Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

Energetika haqidagi referatni doktor Xelm o„qib eshittirdi. Vilgelm Ostvald 
uni ma‟qulladi. Ularning har ikkisining ortida, usbu yig„inga tashrif 
buyurmagan Ernest Maxning Tabiat falsafasi yotardi. Bularga Boltsman 
raqib bo„ldi. Uning sekundanti esa – Feliks Klyayn edi. Ostvald va 
Bolstmanning munozarasi ichidan ham tashidan ham, ayovsiz buqalar jangi
ya'ni, toreroga o„xshab ketardi. Lekin toreadorning shamshirni san‟at 
darajasida o„ynatishiga qaramay, bu safargi toreroda buqa g„olib bo„ldi. 
Boltsmanning keltirgan dalillari inkor qilib bo„lmas darajada mukammal edi. 
Biz – barcha yosh nazariyotchilarning qalbini Boltsman egallab oldi
».
Ostvald va Boltsman ilmiy ashaddiy raqiblar bo„lishsa-da, lekin kundalik hayotda 
juda qalin do„st bo„lishgan. Ostvald tabiatan xushmuomala va ochiq chehrali inson 
edi. Jan Perren (1870-1942) tajribalarida molekulalarning mavjudligi isbotlangach
Ostvald o„z xatosini ochiq tan oldi va 1909 yildayoq shunday yozgan edi: «
Men 
shunga iqror bo„ldimki, yaqinda qayd qilingan amaliy tajribalar natijalari, atom 
ta‟limotining yuz va ming yilliklar mobaynida behuda istagan narsasi - moddaning 
uzliksiz bo„lmagan, ya'ni, donador tuzilishga egaligi haqiqart ekanini isbotlab berdi
». 
Lekin boshqa energtiknavislar, shu jumladan Max o„z fikrida qat‟iy qolaverdi.
Bunday ikkiyoqlamalikning vujudga kelishi esa, Maks Plank tarjimai holidagi
fikrimizcha noto„g„ri talqin qilingan qaydning paydo bo„lishiga olib keldi. Plank, 
xuddi Boltsman kabi, energetikachilar maktabi vakillariga qarshi kechgan ilmiy 


32 
munozaralarda o„zi duch kelgan mashaqqatlar haqida yozadi: «
Yangi ilmiy 
haqiqatning muzaffar bo„lishining asl sababi, uning raqiblarining mazkur haqiqatni 
tan olganliklari yoki, vanihoyat anglab yetganliklari tufayli emas, balki, raqiblarning 
oxir-oqibatda umri tugab o„lib ketayotgani, ularning o„rnini esa ushbu haqiqat 
o„zlari uchun shunchaki kundalik oddiy hol bo„lgan yangi avlod yetishib chiqayotgani 
bilan bog„liqdir
». 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin