Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Feodallar Feodal qo`shini xujum va mudofaa qilish uchun harbiy-jismoniy



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Feodallar
Feodal qo`shini xujum va mudofaa qilish uchun
harbiy-jismoniy 
mo`ljallangan og`ir qurollar, shuningdek maxsus 
tarbiyasi 
muhofaza aslahalari bilan qurollangan edi. To o`q  
otadigan qurol kashf etilgunga qadar feodal-ritsarlar 
jangda deyarli zarba yemaydigan darajada edilar. Chunonchi, 1119 yili Bryumelda 
bo`lgan jangda qatnashgan 900 ritsardan 3 kishi halok bo`lgan, 140 kishi esa 
otlardan yiqitilib, asirlikka olingan edi. 
Og`ir qurollardan foydalanish (yarog`-aslahalarni ishlatish) feodaldan katta 
jismoniy kuchni, epchillik va chidamlilikni talab qilar edi. Sovutga o`ralib olgan 
feodal otda mohirlik bilan yurar, og`ir qilich, uchli nayza, to`qmoq va boshqa 
qurollarni yaxshi ishlatar edi. Harbiy harakatlarga o`rgatish feodallarni harbiy-
jismoniy tarbiyalash sistemasining asosi qilib olingan edi. Bu sistema G`arbiy 
Yevropada salb yurishlari davrida tarkib topgan edi. 
Feodallarni tarbiyalash “yetti xil ritsarlik fazilatlari”ni: otda yurish, qilichbozlik, 
kamalak otish, suzish, ov qilish, shaxmat o`ynash va she’r to`qishni bilib olishdan 
iborat edi. Feodallarni aqliy jihatdan tarbiyalash g`oyat darajada cheklangan edi. 
Ularning ko`plari na o`qishni, na yozishni bilar edilar. Feodallar o`zlariga faqat 
harbiy ishnigina munosib ko`rib, jismoniy mehnatni pisand qilmas edilar, ular 
qo`pol va johil edilar. 
Feodallarni harbiy-jismoniy tarbiyalash faqat manfaatparastlik maqsadi-ham 
tashqi bosqinchilik urushlari uchun, ham mamlakat ichidagi krepostnoy dehqonlar 
va hunarmandlarning ozodlik harakatlarini bostirish uchun bir xilda qodir bo`lgan 
jismoniy jihatdan kuchli harbiy ritsarlarni tayyorlash maqsadini ko`zlar edi.
Bo`lajak ritsarlarni harbiy-jismoniy tarbiyalash ularning juda yoshlik 
chog`laridanoq, odatda, yirik feodallarning saroylarida boshlanar edi. Syuzerenlar 
qal’alari yosh ritsarlarning maktabi edi, desak bo`ladi. Bu “maktab” tarbiyasi, 
garchi ma’lum darajada tartib va qoidalarga solingan bo`lsa-da, xususiy oilaviy 
xarakterda edi. Erkak feodallar ritsarlikka bag`ishlangan tarbiyaning ikki majburiy 
bosqichini va bir ixtiyoriy bosqichini-oliy bosqichini o`tar edilar.


Oddiy feodalar o`zlarining 7 yoshlik o`g`illarini senyor(ancha boy feodal) 
qal’asiga yuborar edilar; qal’ada bu bolalarga paj (mahram) unvoni berilar edi. 
Pajlar ritsarlar tayyorlash va xizmat o`tashning dastlabki (quyi) bosqichini o`tar 
edilar. Ular kuchli va epchil bo`lish uchun kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish, 
sakrash, yugurish, kurashish, suzish va otda yurish bilan shug`ullanar edilar. Ayni 
bir vaqtda ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob-
qoidalari o`rgatilar edi.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko`nikmalar navbatdagi bosqichda, 14 
yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o`tkazilib, ular qilich va shpor taqish 
huquqiga ega bo`lganlaridan keyin, takomillashtirilar edi. Qurolbardorlar mahsus 
o`qituvchilar rahbarligida asov otlarni minib o`rgatar, og`ir temir qalqonlar kiygan 
holda va ularsiz uzoq masofalarga chopishar, xandaqlardan va devorlardan sakrab 
o`tishar, qal’a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqishar, qurol bilan va 
qurolsiz suvda suzishar, ov qilishar, itlarni o`rgatishar, shaxmat o`ynashar 
edilar.Qurolbardorlikning oxirgi yillarida bu yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish 
hamda to`la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilar edilar. 
Qurolbardorlarning umumiy jismoniy va harbiy tayyorgarligi ana shunday amalga 
oshirilar edi. 21 yoshga kirganlarida ularga ritsarlik unvoni berilar edi. Ana shu 
davrdan boshlab ularning ko`pchiligi uchun jismoniy mashq mashg`ulotlari ko`ngil 
ochish vositasiga (otda yurish, ov qilish) aylanar yoki turnirda ishtirok etish 
vositasi sifatida xizmat qilar edi.
Ritsarlik tayyorgarligi-jismoniy kamolotning uchinchi bosqichi-faqat yirik 
senyorlar uchun mo`ljallangan edi. Bu tarbiya bosqichi shaxsiy mayllarga muvofiq 
keladigan jismoniy mashqlar(masalan, kurash, qilichbozlik va boshqalar) 
turlarinigina o`z ichiga oladi. Bu bosqichda gruppa ta’limi emas, balki individual 
ta’lim ustun turar edi. Qal’alarga professional o`qituvchilar, qilichbozlik ustalari, 
eng mashhur kurashchilar va mutaxassislar taklif etilar edi.
Bunday tarbiya sistemasi natijasida ritsarlar, odatda, jismoniy jihatdan kuchli
epchil va matonatli kishilar bo`lib, ular harbiy harakatlarning asosiy usullaridan 
xabardor bo`lar edilar. Dag`al jismoniy kuch ularning iftixori hisoblanar edi. Ular 
o`zlarining doirasida ritsarlik odob-qoidalari degan axloqqa amal qilar edilar. 
,Lekin ular dehqonlarga va shaharliklarga nisbatan har qanday qo`pollik va 
zo`rlikni ishlatar edilar. Ritsarlarning turnirlari ritsarlar harbiy sport 
musobaqalarining o`ziga xos shaklidan iborat edi. Ularda go`yo feodal 
aslzodalarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga va ritsar otryadlarining harbiy 
harakatlari tayyorgarligiga yakun yasalar edi. Turnirlar ilk o`rta asr davrida 
vujudga kelgan. Ular Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha va 
Ispaniyada salb yurishlari davrida ayniqsa ravnaq topgan. Turnirlar o`z 
taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o`tgan, birinchi bosqich- realistik harbiy 
o`yinlar bo`lib, bunda turnirlar namunali kurashdan iborat edi, ikkinchi bosqich 
sport yakka kurashi bo`lib, u fransuzlarda “jut”, nemislarda “tost” deb atalgan.
Ommaviy realistik kurashlar(“bug`urtlar”) keng katta maydonlarda o`tkazilgan 
va biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Vaqtlar o`tishi bilan bu kurashlar 
cheklangan maydonda, ma’lum vaqt qoida va tartibga asoslanib o`tkazila 
boshlagan. Keyinchalik ommaviy turnirlar jut yoki tost turnirlari shaklini olgan. 


Tost turnirlari XI asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq formasi sifatida 
paydo boldi. XIII asrda ular turnir progrommasining asosiy qismiga kiritiladi 
boshlandi va risarlar doirasida juda keng tarqaldi.Poyga va nayza bilan xarakat 
qilish jut yoki tostda-og`ir aslaxa bilan qurollangan risarlarning yakkama-yakka 
olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga muvofiq, chopib 
kelayotgan otning ustida turib, nayza zarbi bilan raqibini egar ustidan uchirib 
yuborish lozim edi. 
Turnirlar maxsus maydonlarda-poyga va boshqa musobaqalar o`tkaziladigan 
maydonlarda o`tkazilar edi.Dastlabki turnirlar vaqtida qal’a va shaharlar yaqinidagi 
atrofi o`ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini o`tar edi. XI asrdan 
boshlab maxsus maydonlarning hajmi ma’lum bir tartibga solina boshladi, lekin bu 
hamma joyda ham bir xil emas edi. XIV asrda turnir ishtirokchilarining 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida maydonlar to`siqlar bilan to`sib qo`yiladigan 
bo`ldi.; raqiblar ana shu to`siqlar bo`ylab bhir-birlariga qarshi harakat qilar edilar. 
Asta-sekin ana shunday yakkama-yakka olishuvlardagi jang san’ati uchi to`mtoq 
nayza bilan kuchli va aniq zarba berishdan iborat bo`lib qoldi.
Qurollangan ikki otryadning olishuvidan iborat bo`lgan ommaviy turnirlar 
ancha jiddiy xarakterga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi arqon bilan to`sib 
qo`yilgan joyda saf tortib tizilishar edi. Signalga muvofiq, arqon uzib tashlanar va 
otryadlar bir-biriga qarshi hujumga o`tar edilar. O`z shlyomini yo`qotgan va otdan 
urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqar edilar. Eng kam zarar ko`rgan otryad 
turnirda g’olib chiqqan hisoblanar edi.Turnirda aloxida ajralgan ishtiroqchilar 
xonimlar qolidan qimmatbaxo mukofot yoki yodgorlik sovg`asi olar edilar. 
O`q otadigan qurol paydo bo`lishi bilan XIV asrdan boshlab otliq risarlar va 
risarlik turnirlari tushkunlikka yuz tuta boshlanadi. Turnirlar feodol zodagonlar 
uchun tomoshalarga aylanib qoldi, kambag`allashgan kichik risarlar esa 
turnirlardan boyish va talash manbai sifatida foydalanar edilar. 
O`yin va tamoshalar feodallarning, ayniqsa ularning bolalarining xarbiy-jismoniy 
tarbiyasida katta o`rin tutar edi.O`g`il bolalar va yigitlar ixtiyorida yog`och 
oyoqlar, arg`imchoqlar shag`al toshlar, pildiroqlar bo`lar edi. Bolalar xar jihatdan 
ko`ngil ochishar, parklarda,o`rmonlarda dalalarda erkin yugirishar,daryoda 
cho`milishar edi. Yigitlar o`yinchoq qal’alar qurishar va ularga hujum qilib, 
“bosib”olishar edi. Musabaqa o`yinlari feodallarning tarbiyasida katta axamiyatga 
ega edi. Musobaqa o`yinlarini ikki gruppaga: harbiy va sport gruppalariga ajratish 
mumkin.
Harbiy o`yinlarda harbiy operatsiyalardan, asosan salb yurishlaridan, shuningdek
qahramonlik romanlaridan turli harbiy epizodlar(qal’ani qamal qilish, shahar 
qal’asiga hujum qilish va hokazolar) qaytarilar edi. O`rta asrlarda bunday harbiy 
o`yinlar soni g`oyat ko`p edi. “Salidin darasi” nomi bilan ataladigan o`yin ayniqsa 
ommalashib ketgan edi.
Feodallarning eng sevimli sport o`yini kichik koptok-hozirgi tennis koptogiga 
o`xshash koptok o`yini edi. Fransiyada bu o`yin “je de pom” (“olma o`yini”) deb 
atalar edi. Bu o`yin uchun maxsus to`r, koptoklar, raketkalar tayyorlanib, maxsus 
bino-“o`yin uyi” qurilar edi. Katta to`p bilan “sul” o`yini-futbol o`yinini eslatuvchi 


o`yin o`ynalar edi. Bu o`yin asosan xalq o`yini edi. Lekin korol va uning atrofidagi 
aslzodalar, ayniqsa qishloq dvoryanlari undan hazar qilmas edilar.
Feodallarning ko`ngil ochish o`yinlaridan akrobatika mashqlari, masalan, tikka 
ko`tarilgan devorga qo`shimcha taxta bilan yugurib chiqish, qiyin to`siqlardan 
sakrab o`tish, yog`och otda o`ynash mashqlari ma’lumdir. Ba’zi bir korollar va 
boshqa feodallarning saroylarida maxsus akrobatika o`qituvchilari ham bo`lgan.
Yovvoyi hayvonlarga ov qilish ancha ommalashgan ko`ngil ochish vositasi 
bo`lgan. Ovda ritsarlar, xonimlar, qurolbardorlar, pajlar va ko`p sonli mulozimlar 
qatnashgan. Maxsus kishilar hayvonlarni uyasidan quvib, ovchilar kelayotgan 
tarafga chiqarganlar, ovchilar esa hayvonlarni otganlar yoki o`tsiz qurol bilan 
yaralaganlar. Odatda, ot ustida turib ov qilingan. Quturgan hayvonlar ba’zan 
ovchilarga hujum qilgan, shuning uchun ovchilarga jasurlik, epchillik bilan 
chaqqon harakatlar qilishga to`g`ri kelgan. Bu esa omadli ovchilar dong`ini 
chiqargan. 
O`yin va tomoshalar oqsuyak va ruhoniy feodallar hayotida katta o`rin tutgan.
G`arbiy Yevropa feodallarining hech qanday qonun bilan belgilanmagan, 
tartibga solinmagan harbiy-jismoniy tarbiya sistemasi ana shunday edi. Bu 
tarbiyaning oqibat maqsadi feodallarni feodal tuzumini mustahkamlash hamda 
krepostnoy dehqon va hunarmandlarni itoatgo`ylikda saqlash uchun kurashga 
tayyorlashdan iborat edi. Taraqqiy etgan feodalizm davrida Vizantiya va Rus 
feodal knyazliklarida jismoniy tarbiya birmuncha boshqacharoq ravnaq topdi. 
Vizantiya turklar tomonidan bosib olinishiga qadar(1453 yil) u yerda sirk 
tomoshalari, o`yinlari va ko`ngil ochish vositalari sifatida antik jismoniy tarbiya 
izlari saqlanib qoldi.
Rus feodal knyazliklarida knyazlarning harbiy-jismoniy tarbiy sistemasi, 
G`arbdagi singari, xalqdan keskin farq qilmas edi. Rus knyazlari Rus yerining ko`p 
sonli dushmanlariga-cho`l ko`chmanchilari va G`arbiy Yevropa ritsarlariga qarshi 
kurashda xalq lashkariga tayanishga majbur edi. Shuning uchun xalq ommasi bu 
yerda harbiy ishdan chetlashtirilmagan edi. Knyazlar va ularning drujinalarining
harbiy-jismoniy tarbiyasida jismoniy mashq va o`yinlarning xalq turlari ko`p 
ishlatilganki, bu hol ham, ehtimol, shu bilanb izohlansa kerak.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin