Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


E energiya kvanti, ossilyator  tebranishining  ν



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

E
energiya kvanti, ossilyator 
tebranishining 
ν
chastotasiga proporsionaldir: 
Energiya va chastota orasidagi bog„liqlik koeffitsiyentini ifodalovchi 
h
doimiysi 
Plank doimiysi
deb nomlanadi. Ehtimol 
h
harfining tanlanishiga sabab, Plankning ona 
tilid bo„lmish olmon tilidagi «
Hilfe
», ya'ni, «yordam» so„zi bo„lsa kerak.
Kvant gipotezasining subhi chorak asr o„tibgina yorishdi. Plank o„zi uni aniq 
bir masalani yechish uchun - 
ad hoc
1
– ilgari surgan bo„lib, unga alohida bir muhim 
ahamiyat qaratmagan. XX asr boshidagi ayrim ko„zga ko„ringan fiziklar esa, Plank 
gipotezasi mumtoz yondoshuvlarga muvofiq kelmasligini ta‟kidlar edilar. Albert 
Eynshteyn o„zining 1905 yilda e‟lon qilgan o„sha besh mashhur maqolalarida, Maks 
Plankning kvant gipotezasi mohiyati va ahamiyati haqida chuqur to„xtalib o„tdi va 
aytish joizki, unga Plankning o„zidan ham ziyodroq ahamiyat qaratdi. U yorug„likning 
nurlanishi va yutilish 
hv
ga teng energiya miqdorlari bilan yuz berishini ma‟lum qildi.
Plank e‟lon qilgan kvant gipotezasi mumtoz fizikaga nisbatan shubha o„laroq 
maydonga chiqqan bo„lsa, Eynshteynning bayonoti esa, unga ochiqdan-ochiq ziddiyat 
edi. XIX asrda yorug„lik bu to„lqin degan tushuncha hech kimda shubha uyg„otmas 
edi. Eynshteyn bayonotida esa, muayyan jarayonlarda yorug„lik korpuskulyar 
xossalarni namoyon qilishi xulosa qilinayotgan edi. 1915 yilda Amerikalik fizik 
Robert Milliken o„tkazgan amaliy tarjriba natijalari, Eynshteyn tomonidan 1905 yilda 
fotoelektr effekti haqidagi maqolada bayon qilingan ilmiy taxmin o„ta aniqlikda 
takrorladi va qat‟iy isbotladi. Alohida ta‟kidlash joizki, Milliken fotoelektr hodisasi 
1
Ad hoc – lotinchada «ayni holat uchun», «xususiy hol uchun» ma‟nolarini ifodalaydi – 
tarjimon izohi




yuzasidan tajriba boshlar ekan, avvalboshdanoq Eynshteynning korpuskulyar 
gipotezasini qat‟iy inkor etisni maqsad qilgan edi va buni amalda isbotlamoqchi 
bo„lgan. Biroq, bir necha yillik juddiy mehnatlar va takroriy tajribalardan so„ng, u 
jahon ilmiy jamoatchiligi oldida bayonot berib, fotoelektr effekti borasidagi Albert 
Eynshteynning nazariyasi haqiqatan ham to„g„ri ekaniligini tan olishga majbur 
bo„ladi. ya'ni, yorug„lik to„lqin bo„lib qolaverdi, lekin, shu bilan birga zarrachalardan 
tashkil topishi ham e‟tirof etildi. 1913 yilda Nils Bor vodorod atomi modelini tuzish 
uchun kvant nazariyasidan amaliy foydalandi. Bor modeli materiya tomonidan 
nurlanishning yutilishi va chiqarilishi borasidagi amaliy tajriba natijalarini – atomlar 
spektrlarini tasdiqlar edi. Shu ondan boshlab atom fizikasi turli vaziyatlarda keng 
qo„llaniladigan fundamental formula 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin