Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi 2-Mavzu. Menejment nazariyasining shakllanishi va



Yüklə 0,55 Mb.
tarix20.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#145612
yangisi

  • Reja:2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
  • 2.2."Ilmiy menejment" maktabi F. Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati
  • 2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayolь olg’a surgan tamoyillar
  • 2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y
  • nazariyasi
  • 2.5. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment mohiyati
  • 2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
  • 1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
  • Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A.
  • Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana
  • boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davr menejerlari
  • harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga
  • so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish,
  • ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir
  • Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l
  • ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
  • Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy
  • tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga
  • bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila
  • boshlandi.
  • Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab
  • chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab
  • etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
  • sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini
  • izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
  • O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi
  • to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini
  • qo’shgan (1-jadval).
  • Maktab
  • nomlari
  • Namoyandalari
  • Turli maktablarning boshqaruv ta'limotigaqo’shgan hissasi
  • 1
  • Ilmiymenejment
  • maktabi
  • 1340-1400
  • yillar
  • Amir Temur
  • - Mamlakatni idora qilish va saltanatni
  • boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini
  • joriy qildi.
  • -XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy
  • hayotni o’zida aks ettirgan qimmatli asar
  • Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda
  • bayon etilgan boshqarish yo’l-yo’riqlari,
  • qonun-qoidalari, pand-nasihatlari
  • O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash
  • yo’lida xizmat qilmoqda.
  • -Kuchli davlatni barpo etish, davlat
  • hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga
  • tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning
  • sifatlariga ko’ra tanlash va vazifalarga
  • tayinlash borasida amaliy jihatdan
  • mukammal bo’lgagn ta'limotni yaratdi.
  • -Buyuk davlat arbobi, dunyoviy
  • bilimlarning sohibi bo’lgan Sohibqiron
  • markazlashgan davlatni barpo etishi orqali
  • o’rta asrlarda buyuk shaxslar etishib
  • chiqishi uchun moddiy, g’oyaviy zaminni
  • yaratdi.
  • (1885-1920)yillar
  • F. TeylorG. Emerson va
  • boshqalar
  • - Vazifani bajarishning maqbul usullarini
  • topish maqsadida ilmiy tahlilni qo’llash.
  • - Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni
  • tanlash va uning o’qitilishini ta'minlash.
  • - Vazifani samarali bajarilishini
  • ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan
  • ta'minlash.
  • - Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash
  • maqsadida xodimlarni muntazam
  • rag’batlantirib turish.
  • 2
  • Mumtoz yokima'muriy
  • menejment(1920-1950)
  • A. Fayol, M.Veber va
  • boshqalar
  • - Boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
  • - Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali
  • yondoshuvni asoslash.
  • 3
  • "Insonmunosabatlari"
  • maktabi (1950
  • yildan hozirgacha)
  • E. Meyo, R.Laykert va
  • boshqalar
  • - Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida
  • o’zaro munosabatlardan qoniqish hosil
  • qiluvchi usullarni qo’llash.
  • - Kompaniyaning siyosati va istiqbolini
  • xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan
  • holda tashkil etish.
  • 4
  • Miqdoriytizimli yoki
  • zamonaviy
  • menejment
  • (1950 yildan
  • hozirgacha)
  • G. Saymon,P. Druker,
  • E. Deyl va
  • boshqalar
  • - Murakkab boshqaruv muammolarinichuqurroq tushunish maqsadida turli
  • modellarni ishlab chiqish va qo’llash.
  • - Murakkab vaziyatlarning echimi bo’yicha
  • boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi
  • miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
  • 2.2. ” Ilmiy menejment ” maktabi, F. Teylor ta'limotining mazmuni va
  • mohiyati"Ilmiy menejment" maktabi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Amerikada shakllana
  • boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni "boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham
  • yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F. Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning
  • nazariyasi keyinchalik "Teylorizm" degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning "siqib suvini
  • olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan.
  • F. Teylor ta'limotining asosiy mazmuni-yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g'oyatda va maqbul
  • usullarni izlashdir.
  • Uning printsiplariga binoan:
  • mehnatning har bir jarayoni, uning ko'lami va ketma-ketligi aniq puxta
  • ixtisoslashtirilishi shart;
  • har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig'ida taqsimlanishi lozim;
  • har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan
  • qoidalarga bo'ysundirilgan bo'lishi kerak;
  • uqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy
  • talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;
  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo'yilishi shart;
  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas'uliyatini aniq belgilash va vazifalarini
  • to'g'ri taqsimlash shart.
  • F. Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq
  • etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%)ga o'sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo'llagan
  • haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F. Teylor nazariyasiga ko'ra rahbar va mutaxassislarni kam
  • malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo'lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan
  • esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus
  • ko'rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F. Teylor boshqarishni "aniq qonun va
  • qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda
  • arzon usulda bajarish san'ati" deb baholagan.Shunday qilib, F. Teylor "boshqaruvning mumtoz
  • maktabi"ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning
  • boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko'rinishida rivojlanib bordi.
  • F. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G. Emerson mehnatni ilmiy tashkil
  • qilish bo'yicha yirik mutaxassislardan bo'lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks,
  • sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning "Mehnat unumdorligining 12 printsipi" nomli asarida yoritilgan.
  • G. Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko'ra quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan.
  • 1. Aniq qo'yilgan maqsad va g'oyalar.
  • 2. Oqil, sog'lom fikr.
  • 4. Intizom.
  • 5. Xodimga nisbatan adolatli bo'lish.
  • 6. Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
  • 7. Dispetcherlash.
  • 8. Me'yorlar va jadvallar.
  • 9. SHaroit bilan ta'minlash.
  • 10. Operatsiyalarni me'yorlash.
  • 11. Standart yo'riqnomalarni tayyorlash.
  • 12. Unumdorlikni rag'batlantirish.
  • Ko'rinib turibdiki, G. Emersonning diqqat-e'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni aniq qo'yilgan maqsad va
  • g'oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G. Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini
  • o'rganib, ishchiga beriladigan ish xajmi normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini
  • bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
  • Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida qo'llanilib, unga ko'ra berilgan
  • normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan
  • ishchilarga esa stavkalari 20-30% pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori
  • darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.
  • 2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg'a surgan tamoyillar"Ilmiy menejment"
  • namoyandalari o'z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga
  • bag'ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya'ni faqat ishlab chiqarish
  • darajasidagi boshqaruv bilan shug'ullanishgan. Ma'muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan
  • mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug'ullana boshladilar.
  • Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar.
  • Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to'g'risidagi tushunchalariga keskin ta'sir etgan. Ulardan farqli
  • o'laroq, mumtoz ma'muriy maktabining asoschilari:
  • Yirik biznens sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo'g'inida esa yuksak tajribali amaliyotchi
  • rahbarlar bo'lishgan.
  • Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo'lgan.
  • Shunday maqsad qo'yilgan bo'lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e'tibor berishmagan,
  • ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari
  • ilmiy metodologik asosga ega bo'lmagan.
  • "Mumtoz"chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy
  • xususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi
  • ikki jihatiga e'tiborni qaratishgan:
  • tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo'linmalar yoki ishchi guruhlarga
  • bo'lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb
  • hisoblashgan;
  • tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda
  • boshqarishda yakkaboshlik bo'lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo'ysunishi
  • lozim degan g'oyani ilgari surishgan.
  • A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U
  • Frantsiyadagi ko'mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o'zining boy amaliy tajribasini
  • "Umumiy va sanoat boshqaruvi" (1916 nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi
  • boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (2-jadval).2-jadval. Anri Fayolning
  • boshqarish tamoyillari
  • Tamoyillar Izoh
  • Izoh
  • 1
  • 2
  • 3
  • 1.
  • Mehnattaqsimoti
  • - Ixtisoslashuv natijasida ko’p miqdorda va yuqori sifatlimahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor
  • qaratilishi lozim
  • bo’lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi
  • 2.
  • Vakolat va
  • mas'uliyat
  • - Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas'uliyatesa buning aksi. qaerda vakolat berilgan
  • bo’lsa, o’sha erda
  • mas'uliyat vujudga keladi
  • 3.
  • Intizom
  • - Intizom rahbar bilan xodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq
  • solishni talab qiladi. Shartnomalarning so’zsiz bajarilishini
  • taqozo etadi.
  • 4.
  • Yakkaboshchilik
  • - Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.
  • 5.
  • Yo’nalishning
  • bir xilligi
  • - Yagona maqsad doirasida faoliyat ko’rsatayotgan har birguruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta
  • rahbarga ega
  • bo’lishi kerak.
  • 6.
  • Shaxsiy
  • manfaatlarni
  • umumiymanfaatga
  • bo’ysundirish
  • - Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid
  • kelmasligi kerak.
  • 7.
  • Xodimlarnitaqdirlash
  • - Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardliginioshirish uchun ularga adolat yuzasidan
  • barcha mehnatiga haq
  • to’lash lozim.
  • 8.
  • Markazlashish
  • - Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
  • 9.
  • Boshqaruvdagi
  • ierarxiya
  • -Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqorigabo’ysunadi.
  • 10.
  • Tartib
  • -hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.
  • 11.
  • Adolat
  • -Tashkilotda adolatning hukm surishi-bu qonunning ustuvorligibilan rahmdillikning uyg’unlashuvi.
  • 12.
  • Xodim uchunish joyining
  • doimiyligi
  • - Yuqori darajadagi qo’nimsimzlik tashkilot faoliyati
  • samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi
  • bo’lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim
  • ishlashni istamaydigan iste'dodli rahbardan ming chandon
  • yaxshi.
  • 13.
  • Tashabbus
  • -Tashabbus-bu tom ma'noda rejani ishlab chiqish va uning o’z
  • vaqtida bajarilishini ta'minlashdir.
  • 14.
  • Korporativ ruh
  • -Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o’rtasidagi hamjihatlikning vamanfaatlarning hamohanglashuvi natijasi
  • bo’lishi mumkin.
  • 2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y
  • nazariyasi"Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish
  • usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra:
  • rahbarning xodimga bo’lgan munosabatlari alohidalashtiriladi;
  • mehnatni rag’batlantirish qat'iy normalashtirildi;
  • mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat'iylashtirildi;
  • mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi;
  • yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat'iy o’rnatildi.
  • Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g’oyatda
  • samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G. Ford zavodlarida
  • yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyner usulida tashkil
  • etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin
  • oshirishga erishdilar.1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni
  • boshqarishda qo’llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo etdi. Fan texnika
  • taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi.
  • Endi ishchi kuchiga bo’lgan munosabat tundan o’zgaradi. Shunday bir sharoitla 1820-1830 yillari AQShda
  • ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida "teylorizm"ga qandaydir darajada qarshi
  • yangi nazariya -"insoniy munosabatlar" maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va
  • ruhshunos E. Meyo (1880-1949) asos soldi.
  • Bu maktab nuqtai nazaridan:
  • ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro’-e'tiborga, o’z-o’zini hurmat qilishga, o’z qadr-qimmatini his
  • etishga;
  • boshqa kishilar tomonidan ma'qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda
  • muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo’lgan individdir.
  • Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar
  • maktabi boshqaruvining:
  • tashabbuskorlikdan;
  • ishchilar bilan hamkorlikdan;
  • kompaniyadan "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi"ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni
  • rag’batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
  • Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) "inson munosabatlari" maktabining atoqli
  • namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil
  • munosabatda bo’lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratdi.X (iks)
  • nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatdan yalqov bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan
  • ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas'uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday
  • holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo’rqitib turish zarur.
  • Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va
  • uddaburonlik, o’z zimmasiga mas'uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi
  • kishilar o’z maqsad va manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat
  • bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil
  • etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluuchi ishchini rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib
  • berishgina kifoya qiladi.
  • Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko’rinishda uchramaydi. Inson
  • murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi.
  • Boshqarishning yuksak san'at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg’unlashtirishdir.
  • 2.5. “Tizimli” yoki zamonaviy menejment mohiyatiXX asrning 60-80-yillarida g’arbda zamonaviy
  • menejment rivojlana boshlandi. g’arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil
  • qilish maqsadida:
  •  tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishdi;
  •  yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko’rib chiqishdi;
  •  bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta'sirini o’rganishdi.
  • Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to’rt
  • yondoshuvni asoslab beradi:
  • 3-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
  • Boshqarishga
  • yondoshuv turlari
  • Izoh
  • 1.
  • Tizimli yondoshuv
  • - Tizim-bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlarmajmuidir. har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga
  • o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq
  • tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga
  • bog’liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli
  • yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy,
  • ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.
  • 2.
  • Vaziyatli yondoshuv
  • - Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday
  • qismlardan tashkil topgan degan savolga javob
  • topolsak-da, bu o’rinda qismlarning qaysi biri
  • muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali
  • degan savol ko’ndalang turmaydi.
  • - Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan
  • savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda
  • tashkilotning ichki tarkibidagi o’zgarishlar tashqi
  • muhitning ta'siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo
  • turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab
  • qiladi.
  • 3.
  • Funktsional yondoshuv
  • - Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng
  • oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu
  • nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni
  • bajaradi:
  • - rejalashtirish;
  • - tashkillishtirish;
  • - rahbarlik qilish;
  • - muvofiqlashtirish;
  • - nazorat qilish va hk.
  • 4.
  • Miqdorli yondoshuv
  • - Bunday yondoshuvda asosan:
  • -menejmentning operatsion printsipiga;
  • -qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
  • -matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor
  • qaratiladi.
  • Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida
  • nafaqat matematik; statistika, kibernetika,
  • muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga
  • ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham
  • keng foydalaniladi.
  • Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini electron hisoblash texnikasi hamda
  • eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holdatadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning
  • oqilonaligini ta'minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
  • 2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillariO’rta Osiyoda menejmentning nazariy
  • asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo
  • ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma'lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning "Temur
  • tuzuklari" asari yorqin misol bo’la oladi.
  • "Temur tuzuklari" jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha
  • mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Armaniston,
  • O’zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
  • Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal
  • qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tadbiq etgan "tuzuklari" va rejalaridan iborat bo’lib, unda
  • hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
  • Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni
  • barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga
  • oshirgan ishlar o’z ifodasini topgan.
  • "Tuzuklar" muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum ijtimoiy-siyosiy guruhga
  • tayangan holda boshqarishi lozim.
  • Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan.
  • Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan.
  • Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar
  • bo’lishi kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
  • 1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
  • 2. Aqlu farosatlik.
  • 3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi muomalada
  • bo’lish.
  • 4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
  • "Tuzuklar"da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi
  • uchi Shom hududida bo’lgan ulkan malakatni bor-yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan.
  • Bular 4-jadvalda berilgan:
  • Vazirlar
  • Vazirlarning vazifasi
  • 1.
  • Mamlakat va raiyat
  • vaziri
  • - Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqibturadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil,
  • daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-
  • yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay
  • darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.
  • 2.
  • Sipoh vaziri
  • - Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning
  • qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-
  • tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni
  • ogoh etib turgan.
  • 3.
  • Mol-mulk, daromad,harajatlar vaziri
  • - Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan er-suv vamol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga
  • mutasaddilik qilgan.
  • 4.
  • Sarkori hossa va
  • saltanat ishlarini
  • yurituvchi vazir
  • - Podshohga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek
  • davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.
  • 5.
  • Qozikalon
  • -Adliya muassasalarini boshqargan
  • 6.
  • Jalol ul-islom
  • -Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgannazoratchisi.
  • 7.
  • Vaziri devoni insho
  • -Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalardevonining boshlig’i.
  • El-yurtning obodonligi, salatanatning ustuvorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan.
  • Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat
  • siyosatining boshqaruvga ijobiy ta'siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
  • Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan
  • boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish
  • nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
  • Qisqa xulosalarBoshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.
  • Tsezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab
  • shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
  • XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab
  • chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab
  • etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
  • sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini
  • izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin