asarini yozdi.
0‘sha davrda atoqli ingliz anatomi Vilyam Garvey (1578— 1657) hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, qon tomirlarda qonning oqishini tekshiradi. Uning tajriba natijalari asosida yozilgan «Hayvonlarda yurak va qonning harakati» kitobi tabiatshunoslik va tibbiyotda yangi yutuqlarni ochdi.
Mikroskop ixtiro qilinishi bilan italyan olimi Marcello Malpigi (1628—1694) kapillarlarni kashf qildi. Bu kashfiyot hayvonlar organizmida qonning doira bo‘ylab harakatlanishi to‘g‘risidagi Garvey fikrlarini yanada kengaytirib, qon aylanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qildi. XVII asrning oxirlariga kelib, qon tomirlariga ineksiya qilish va anatomik preparatlarni Konservalash usullari qoMlanishi bilan anatomik tekshirishlar metodikasi ancha takomillashdi. XVIII asrning o‘rtalarida anatomiya, embriologiya, solishtirma anatomiya sohasida juda ko‘p materiallar to'plandi.
Rus olimi M.V. Lomonosov (1711—1765) anatomiyani bevosita kuzatish bilan uning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Uning shogirdi A.P. Protasov (1723—1796) anatomiya atamalari bilan mukammal shug‘ullanib, «Anatomik atamalar to‘g‘risida» nomli asar yozadi.
A.M. Shumlyanskiy (1748—1795) buyrakning mikroskopik tuzilishini tekshirib, «Buyrakning tuzilishi to‘g‘risida» nomli mashhur asarini yozgan. U buyraklarning tomir chigalini o‘rab turgan qo‘sh devorli parda — kapsulani birinchi bo‘lib izohlab beradi.
I.M. Sechenov (1829-1905) va I.P. Pavlov (1849-1936)ning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Sharq dunyosida jahonga tanilgan ko‘plab olimlar yashab va ijod etganlar. Abu Nasr Muhammad al-Farobiy (873—950) o‘zining 160 dan ortiq asari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko‘p yangilik kiritdi. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi turlarga bo‘lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb ta’kidlagan.
Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy (873-yilda Sirdaryo bo‘yida tug‘ilgan) tibbiyotga ko‘pyangiliklar kiritgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan. Ismoil Jurjoniy (1080—1141) mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari ma’lum. U odam sog‘lig‘ini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yoz gan, shuningdek, mijozlar haqida bayon etib, ular nasldan-naslga o‘tishini aytadi.
Abu Bakr ar-Roziy (865-925) «Organlar funksiyalari» nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni bayon etadi. U ning fikricha, odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoiti, yil fasllarining o‘zgarishi, sabab boiadi. Ar-Roziy birinchi bo’lib bemorga tashxis qo'yishni taklif etdi. Odamning hayot faoliyatini o‘rganish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o‘rganilgan. Juda qadim zamondan boshlab Yunon, Xitoy, Hindiston, Misrda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bo‘lgan, ular funksiyalar to‘g‘risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar.
I.M.Sechenov 1862-yili «Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayoni»ni ochgan. 1863-yili «Bosh miya reflekslari» asarini nashr qilgan.
I. P. Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari hazm tizimi a’zolari faoliyatini o‘rgandi. I.P. Pavlov reflekslar nazariyasini rivojlanirdi. U va uning hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida sodir bo‘ladigan asosiy jarayonlarni o‘rgandi. 1904-yilda I.P. Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o‘rgandi.
0‘zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishiga ko'plab o‘zbek olimlari hissa qo‘shganlar.
Jumladan: Adham Yunusov — fiziologiya fanining rivojlanishiga o’z hissasini qo‘shgan.