Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani tushunchasi va mohiyati. Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani bola organizmining har qaysi to`qima – a'zolarining tuzilishi, faoliyati, o`sish va rivojlanish qonuniyatlari, uning yashashi, sog`lom bo`lishi, uzoq umr ko`rishi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratish va sog`lom turmush tarziga rioya qilish kabi masalalar bo`yicha batafsil bilim bеradi.
Maqsadi: o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib bеrish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini to molukalar darajasigacha turli yoshga aloqadir davrlarda aniqlashdir.
Vazifasi: yosh organizmning moddiy tabiatini va uning rivojlanishini ochib bеrishdir.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani bir qancha fanlar: odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, ekologiya, tibbiyot, pеdagogika psixologiya fanlari bilan chambarchas bog`langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.
Tibbiyotning talaygina sohalari — pеdiatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o`smirlar gigiyеnasi — yosh fiziologiyasi ma'lumotlaridan juda kеng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o`z fan sohalarini rivojlantirib boradi. Masalan, Bolalar anatomiyasi fani jigarning qaerda joylashgani, uning og'irligini o'lchaydi. Fiziologiya esa jigar to'qimasida, hujayralarida ketadigan hayotiy jarayonlarni aniqlaydi. Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi fani esa jigarning turli yosh davrlaridagi og'irligini, bajaradigan ishining o'zgarishini, uning kasallanmaslik chora-tadbirlarini ko'rish bilan shug'ullanadi, tavsiyalar beradi. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi pеdagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Pеdagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega.
Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funksiyalari va odamning rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Bu fan organlarni va organlar sistemalarini bajaradigan funksiyasiga qarab o‘rganadi. Anatomiya yunoncha «anatome» so‘zidan olingan bo‘lib, kesaman ma’nosini anglatadi. Odam tashqi muhit bilan doimo aloqada bolgani uchun organizmdagi organlar va organlar sistemasi tashqi muhit bilan bog‘lab o‘rganiladi, bundan tashqari, odamning tuzilislii va rivojlanishi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq.
Odam organizmi million yillar davom etgan rivojlanish tarixi, ya’ni filogenez davrida, shuningdek, nisbatan kam vaqt ichidagi individual rivojlanish, ya’ni ontogenezi davrida shakllangan.
Anatomiya biologiya fanining bir qismi bo‘lib, u sitologiya, gistologiya, embriologiya, solishtirma anatomiya, evolyutsion ta’limot va boshqa fanlar bilan uzviy chambarchas bogliqdir. Hozirgi zamon anatomiya fani odamni harakatdagi holatida ham o‘rganadi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani bola organizmi tuzilishi va funksiyalarini yoshga bog‘liq holda o‘rganadi.
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining tekshirish usullari. Anatomiyani o‘rganishda bir necha usullardan foydalaniladi. Eng qadimgi usul — murdani yorib o‘rganish usuli keng qollaniladi. Bu usul hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayrim organlarni yoki butun murdani fiksatsiya qilish yoki konservatsiya usuli ham anatomik preparatlarni buzmasdan, uzoq muddat saqlashga imkon beradi. Mikroskop ixtiro qilingach, anatomiyada mikroskopik tekshirishning xilma-xil usullaridan foydalanildi. Ayniqsa, kimyo, fizika fanlarining rivojlanishi bilan to‘qimalarni turli kimyoviy moddalar bo‘yab mikroskopda o‘rganish keng qo‘llanildi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida anatomiyaning alohida sohasi — rentgen anatomiyasi paydo bo‘ldi. Ineksiya usulida qon va limfa tomirlariga, bez yo‘llariga, to‘qimalar oralig‘iga turli rangdagi suyuqliklarni quyib, shu kovak organlarining tuzilishini o‘rganish mumkin.
Korroziya usulida esa, ya’ni avvaldan iclii biror qotuvchi modda bilan to‘ldirilgan kovak organlarning barcha lo‘qimalari ishqor yoki kislota bilan eritilib, ularning tuzilishi o'rganiladi. Anatomiyani o‘rganishda tirik odamda organlarni paypaslab ko‘rish (palpatsiya) antropometriya usullaridan ham foydalaniladi. Rasmga va videoga olish, jadvallar tayyorlash, turli asboblar, binokulyar lupalardan, mikroskopdan foydalanib ham anatomik tekshirishlarni amalga oshirish mumkin.