Kritik davrlar: 1. 1 yoshdan-3,5 yoshgacha- bola juda serharakat bo’ladi.
2. 6-8 yoshgacha davr-bola hayotiga yangi insonlarni kirib kelishi.
3. 10-15 yoshgacha- jinsiy etilish davri, organizmda gormonal o’zgarishlar yuz beradi.
Inson hayoti — bu uzluksiz rivojlanish jarayonidir. Bular organizmda kechadigan, yuz beradigan uzluksiz o‘zgarishlarning bir bo’lagidir. Bunday o‘zgarishlarni bolaning gavda proporsiyasini o‘zgarishida kuzatish ham mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloq katta odamdan oyoq-qo'llarining kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1/4 qismini, 2 yoshda 1/5 qismini, 6 yoshda 1/6 qismini tashkil qiladi.
Yangi tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo‘ladi. Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni — 25%, 6 oyligida — 50%, 2,5 yoshida — 75%, 5 yoshda — 90%, 10 yoshda — 95% ni tashkil etadi. Odam yoshi bilan birga boshning o‘sishi sekinlashadi, oyoq-qollarning o‘sishi tezlashadi. Jinsiy balog‘atga yetguncha qiz va o‘g‘il bolalar gavda proporsiyasida jinsiy tafovut sezilmaydi, biroq balog‘at yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga chiqadi, ya’ni o‘g‘il bolalarda oyoq-qo‘llari uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tosi tor bo‘la boshlaydi. Bola bo‘yining uzunligi va massasining notekis o‘sishi va rivojlanishini quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Bolalarda yoshga qarab bo‘yining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48—50 sm bo‘ladi. Bolaning bir yoshigacha bo‘yining uzunligi har oyda ikki sm dan o‘sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. Hayotining ikkinchi yilida atigi 10 sm ga o‘sadi. 6 -7 yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi. Boshlang‘ich maktab yoshida bola bo‘yi uzunligi 7—10 sm ga o‘sadi. Jinsiy yetilishi munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o‘g‘il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo‘yiga o‘sish tezlashadi. Bo‘yiga o‘sish qizlarda asosan 18—19, yigitlarda 20 yoshda to‘xtaydi. Butun o‘sish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo‘l uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar, bosh balandligi 2 barobar ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o‘smir bolaning bo‘yi 6—8 sm dan o‘sadi.