Ma’ruza №1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Irsiy kasalliklar va ularning turlari reja



Yüklə 120,01 Kb.
səhifə4/12
tarix03.12.2023
ölçüsü120,01 Kb.
#172000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu 1. O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

Hujayraning tuzilishi
Barcha tirik organizmlar singari odam organizmi ham hujayralardan tashkil topgan. Har bir hujayra membrana, yadro, sitoplazmadan tashkil topgan. Hujayra tuzilishini o'rganishda mik roskopdan foydalaniladi. Hujayra membranasi ikki qator joylashgan lipid molekulalar, tashqi va ichki tomonida joylashgan oqsildan tuzilgan. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar, glyukoza, mineral tuzlar membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi. Sitoplazma yarim suyuq modda bo‘lib, elektron mikroskopda kuzatilganda, undagi mayda donador struktura ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va hujayraning barcha organoidlari umumiy hamda xususiyga bo‘linadi. Umumiy organoidlar barcha organizmlar hujayrasida boladi. Xususiy organoidlar ba’zi hujayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, golji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hujayra markazi kiradi. Xususiy organoidlarga muskul hujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillar va harakat organoidlari — xivchinlar, kiprikchalar kiradi.
Tuzilishi, kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi. Organizmdagi to‘qimalar 4 ta guruhga: epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi (tayanch-trofik), muskul (mushak) va nerv to‘qimalariga bo‘linadi.
0‘sish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
0‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmining o‘sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. 0‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir.
0‘sish — o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payishdir. Unda tana vazni, undagi hujayra va to‘qimalarning ko'payishi hisobiga o‘lchamining kattalashuvi tushiniladi. Hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning cho‘zilishi, og‘irlikning ortishi yuz beradi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlari nomunosib (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i, ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lib, bunda o‘sish protsessi barcha organizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bo‘lib, qizlar 18 yoshda o‘g‘il bolalar esa 20 yoshga kelib o‘sishdan to‘xtaydi. Ba’zi hollarda xotin-qizlar 21—22 yoshgacha, erkaklar esa 24—25 yoshgacha o‘sishi mumkin.
0‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.

Yüklə 120,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin