Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Ilk feodalizm davrida jismoniy tarbiya



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Ilk feodalizm davrida jismoniy tarbiya 
Eramizning III va XI asrlari orasidagi davrda feodal ishlab chiqarish usulining 
qaror topishi va yirik yer egalari tomonidan erkin-jamoatchi dehqonlarning asta-
sekin krepostnoylikka aylanishi davom etdi. Bu davrda sinfiy kursh dehqonlarning 
krepostnoylikka aylantirilishiga qarshi kurash sifatida rivojlandi. Bu kurash 
jarayonida keng dehqonlar ommasini bostirish organlari sifatida feodal davlatklar 
qaror topa boshladi.
Bu davrda (taxminan V asrda ) G`arbiy Yevropada davlatlar tarkib topib, 
ularda asta-sekin feodal munosabatlar o`rnatila boshladi. Birmuncha keyinroq 
Markaziy va Sharqiy Yevropada slavyan davlatlari paydo bo`ldi. Shimoliy 
Afrikaning katta terrotoriyasida arablar davlati vujudga keldi. 


Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni 
o`tashga majbur bo`lgan erkin yer egalaridan iborat edi. Ular qirol yoki harbiy 
boshliq chaqirig`i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda 
qatnashish uchun tayyor bo`lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta`lim yaxshi tashkil 
etilmagan edi. Aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning o`ziga xos xalq 
shakllarining jadal suratda rivojlanishiga sabab ham, ehtimol, uyushgan harbiy 
ta’limning yo`qligi bo`lsa kerak. Dehqonlar uchun harbiy va jismoniy tarbiya 
faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur 
edi.
Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy 
mashqlardan foydalanish maqsadlarida namoyon bo`ldi. Dehqonlar jismoniy 
tarbiyadan mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlash vositalaridan biri sifatida
yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o`z qudratini mustahkamlash 
vositasi sifatida foydalandilar. Feodal aslzodalari faqat o`z mavqeyi, hokimligi 
bilangina emas, balki jismoniy kuchi bilan ham xalqdan ajralib turishga harakat 
qilar edi. Buning uchun aslzodalarga xalqqa nisbatan beqiyos darajada katta 
imkoniyatlar bor edi. Feodal aslzodalar o`zlarining harbiy jismoniy tarbiya 
sistemalarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o`yinlar sohasidagi 
ijodidan keng foydalandilar.
O`sha davrdagi G`arbiy Yervropa davlatlarining Eng yirigi Franklar davlati edi. 
Franklar qo`shni davlatlar bilan olib borgan juda ko`p urushlarda kuchli qo`shin 
vujudga keltirgan edilar. Bu qo`shin doimiy drujinalardan va dehqonlar 
lashkarlaridan iborat edi. Dehqonlar lashkarida barcha dehqonlar qatnashar edi, 
shuning uchun franklar xalqni harbiy jihatdan tayyorlashga katta e’tibor berdilar. 
Har yili harbiy ko`riklar tashkil etilib, ularda harbiy manevrlar o`tkazilar edi. 
Franklar og`ir qurollar-qilichlar, nayzalar, katta yoylar, palaxmonlar va oyboltalar 
bilan qurollanar edilar. Bu qurollarni ishlatish katta jismoniy kuchni, chidamlilikni 
va epchillikni talab qilar edi. Urug`chilik tuzumining yemirilishi davridan boshlab 
xalq hayotida saqlanib kelayotgan jismoniy mashq va o`yinlar bu fazilatlarning 
takomillashuviga yordam berar edi.
Asta-sekin feodal munosabatlarning taraqqiy etib borishi bilan feodallar xalqni 
harbiy ishdan chetlashtirib bordi. Otliq ritsarlar asosiy harbiy kuch bo`lib qoldi. IX 
asrda franklarda otliq ritsarlar qo`shinining asosiy negiziga aylangan edi. Yirik yer 
egalari qirol chaqirig`iga muvofiq, yaxshi qurollari va aslahalarini olib, otliqlar 
gruppasi hamrohligida yurishga otga minib chiqishi lozim edi. Qirollar
ritsarlarning jangovar tayyorgarligini tekshiurish uchun maxsus ko`riklar tshkil etar 
edi. Dastlabki vaqtlarda bu ko`riklar harbiy namoyish xarakterida edi. Keyinroq 
ular turnirlar nomini olib, yakkama-yakka olishuvlarga aylandi; bu ko`rik 
qatnashchilari to`mtoq nayzalar, gurzilar va qilichlar bilan harakat qilishar edi. 
VII-IX asrlarda dvlati vujudga kelgan Markaziy va Sharqiy Yevropaning qadimgi 
slavyanlari ham mehnat va jangovar faoliyati bilan bog`langan juda ko`p jismoniy 
mashqlarni tatbiq etganlar. Qadimgi slavyanlar jangovar, kuchli va jasur xalq 
bo`lgan. Slavyanlar Boltiq dengizining sharqiy qirg`oqlarigdan turib yengil 
kemalarda hozirgi Daniya va hatto Buyuk Britaniya qirg`oqlariga harbiy yurishlar 
uyushtirganlar. Ular Kiyev Rusidan xuddi ana shunday kemalarda Dnepr bo`ylab 


quyi oqimga tushib kelganlar va Vizantiyaga hujum qilib, Qora dengizdan kechib 
o`tganlar. Ular qurolni yaxshi ishlata olishlari natijasida qo`l jangida alohida 
mahoratga ega bo`lganlar. Slavyanlar yugurish, to`siqlardan sakrash, mushtlashish, 
kurash, og`irlik ko`tarishga doir mashqlar va ovchilik juda ommalashgan edi. 
Slavyanlarning aza oshlari aslida jismoniy kuchga, chaqqonlikka, jasurlikka va 
harbiy mahoratga doir musobaqalardan iborat bo`lar edi. 
Chexlar juda uzoq muddat davomida o`z mustaqilligi uchun nemis ritsarlarining 
tajovuziga qarshi kurash olib borishga majbur bo`lganlar. Bu kurash davomida 
chexlarda jang qilish shakl va metodlari tarkib topdi. Bu kurashda chexlar 
qurollarning har xil turlarinigina emas, balki mehnat qurollarini ham (chalg`ilarni, 
g`alla yanchishzanjirlarini va hokazolarni ) ishlatdilar. Chex dehqonlarining 
erksevarligi, yuksak axloqiy va jismoniy tayyorgarligi yuz yillar davomida nemis 
ritsarlari otryadlariga qarshilik ko`rsatishga imkoniyat berdi. VII asrda arablar 
davlati tarkib topdi. Arab aslzodalari yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga 
katta e’tibor berdilar. Shuning natijasida yengil qurollangan arab otliq askarlari 
jangda yaxshi manevr qila olar edilar. Ular tezlik bilan chopib ketayotgan otning 
ustida yoydan mohirona otar, yengil nayzalarni uloqtirar, qilich va uzun nayzalarni 
mohirlik bilan ishlatar, epchillik bilan egardan sakrab tushar va unga sakrab chiqar 
edilar. Bundan tashqari, otliq askarlar turli qurollarda qilichbozlik qilishni va 
suzishni yaxshi bilar edilar.
Arablar Vizantiya va G`arbiy Yevropa davlatlarining jismoniy tarbiyasiga 
birmuncha ta’sir ko`rsatdilar. Otda yurish va yoydan o`q otish usullarining 
ko`plarini g`arbiy yevropaliklar arablardan o`zlashtirgan edilar. O`yinlar 
to`g`risida ham, masalan, ilgari G`arbiy Yevropada ma’lum bo`lmagan “chovgan ” 
o`yini haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. XII-XIII asrlarda bu o`yin 
Vizantiyadagi saroy aslzodalarining sevikli tomoshalaridan biriga aylandi. G`arbiy 
Yevropada (Fransiyada) bu o`yin “chikane” nomi bilan taraqqiy etdi va keyingi 
vaqtlarda ot ustidagi to`p o`yini sifatida tarkib topdi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin