Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Infraqizil nurlar 
Ko‘rinadigan 
nurlar 
0 0.5 1 1.5 2 2.5 3
To‘lqin uzunligi 
(
mikrometrda
)
 
14 
12
10





I
n
t
e
n
s
i
v
l
i
k
(
S
I
b
i
r
l
i
k
l
a
r
i
 
10
12
)
5000 K 
4000 K 
3000 K 
Issiqlik 
nurlanishining 
intensivligi 
turlicha 
haroratlardagi 
intensivligi: 
nurlanishning 
asosiy qismi 
spektrning 
infraqizil 
sohasida sodir 
bo‘ladi.


29 
Tabiatda ideal mutlaq qora jism mavjud emas. Biz atrofimizda ko„rib turgan 
qora jismlar aslida ko„rinadigan yorug„lik spektrining barcha nurlarini yutadi. Lekin 
ularning aksariyati infraqizil va ultrabinafsha nurlarni yutmaydi. Idela qora jism esa, 
barcha to„lqin uzunligidagi nurlanishlarni to„la yutishi lozim. Shunga ko„ra, mutlaq 
qora jismni, fizikaviy mavhumlik desak ham bo„ladi.
Lekin bu unchalik ham foydali bo„lmagan mavhumlikdir. Qora jismning 
issiqlik nurlatishi – jismni tashkil qiluvchi moddalarga bog„liq bo„lmagan, ideal 
nurlanishdir. Quyoshning issiqlik nurlanishi qora jismning issiqlik nurlanishi bilan 
aynan bir xil emas, lekin bu nurlanishlar o„zaro juda o„xshashdir. Shuningdek, qora 
jism nurlanishiga, kamin yoki boshqa isitgichlarning nurlanishi ham o„xshash bo„ladi.
Bir asr o„tib Gershelning kashfiyotidan Plank nazariyasi paydo bo„lgunicha, 
ilm-fanda shuningdek boshqa yan ko„p ochilishlar sodir bo„lishi lozim edi. Buning 
uchun, XIX asr fizik-amaliyotchilari, laboratoriyada o„zini imkon qadar mutlaq qora 
jism kabi tutadigan tizimni hosil qilishdek o„ta murakkab va mushkul vazifani 
uddalashlari talab qilinar edi.
XIX asr olmon ilm-fani, Vilgelm Ostvald (1853-1932), Uilyam Jon Renkin (1820-
1872) hamda boshqa ko„plab ko„zga ko„ringan obro„li olimlar tomonidan qat‟iy 
yoqlanadigan va «energetik nazariya» deb nomlanadigan nazariyaning ta‟siri ostida 
edi. Bu nazariyaga ko„ra, termodinamika, xususan termodinamikaning birinchi bosh 
qonuni, tabiatning fizik modelini barpo qilish uchun juda yaxshi poydevor bo„lib 
xizmat qiladi deb qaralardi. Energiyaning saqlanishi empirik fakt bo„lib, energetik 
nazariya tarafdorlari, tabiatdagi barcha fizik fenomenlarni uning asosidagi mavhum 
matematik ifodalar va xulosalarga ko„ra tushuntirishga intilishardi. Bunda, atom 
ta‟limoti singari mexanik modellarni rad etilardi yoki, bunday modellarga ehtiyoj 
bo„lmasdi. Boz ustiga, energetik nazariya tarafdorlari, tabiatda atomlarning 
mavjudligi borasida keskin raddiyalar berishardi va atom nazariyasiga ehtiyoj 
yo„qligidan, uning vaqt o„tishi bilan o„z-o„zidan chetga chiqib qolishi haqida 
gumonlar izhor etishardi. Maks Plank ham o„z ilmiy faoliyatini aynan o„sha 
«energetik nazariya»ga ishonuvchi olimlardan iborat muhitda boshlagan.
Klauziusning ishlari bilan tanishib chiqqan Maks Plank, butun jiddi-jahdini 
termodinamikani o„rganishga yo„naltirdi. Uning 1879 yilda Myunxenda yoqlagan 
dissertatsiyasi mavzusi «Issiqlikning mexanik nazariyasining ikkinchi qonuni haqida» 


30 
deb nomlangan. 1800 yilda Plank Myunxen universitetida dotsent bo„lib ishlay 
boshladi. Bu lavozimda ishlagan xodimga universitet ma‟muriyati haq to„lamasdi. 
Bunday o„qituvchining yagona ilinji, talabalardan ixtiyoriy pullik dars uchun 
keladigan tushumdan iborat bo„lgan.
Myunxendalik chog„ida Maks Plank energiyaning tabiati haqidagi eng yaxshi 
maqola uchun Gyottingen universiteti tomonidan e‟lon qilingan mukofot ha‟yatiga 
o„z maqolasini topshirdi. Plankka ikkinchi o„rinni berishdi. Birinchi o„rin esa, hech 
kimga nasib qilmadi. Plank o„z qaydnomalarida xotirlashiga qaraganda, bunday 
bo„lib chiqishiga sabab, u o„z maqolasida Veberga zid va Gelmgoltsga xayrixoh 
fikrlarni ilgari surgani tufayli bo„lishi mumkin ekan. Plank Gelmgolt g„oyalariga 
ko„proq ishonardi va Gelmgoltsda ham Plankka nisbatan kasbiy hurmat kuchli edi. 
Gelmgoltsning taklifi bilan, Kirxgofning vafotidan so„ng uning o„rnini aynan Maks 
Plankka berilshi ham bejiz emas. Lekin adolat yuzasidan aytish joizki, Plankdan 
avval bu o„ringa dastlab Boltsman, keyin Gers chaqirilgandi. Lekin ularning ikkisi 
ham bu taklifni rad etishgan. Myunxenda va keyinroq, 1885 yildan e‟tiboran Kilda 
haqiqiy shtatdagi professor bo„lib ishlay boshlagach, Maks Plank termodinamikaning 
ikkinchi bosh qonunini turli masalalarga tadbiq etish bo„yicha chuqur izlanishlarni 
olib bordi. Chunonchi bu tadqiqotlarda, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining 
kimyoviy reaksiyalarga hamda, gazlarning va eritmalarning dissotsiatsiyalanishiga 
tadbiq etilishi ko„rib chiqiladi. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunidan kelib 
chiquvchi xulosalarni chuqur tahlil qilar ekan, Maks Plank asta-sekinlik bilan, 
energetik nazariyaning da‟volari puch ekanini fahmlay boshladi. Energetik nazariya 
tarafdorlarining eng nomaqbul da‟volaridan biri shu ediki, ular termodinamikaning 
birinchi bosh qonunini universial, ya'ni, ilm-fanning barcha jabhalariga tadbiq etish 
mumkin bo„lgan umumiy qonun deb bilishar, ikkinchi bosh qonunni esa, birinchi 
bosh qonundan keltirib chiqariladigan xulosa deb olib, shunga muvofiq, jismning 
qulashi (pastga tushishi) va issiqlikning issiqlik jismdan sovuq jismga o„tishi orasida 
unchalik farq yo„q deb hisoblashardi. Biroq Plank e‟tiroz bildirdi: jismning tushishi 
qaytar jarayondir (tezlikning ishorasini qarama-qarshisiga o„zgartirilsa, jarayon 
boshlang„ich holatiga qaytadi), issiqlikni sovuq jismdan issiqlik jismga uzatilishi esa, 
spontan amallanishi imkonsiz bo„lgan narasadir.
Agar energiya uchun muayyan qonunlar mavjud bo„lsa, unda bu qonunlar 
fizikaning barcha sohlari uchun bir xilda tadbiq etiladigan bo„lishi lozim, har 
bir fizik hodisa uchun bajarilgani kabi, energiya uchun ham muayyan tamoyillar 
majmui shakllantirilshi lozim
.


31 
Boz ustiga, energetizm va atomizm ta‟limotlari o„rtasida chuqur fundamnetal 
ziddiyat mavjud edi. Atomchilar, moddalarning atom va molekulalardan tashkil 
topishini; kimyoviy reaksiyalar kimyoviy elementlar atomlarning dissotsiyalanishi va 
kombinatsiyalanishi natijasida sodir bo„lishini; issiqlik fenomeni esa, moddani tashkil 
qiluvchi atomlarning erkin xaotik harakatidan yuzaga kelishini ta‟kidlardilar. 
Energetiknavislar esa, tabiatda atomlarning mavjudligini inkor qilisgan. Ular atomni 
hech bo„lmasa paypaslab ko„rib bo„lmasligini ro„kach qilib, tabiat fenomenlarini ham 
modda tuzilishiga aloqador aniq nazariyasiz tushuntirishga urinishardi.
Biz so„z yuritayotgan davr XIX asrning 80-yillariga taaluqlidir. Bu paytda 
Plank atomchilarning yorqin tarafdori bo„lmagan (ya'ni, atom ta‟limotiga unchalik 
ham xayrixoh bo„lmagan). Uning uchun bu davrda, entropiyaning ortishi va 
energiyaning saqlanish tamoyillari universial ahamiyatga ega sanaladi; ayni vaqtda, 
atomistika nazariyasining yorqin namoyondalaridan biri bo„lmish Avstriyalik yetuk 
fizik Lyudvig Boltsman (1844-1906) bu tamoyillarni ehtimollik qonuniyatlarining 
natijasidan boshqa narsa emas deb hisoblaydi.
Kvant nazariyasining asoschilaridan biri Arnold Zommerfeld (1868-1951) 
olimlar Ostvald va Boltsmanning 1895 yili Lyubekda o„tkazilgan ilmiy konferensiya 
chog„idagi o„zaro bahsini umrbod eslab qolgan edi. Zommerfeld shunday xotirlaydi:
«

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin