Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


Germaniyaning texnologik qudratidan darak beruvchi uch misol



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Germaniyaning texnologik qudratidan darak beruvchi uch misol 
 
O„z ta‟sischisi Ernst Verner fon Simens (1816-1892) familiyasiga ko„ra nomlangan «Siemens» 
firmasi, Germaniyani va umuman Yevropa qit‟asini elektrlashtirish borasida yetakchi ijrochi 
kompaniya sanalgan. U tomondan tashkil qilinga telegraf-qurilish firmasi, elektr toki hosil qiladigan 
dinamo-mashinalar va alternatorlarni va ulardan chiqqan tokni ste‟mol qiluvchi lampalar hamda 
elektrodvigatellarni ishlab chiqarar edi. Korxona shuningdek elektropoyezdlar ishlab chiqarilishi 
masalalari bilan ham shug„ullangan. Yuqorida qayd qilingan Imperial fizika va texnoligiya instituti 
Simens tomonidan moliyalashtirilar va unga ko„ra institutda elektr bilan yoritish masalalari 
bo„yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ikkita jahon urushlaridan keyin ham Simens qudratli 
transmilliy koorporatsiya maqomini saqlab kelmoqda.
1846 yilda olmon optik ustasi Karl Seyss (1816-1888) tomonidan asos solingan «Zeiss» 
kompaniyasi avvalboshdanoq, o„ta aniq optik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi 
korxonaga aylangan. Aynan «Zeiss» ishlab chiqargan mikroskop orqali, Ramon-i-Kaxal neyron 
sinapsini kashf qilgan va sut emizuvchilarning ko„z to„r pardasi strukturasini tadqiq qilgan edi. Bu 
kompaniya bugungi kunda ham mazkur soha yetakchisi sanaladi. 
Yuqorida yodag olingan kompaniyalar ichida uchinchisi va ehtimol eng mashhuri «Bayer» 
bo„lib, unga 1863 yilda Frirdrix Bayer (1825-1880) tomonidan asos solingan. O„sha mashhur 
aspirinning savdosini Bayer XIX asr oxirida yo„lga qo„ygan edi va bu hanuzgacha davom etmoqda. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Bayer nemislarning kimyo sanoati konglomerati bo„lmish Farben IG 
tarkibiga kirgan. Bu konglomerat Osvensim konslageri yaqinida, konslagerdagi asirlarning qullik 
mehnatidan foydalangan holda sun‟iy kauchuk ishlab chiqarish zavodi qurgan edi. Urushdan keyin 
konglomerat uch qismga qayta bo„lingan: Beyer, Basf va Hoechst – ularning har uchalasi ham 
hozirda transmilliy gigantlar sanalishadi.
Elberfeld. Germaniya. 1878 yil. Fridrix Bayer tomonidan asos solingan «Bayer AG» 
laboratoriyasi ishchi-xodimlari 


20 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin