Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

E
=
hv
ga ega bo„ldi. Ushbu jarayonning 
kulminatsiyasi sifatida esa, 1920-yillarda yangi ilmiy soha – kvant mexanikasining 
yuzaga chiqishi sodir bo„ldi. 
Kvant mexanikasi bu – ilm fanda atom va yadroviy fenomenlarni o„rganiuvchi 
nazariy bilimlar sohasidir. Bu fan zamonaviy ilmlarning tayanchlaridan va ilg„or 
sarhadlaridan biridir. Maks Plank kvant mexanikasining shakllanishida va oyoqqa 
turishida ishtirok etmadi, bu bilan nisbatan yoshroq fiziklar: Shryodinger, Dirak, 
Geyzenberg, Bor, Yordan, Pauli singarilar shug„ullanishdi. Lekin baribir kvant 
fizikasiga asos solgan umume‟tirof etilgan inson sifattida aynan Maks Plank tan 
olinadi chunki aynan u materiyaning atom tabiatini angalshda ilk qadamlarni tashlab 
berdi va ilk eng muhim kashfiyotni amalga oshirdi. Bu ma‟noda uni chinakam 
inqilobchi deyish o„rinli bo„lsa kerak. O„z kashfiyoti uchun Maks Plank 1918 yilda 
Nobel mukofotiga sazovor bo„lgan edi.
XX asr boshida olim yevropaning eng ko„zga ko„ringan mashhur fiziklaridan 
biriga aylandi. Uning termodinamikaga qo„shgan xissasi ham beqiyosdir. Fizikaning 
bu sohasini hech kim uningchalik darajada o„zlashtirgan emas edi. Shuningdek Maks 
Plank Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasining rivojlanioshida ham katta xissa 
qo„shdi. Uning qora jism borasidagi tadqiqotlari, o„zining bevosita ilmiy 
ahamiyatidan tashqari yana ikkita yangi universial konstantalarning kiritilishiga olib 
keldi. Ular asosida Plank tomonidan, vaqt, massa, uzunlik va harorat uchun o„clhov 
birliklari tizimi ishlab chiqildi. Biz ularni hozirda boshqa o„lchov birliklaridan 
mustaqil bo„lgan 
Plank o„lchov birliklari tizimi
sifatida yaxshi bilamiz.
Olim ancha nuroniy yoshga kirib, 89 yoshida vafot etdi. U Germaniyaning 
oyoqqa turishi, rivojlanishi va ikkinchi jahon urushidan keyingi vayronaga aylanishi 
jarayonlarining guvohi bo„ldi. Maks Plank 1858 yilda tug„ilgan edi va uning bolalik 
hamda yoshlik yillari ikkinchi Imperiya davriga to„g„ri keldi. Olim millatchilik va 
aqidaparastlik ruhiyati hukmron bo„lgan muhitda katta bo„ldi. Germaniyaning sanoat, 
ilmiy-texnikaviy jihatdan gullab-yashnagan davrlarida Plank eng nufuzli ilmiy 
muassasalarda va jamiyatlarda o„ta mas‟uliyatli lavozimlarda ishladi (chunonchi u 
Berlin universitetining rektori bo„lgan). Maks Plank bir necha o„ta og„ir shaxsiy 
fojealarni boshdan kechirdi. U ayniqsa ikki o„g„li va ikki qizidan ajralganidagi 
judoliklarni qattiq iztiroblar iskanjasida, g„oyat mashaqqat bilan yashab o„tdi.
Birinchi jahon urushi asnosida deyarli butun mamlakatni qamrab olgan 
millatchilik ruhiyatiga qaramasdan, jang maydonida qurbon bo„lgan birinchi o„glining 
o„limi olimga juda qattiq zarba bo„lgan edi. Jahon urushlari oralig„idagi qisqagina 


10 
tinchlik zamonasida Plank, olmon jamiyatining ilm-fan va texnikaga oid siyosatlarni 
yuritishda eng nufuzli mansablarni egallab keldi. Lekin zamonning o„zi alg„ov-
dalg„ov edi. Moddiy resusrlar yetishmas, boz ustiga mamlakatda doimiy siyosiy va 
iqtisodiy bo„hronlar tinmasdi. Olimning gitletchilar siyosati bilan munosabati 
murakkab va ziddiyatli bo„lgan. Ikkinchi jahon urushining yakuniy pallalarida Plank 
yana bir o„g„lidan judo bo„ldi. Ervin Plankni nemis fashist natsistlari qatl etishdi. 
Ervin 1944 yil oktaybrida polkovnik Shtauffenberg va reyxskansler la‟nati gitlerning 
joniga qilingan suiqasd, ya'ni, «Valkiriya» operatsiyasiga aloqador deb topildi. 
Olimning olmon ilm-fanida egallagan obro„ e‟tibori ham, nemis ilmiy jamoatchiligi 
oldidagi ko„rsatgan yuksak xizmatlari ham o„g„lini qutqarib qolishi uchun yordam 
bear olmadi.
Maks Plank shuningdek ilm-fanning va bilish jarayonining falsafiy mohiyati 
bilan ham shug„ullangan. U o„z davrining eng ko„zga ko„ringan faylasuflaridan 
bo„lgan Ernst Max bilan, ilmiy tadqiqotlar va ularning tabiati borasdagi jadal falsafiy 
munozaralarni olib borgan edi. Hayotining so„nggi yillarida Maks Plank ilm-fan, din, 
e‟tiqod, falsafa kabi sohalarni qamrab oluvchi bir necha ilmiy-ommabop mashhur 
maqolalarni yozdi va ular keng jamoatchilik tomonidan qizg„in qarshi olindi.
Kvant fizikasi bizning olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni o„zgartirib 
yubordi. U bugun allaqchon hayotimizga kirib kelib, turmush tarzimizda muqim 
o„rnasihib qilgan ko„p sonli texnologik yangiliklarga yo„l ochib berdi. Lekin biz bu 
borada kashf etayotgan har bir yangi ochilishlar ortidan o„nlab yangi g„aroyib savollar 
maydonga chiqmoqda. Maks Plank olam tuzilishi va uning fenomenlari haqida 
yanada ko„proq bilishni taqozo etuvchi ichki ehtiyojni doimiy his etib turardi va 
aynan ushbu ehtiyoj undagi muttasil, betinim ilmiy izlanishlar uchun turtki beruvchi 
kuch bo„lib xizmat qildi. Haqiqat va mutlaq haqiqatni izlash masalasi olimning 
murakkab va sertashvish hayotida yo„lchi yulduz yanglig„ namoyon bo„ldi. 
«Arian-5» raketasi samoga nafaqat yuzlab tonna yoqilg„i bilan, balki biz 
insonlarning o„zimiz yashayotgan olam haqidagi eng inja sirlarni bilishga bo„lgan 
azaliy oruz-umidlarimiz bilan birgalikda parvoz qildi...


11 
1909
yil Mariya Plank (Merk) vafot etdi. 
Bir yil o„tib Maks Plank ikkinchi 
marta turmush qurdi. U birinchi 
xotinining 
jiyani 
Marga 
fon 
Xyosslingga uylandi.

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin