Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

T
haroratli jismga 
Q
issiqlik miqdorini uzatsak, unda biz mazkur jism entropiyasini ΔS 
kattalikka oshirgan bo„lamiz: 
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini quyidagicha ta‟riflash mumkin: 
«
Berk sistemaning entropiyasi kamayishi mumkin emas. U yoki o„sib boradi yoki 
o„zgarishsiz saqlanadi 
».


24 
Bunday ta‟rif nisbatan mavhumroq va jumboqli ko„rinadi. Shunga qaramay, u 
nazariy fizika nuqtai nazaridan anchayin foydaliroqdir. Maks Plank o„zining qora 
jism nurlanishiga oid ilmiy ishlarida aynan ushbu ta‟rifdan foydalangan bo„lib, shu 
sababli biz ham u haqida mufassalroq to„xtalamiz.
Biz ushbu ta‟rifning Klauzius ta‟rifi bilan ekvivalent ekanini yaqqol ko„rish 
uchun, 
T
1
va 
T
2
haroratli ikkita jismni, masalan, quyidagi rasmdagidek ikkita suvli 
stakanni tasavvur qilamiz. Biz birinchi stakanda 
Q
issiqlik miqdorini ajratib olib, uni 
ikkinchi stakanga uzatamiz. Birinchi stakanning entropiyasi miqdorga kamayadi. 
Ikkinchi stakanniki esa 
ga ortadi.
....................................
Sistemaning umumiy entropiyasi esa quyidagicha o„zgaradi:
Entropiyaning ortishi uchun
farq 
musbat bo„lishi lozim. Buning uchun esa, 
T
1
ning 
qiymati 
T
2
dan katta bo„lishi kerak. Ya'ni, issiqroq 
jism o„z haroratining ma‟lum qismini uzatdi, sovuqroq 
jism esa uni qabul qildi. Entropiya kamayishi kerak 
bo„ladigan aks jarayon esa imkonsizdir.
Termodinamikaning 
ikkinchi 
qonunidan 
ko„plab xulosalar kelib chiqadi va biz ularni kundalik 
turmushda yaqqol kuzatishimiz mumkin. Shulardan 
biri, energiyaning bir turdan boshqa turga o„tishidir. 
Agar biz toshni yerga tashlasak nima yuz beradi? u bir yoki ikki marta sapchib 
sakrab, oxiri baribir to„xtaydi. Toshga uzatilgan energiya yo„qotildimi? Yo„q, havo va 
yer bilan ishqalanish uni issiqlikka aylantirdi. Tosh bilan bog„liq holatda ushbu 
issiqlik uzatilishini sezish juda mushkul. Lekin keskin tormozlangan mototsiklning 
tormoz diski borasida tekshirib ko„rsak, tormoz diski va uni o„rab turgan boshqa 
jismlar o„rasidagi harorat farqini yaqqol ko„ramiz. Shuningdek biz, Yer sirtiga kelib 
urilgan meteoritlarning zarbasidan qolgan kraterlarga nazar solish orqali ham, 
energiyaning bir turdan boshqasiga aylanishini ko„rishimiz mumkin. 160 yaqin 
kraterlar ma‟lum va ularning sirtidagi tuproq hamda toshlar erib, qayta qotgan va 
endilikda ularning tashqi ko„rinishi oddiy jinsdoshlarinikidan tafovutlanadi. Bu 
jarayonlar bizga shundan tilsiz guvohlik berib turibdiki, toshning, tormoz diskining 
hamda meteoritning boshlang„ich mexanik energiyasi issiqlikka aylangandir.
Biz yerga kelib urilgan toshning sochilib ketgan energiyasini qayta yig„ib olib, 
uni toshga yana avvalgidek boshlang„ich tezlik bilan teskari yo„nalishda qaytib uchib 
keta oladigan qilib sarlasak bo„ladimi? Afsuski aynan o„sha energiya miqdori bilan 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin