Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Maks Plank 1878 yilda
. Yuqorida o‘ngda: 
Plank, uning xotini 
Mariya Merk va ularning to‘rt farzandi – Karl, Ervin, egizak qizlari Greta va Emma

Pastdagi suratda: 
Plank 1877 yilda Berlindagi Fridrix Vilgelm Universitetiga kochib 
o‘tgunicha o‘qigan Myunxen Universitetining 1880 yilga taaluqli litografiyasi



16 
XIX asrning so„ngi choragi keskin iqtisodiy va ijtimoiy o„zgarishlar davri 
bo„ldi. Asr o„rtalarida boshlangan sanoatlashish sur‟ati Germaniyani jahonda yetakchi 
qudratli sanoatlashgan mamlakatga aylantirdi va u taraqqiyot ko„lami bo„yicha Buyuk 
Britaniyaga tenglashib oldi. Sanoat bilan birgalikda, ham sabab, ham oqibat omili 
o„laroq, mamlakatda ilm-fan va texnika ham jadal taraqqiy topa boshladi. Butun 
mamlakat bo„ylab, ayniqsa Berlinda, muayyan sanoat sohasiga biriktirilgan ko„plab 
yirik ilmiy-tadqiqot markazlari vujudga keldi. Ulardan biri – 1887 yilda tashkil 
qilingan Imperial fizika va texnologiya instituti bo„lib, aynan ushbu dargoh, energiya 
kvantining kashf qilinishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgandi. 
Agar Angliyada bozor munosabatlariga davlatning aralashuvi kerak emas deb 
hisoblangan bo„lsa, olmon kapitalizmi avvalboshdanoq davlatning kuchli nazorati 
ostida bo„lgan. Yirik korxonalar va banklar, armiya va hukumat o„zaro chambarchas 
bog„langan bo„lib, rivojlanishning monopolistik kapitalizmga asoslangan olmon 
modeli shu yo‟sinda shakllantirilgan edi. Yuzaga kelgan vaziyatda ishchilar harakati 
kuch to„play boshladi (yoddan chiqarmaylikki, Karl Marks va Fridrix Engels nemis 
bo„lsihgan). Olim va o„qituvchi Maks Plank ishchilar harakatiga hecham xayrixoh 
bo„lmagan; lekin masalan Eynshteyn bu harakatning tarafdori bo„lib, u yoshligidanoq 
olmon sotsial-demokratlariga xayrixoh edi va o„zini sotsialist deb hisoblardi. Biroq, 
aksilqutbiy siyosiy qarashlar ham ushbu ikki buyuk olimlarning o„zaro yaqin 
do„stligiga rahna sololmagan. Bu ham bo„lsa, Plank garchi konservator bo„lganligiga 
qaramay, ochiq va tolernat shaxs bo„lganligining yaqqol isbotidir.
Saboatlashishning jadallashuvidan tashqari, ikkinchi imperiyaning o„ziga xos 
belgilaridan yana biri, millatchilik kayfiyatining ildiz otishi bo„lgan. 1871 yilda 
mamlakatning birlashuvi pinhona ichki ayrimachilik va ziddiaytlarning kichayishiga 
olib keldi. Yangi federal davlatning alohida qismlarida eskicha mahalliy qonunlar va 
hatto monarxiya boshqaruvi ham saqlanib qolgandi va bunday sharoitlarda 
millatchilikning avj olishi siyosiy hukmron doiralar uchun ijtimoiy-siyosiy qurol 
sifatida kerak edi. «Yangi nemislar»ning millatchilik kayfiyati va hissiyotlarini 
boshqarish borasida kalit bo„lib, milliy ta‟lim tizimi xizmat qilardi. 
XX asr boshidagi Germaniyaning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, hamda sanoat 
qudratini yaqqol namoyish qulivchi narsa, mamlakatning 1900 yildagi Parijda 
o„tkazilgan Butunjahon ko„rgazmasidagi ishtiroki bo„lgan desak yanglishmaymiz. 
Germaniya pavilyoni boshqa barcha davlatlarnikidan balanroqqa joylashtirilgan. 
Olmonlar o„z mahsulotlarini namoyish qilar ekanlar, ularning kashfiyotchisi, yoki 
ishlab chiqaruvchisi aynan olmonlarlar ekanligiga alohida urg„u berib gapirishardi. 
Ko„rgazmaga tashrif buyuuvchilar Germaniyaing gazlarni siqish va suyultirish, 
elektrokimyo hamda yoritish borasidagi yutuqlaridan hayratlarini yashirolmagan 
edilar. Aynan shu davrdan boshlab, butun dunyo bo„yicha eng sifatli mahsulot aynan 
Germaniyaniki, olmonlarniki ekaniligi haqida tasavvurlar tarqala boshlagan.


17 
Bu manzara ingliz kishisi uchun yoqimli bo„ladinganga o„xshamaydi, 
lekin u o„z mamlakati tomonidan namoyishga qo„yilgan mahsulotlarni ko„zdan 
kechirsa, yanada badtarroq ma‟yuslanadi
.
Sanoatlashish jarayoni hech bo„lmaganda boshlang„ich minimum ma‟lumotga 
ega bo„lgan ishchi kuchini talab qilardi. Shu sababli ham 1870 yildan 1914 yilgacha 
bo„lgan davrda butun Yevropa bo„ylab boshlang„ich maktablar tashkillana boshladi. 
Bismark zamonasida, boshlang„ich ta‟limdan boshlab, oraliq bosqich 
– 
gimnaziyalarda davom etuvchi, keyin esa, ta‟limni oliy ma‟hadlarda, ya'ni, 
universitetlarda davom ettirilishini ko„zda tutuvchi davlat ta‟lim tizimi shakllandi va 
amaliyotga joriy etildi. Universiteti o„qituvchilari davlat xizmatchilari sanalishardi va 
imperatorga sodiqlik haqida qasamyod qabul qilishlari shart edi. Aynan ushbu 
omillar, Maks Plank o„sib katta bo„lgan muhitni shakllantirgan edi va XX asr boshida 
yashagan aksariyat olmon olimlariga xos jihat – millatchilik ruhiyati ham shu narsa 
bilan izohlanadi.
Juda bir qiziq holat mavjud: XIX asr so„ngida Germaniyada yo„lga qo„yilgan 
sanoat ishlab chiqarish uslublari, hamda, o„sha davrlarda asos solingan ulkan yirik 
korxona va koorporatsiyalarning bizgacha yetib kelgan nomlari, asosan ularning 
kashfiyotchisi va ixtirochisi bo„lgan olimlar ismlari bilan bog„liq: Simens, Bayer, 
Seys... Biz bunday nomlardan o„nlab sondagisini yodga olishimiz mumkin va bu 
o„sha paytdagi Germaniyaning ilm-fan bilan chambarchas bo„glangan qudratli sanoat 
taraqqiyotini ifodalab turibdi.
Maks Plank tomonida nazariy fizikadagi eng ulkan kashfiyotlardan bir amalga 
oshirilgan asrlar chegarasida, Germaniya davlati, ilm-fan va texnikaning barcha-
barcha jabhalarida jahondagi eng ilg„or, yetakchi va hukmron mamlakar sanalardi. 
Lekin mamlakatda o„rnatilgan militaristik va avtoritar tuzum, nemis tabaa 
fuqarolarida millatchilik kayfiyatining tobora kuchayishiga zamin yaratayotgan edi. 
Mazkur ikki omil – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va siyosiy avtoritarizm, Germaniya 
davlatining, u bilan birga, Maks Plankning yakuniy fojeaviy dramatik taqdirida hal 
qiluvchi o„rin tutdi.


18 
U paytlarda Germaniyada oliy ma‟lumotni faqat bitta oliygohda egallash urf 
bo„lmagandi. Shu sababli Maks Plank ham, 1877 yilda Myunxenni tashlab, Berlinga 
yo„l oldi. Berlinda Plankka olimlar German fon Gelmgolts (1821-1894) va Gustav 
Kirxgof (1824-1887) ustozlik qilishdi. Ularning har ikkalasi ham, XIX asr olimlari 
ichida eng baobro„ shaxslar sanalishadi, lekin Plankning o„zi guvohlik berishicha, ular 
unchalik ham yaxshi pedagog bo„lishmagan ekan. O„zining qisqacha tarjimai holi 
davomida Maks Plank, ustozi Gelmgoltsni, darsga tayyorlanmay keladigan va doska 
oldidagi hisob-kitoblarda doim yanglish yo„l tutadigan yomon o„qituvchi sifatida 
ta‟riflaydi. Aftida talabalar bilan ishlash uning uchun zerikarli mashg„ulot bo„lgan 
bo„lsa kerak va oqibatda bu zerikish talabalarga ham ko„chib o„tgan shekilli. Harholda 
Plankning qayd etishicha, Gelmgolts kurslari yakuniy pallasida, mashg„ulotlarga 
Plankning o„zi bilan hisoblaganda atiga uch nafar talaba qatnashadigan bo„lib qolgan 
ekan.
Gelmgoltsning darslarga yaxshi tayyorlanmasdan kelishining boisini, uning 
aynan shu davrda Maksvellning elektromagnetizm nazariyasini chuqur o„rganish bilan 
band bo„lganidan deb izohlash mumkin. Germaniyada Maksvell nazariyalari hali keng 
tarqalmagan edi va Gelmgoltsning harakatlari tufayligina, uning mamlakatida 
elektromagnetizm nazariyasiga nisbatan qiziqish uyg„ondi. 1879 yilda, aynan 
Gelmgoltsning tashabbusiga ko„ra, Prussiya Fanlar Akademiyasi tomonidan yuqori 
chastotali zanjirlar uchun Maksvell nazariyasining tasdiqini yoki, inkorini keltiruvchi 
ilmiy ish uchun mukofot e‟lon qildi. Mukofotni Gelmgoltsning shogirdi Genrix Gers 
(1857-1894) qo„lga kiritdi. Uning tadqiqotlari keyinchalik, 1888 yilda elektromagnit 
to„lqinlarning kashf etilishiga, hamda, Maksvell nazariyasining to„liq tasdiqanishiga 
olib keldi.
Gelmgoltsning 1877 yil qishida o„qigan ma‟ruzalari aksariyat talabalarda 
zarracha qiziqish uyg„otmagan bo„lsa hamki, Maks Plank unda elektromagnetizm 
sohasining 
istiqbollari 
haqida 
to„g„ridan-to„g„ri, 
birinchi 
og„izdan 
yangi 
ma‟lumotlarni tinglab olgandi. Chunki elektromagnetizm Maks Plankning 
tadqiqotlarida ham muhim o„rin tutardi. Berlindan professor darajasi bilan qaytib 
kelgan Plank, Gelmgolts bilan toki u vafot etgan 1894 yilgacha do„stona aloqalarni 
saqlab qolgan. 
O„zining beparvo hamkasbi Gelmgoltsdan farqli o„laroq, Plankning ikkinchi 
ustozi Gustav Kirxgof ma‟ruzalarga juda puxta tayyorlanar, matnlarni yoddan bilar va 
ularni biror chekinishlarsiz o„qib berardi. Shu sababga ko„ra, uning darsida ham 
tinglovchilar o„z esnoqlarini bazo„r bosib o„tirishardi. Lekin baribir (bu esa Plank 
uchun hammasidan ham eng muhimi bo„lgan) bu ustozi ham o„z shogirdlarini ilm-
fanning eng ilg„or yutuqlari va dolzarb muammolari bilan tanishtirib borardi. Plankni 
aynan Kirxgof, termodinamika sohasidagi yangi tadqiqotlar olamiga yo„lboshchi 


19 
sifatida boshlab kirgan. Yillar o„tib Plank, marhum Kirxgofning «Issiqlik nurlanishi 
nazariyasi» nomli ilmiy ishini, ustozining nomidan nashrdan chiqarish ishlarini 
amalga oshirgan.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin