Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

 
 
 
MAKSVELL VA BUYUK ELEKTROMAGNET SINTEZI 
XIX asr o„rtalarida elektromagnetizm nazariyasining 
taraqqiyoti katta chorraha oldida turardi. Andre Mari 
Amper (1775-1836), Maykl Faradey (1791-1867) va 
o„sha zamonning boshqa fiziklarning ilmiy 
izlanishlari natijasida, elektr va magnit hodisalari 
orasidagi yaqol uzviy bog„liqlik mavjudligiga ishora 
qiluvchi ko„plab qonunlar va amaliy tajriba 
ma‟lumotlari to„plangan edi. Kashf qilingan 
fenomenlarni tushuntirib berish uchun ikkita asosiy 
tasvvur mahsullari bo„lgan: ulardan biri masofadan 
ta‟sir g„oyasini ilgari suruvchilar guruhi bo„lib, 
ikkinchi tarafda esa maydonlar nazariyasi tarafdorlari 
bo„lishgan. Germaniyada Ernst Genrix Veber (1795-
1878) barcha statik va dinamik elektr va magnit 
kuchlari uchun, elektr zaryadlarining masofadan turib 
ta‟sirlashishiga asoslangan tarzda bayon qiluvchi 
formulani taklif qildi. Uning formulasi ikki jism orasidagi gravitatsion tortishish 
formulasiga o„xshab ketardi, lekin bunda zarrachalarning tezlanishi va tezligi bilan bog„liq 
boshqa ko„plab o„zgaruvchilar ham mavjud edi. Lekin, Plamkning ustozlaridan biri 
Gemlgolts, 1870 yilda energiyaning saqlanish qonunidan kelib chiqib, Veber formulasi 
asossiz ekanini isbotladi. Boshqa tarafda esa, o„z in‟ikosiga ko„ra Maykl Faradeyga taaluqli 
bo„lgan maydon nazariyasi mavjud bo„lib, u magnit atrofidagi maydon, ipsimon narsalar 
bilan – 
ko„rinmas kuch chiziqlari
bilan qoplangan degan fikrni ilgari surgan. Uning 
tasavvuridagi o„sha ipsimon kuchlarning (iplarning) taranglik ko„rsatkichi magnitning 
qutblari orasidagi itarish yoki tortishish kuchiga muvofiq kelishi kerak edi. Faradey 
shuningdek elektr kuch chiziqlarini ham musbat va manfiy zaryadlarni o„zaro bog„lovchi 
hamda tortishish keltirib chiqaruvchi usnur tarzida tasavvur qilgan. Shotlandiyalik Jeyms 
Klark Maksvell (1831-1879) Faradey g„oyalarining matematika ifodasini aniqladi va elektr 
hamda, magnetizm qonunlarining unifikatsiyalangan nazariyasini shakllantridi. Uning 
g„oyalari avvaliga mexanikaga asoslangan bo„lgan va bunda barcha elektromagnit 
hodisalari, zamona tasvvurlariga ko„ra, fazoni doimiy to„ldirib turuvchi muhit – efirning 
dinamikasi mahsuli deb qaralgan. Maksvell nazariyasi nafaqat mavjud hodisalar uchun 
tushuntirish beribgina qolmasdan, balki efir to„lqinlarni taratishi mumkinligi haqida ham 
ilmiy bashorat bergan edi. Chunki, qattiq jism tebranishlarni uzatishi bu vaqtda ma‟lum 
bo„lib ulgurgandi. Maksvell ushbu to„lqinlarning ega bo„ladigan tezligini hisoblab chiqdi 
va yorug„lik tezligiga yaqin tezlikni aniqladi. U shunday yozgan edi: «
Biz yorug„lik nuri 
ham tebranma to„lqinlardan iboratligi hamda, elektr va magnit hodisalarini keltirib 
chiqaruvchi aynan o„sha muhitning bo„ylama tebranishlari mahsuli ekani haqidagi 
xulosalardan bazo„r yuz ogirmoqdamiz
».


21 
Plankning Berlinda tahsil olgan yillarida unga kuchli ta‟sir ko„rsatgan uchinchi olim 
Rudolf Klauzius (1822-1888) bo„lgan edi. Olim bilan shaxsan tanishishga bo„lgan 
barcha urinishlari zoe ketishiga qaramay, Plank Klauziusning termodinamika 
borasidagi ilmiy ishlarini batafsil o„qib chiqdi va ularni ishtiyoq bilan puxta 
o„zlashtirishga kirishdi. Aytish joizki, ushbu ishtiyoq unda oxirigacha ham 
son‟nmagan.
Maks Plank Berlinga o„qishga yo„l olgan vaqtda termodinamikaning dastlabki 
ikki bosh qonunlari ta‟riflab bo„lingan edi. Birinchi bosh qonun energiyaning 
saqlanishini ifodalaydi va uning eng mashhur talqinlaridan bir quyidagicha yangraydi: 
«Energiya yo„qdan bor bo„lmaydi, bordan yo„q bo„lmaydi. U faqat bir shakldan 
boshqasiga o„tadi xolos». Bu qonunni asr o„rtalarida olimlar Jeyms Joul (1818-1889), 
Yulius fon Mayer (1814-1878), Uilyam Tomson (1824-1907; keyinroq u lord Kelvin 
nomi bilan yanada mashhur bo„lgan) hamda Gelmgoltsning o„zi tomonidan kashf 
etilgan edi. Kashfiyotning mohiyati shunda ediki, ish bajaradigan va issiqlik hosil qila 
oladigan turli energiya shakllari va mexanik ish o„rtasida miqdoriy tenglik-muvozanat 
mavjud bo„lib, 1840-chi yillarda Britaniyalik Jeyms Joul, turli energiya shakllari 
orasidagi ekvivalentlikni isbotlovchi amaliy tajribalar seriyasini o„tkazgan edi. Ushbu 
tajribalardan eng soddasini tushuntirish ham oson, lekin uni qayta tiklash juda qiyin 
masala: bu tajriba mohiyati shundaki, pastga tushyotgan yuk, suvga botirilgan 
parraklarni aylanishga majbur qiladi. Quyidagi rasmda ko„rsatilganidek, blok, arqon 
va o„q, yukning harakatini parraklarga uzatadi. Suvli idish termik izolyatsiyalangan 
bo„lgan va Joul bunda yuk tushayotgan vaqtda suv ilib qolayotganini payqab qolgan. 
Yukning potensial gravitatsiya energiyasi issiqlikka aylangandi. Joul quyidagicha 
xulosaga keladi: bir funt suvni Farengeyt bo„yicha 50 darajadan 51 darajagacha isitish 
uchun, vazni 817 funtga teng bo„lgan yukni bir fut pastga tushirish kerak ekan.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin