Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Jismoniy tarbiya to`g`isida gumanistlar ta’limoti



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya to`g`isida gumanistlar ta’limoti 
XVI va XVII asrlarda G`arbiy Yevropa feodal ishlab chiqarish usuli hali 
hukmron edi. Faqat ancha mamlakatlardagina bu usul kapitalistik munosabatlar 
tomonidan siqib chiqarilmoqda edi. Bu davr dehqonlarni yerdan mahrum qilish, 
mustamlaka xalqlarni tinimsiz talash davri, kapitalning dastlabki jamg`arilishi 
davri edi.
Yevropaning feodal tarqoqligi savdo va sanoatning taraqqiy etishiga xalaqit 
berar edi. Shaharlarning iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan burjuaziyasi uchun 
barqaror markazlashgan davlar hokimiyati kerak edi. Feodallar o`rtasidagi doimiy 
urushlardan zarar ko`rib kelayotgan xalq ham xuddi shuni istar edi. Oqibat natijada 
XIV asrning ikkinchi yarmida “korol hokimiyati shaharliklarga tayanib, feodal 


dvoryanlarning qudratini sindirdi va chinakamiga millatlarga asoslangan yirik 
monarxiyalar barpo etdi: bu monarxiyalarda hozirgi Yevropa millatlari -va hozirgi 
burjua jamiyati taraqqiy etib bordi” (Engel’s). 
Burjuaziya uzoq vaqt davomida feodal absolyutizmi bilan murosa qilib keldi va 
uni qo`llab-quvvatladi. Biroq o`rta asrning oxirlariga kelib, burjuaziya shunchalik 
mustahkamlashdiki, endi u feodal absolyutizmiga qarshi chiqishga va G`arbiy 
Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarida o`z siyosiy 
hukmronligini o`rnatishga (Niderlandiya va Angliya burjua revolyutsiyalari) 
qodir edi. O`sha vaqtlarda Yevropaning Sharqida rus xalqi unga ko`p asrlik tatar 
zulmidan yetkazilgan jarohatlarni tuzatib oldi va qudratli davlat barpo qildi. 
“IvanIII podsholik qilgan davrning boshlarida,- deb yozgan edi Marks,-Moskva 
davlatining borligini hatto hayoliga ham keltirmay, hayratga tushgan, Litva va 
tatarlar o`rtasida siqilib qolgan Yevropa o`zining sharqiy chegaralarida to`satdan 
katta imperiyaning vujudga kelishidan dovdirab qoldi,- hatto Sulton Boyazidning 
o`zi, garchi u(G`arbiy Yevropa-T.) uning oldida titrab tursa ham, moskvaliklardan 
birinchio marta takabburona nuqtalarni eshitdi”. Rus davlati, uning ekonomikasi va 
madaniyati jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib bordi. Rus xalqining fan va 
madaniyatining ba’zi sohalarida erishgan yutuqlari G`arb xalqlari erishgan 
yutuqlardan o`zib ketdi.
Jadal taraqqiy etib boryotgan burjua ishlab chiqarishining ehtiyojlari 
oyoqcharx, suv parragi, domna pechi va hokazolarning ixtiro etilishiga sabab 
bo`ldi. Bularning o`zi esa matematika tadqiqot metodlarining takomillashuviga 
sabab bo`ldi va astranomiya, mehanika, optika hamda ximiya singari fanlarning 
hayotga chorladi. Fan va texnika ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam berdi, 
texnika esa olimlar qo`liga juda ko`p sonli yangi faktlarni berib, bu faktlar fanni 
boyitdi va uni ilgari siljitdi. Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) qushlarning 
uchishini kuzatib borib, uchuvchi apparatning tuzilishi to`g`risida o`z 
mulohazalrini bayon etdi. Rus krepostnoy dehqoni esa o`sha vaqtdayoq odamni 
ko`tarishga qodir bo`lgan qanotlarning aniq hisobini oldi, ularni yasadi va ularning 
tomdan hamda qal’a gumbazlaridan kishining sekin yerga muvaffaqiyat bilan 
qo`nishiga erishdi. G`arbiy Yevropa va Rossiyada kitob nashr qilish ishi vujudga 
keldi va qimmatbaho pergament o`rnini qog`oz egalladi. Dengizda suzish ehtiyoji 
natijasida kemasozlik taraqqiy etdi, ispanlar, gollandiyaliklar, so`ngra esa inglizlar 
ham janubiy yarim sharda ko`pgina geografik kashfiyotlar qildilar, yangi yerlar 
topuvchi rus sayyohlari va dengizchilari esa Shimoliy Muz okeanini tadqiq qilish 
ishini boshlab berdi va Osiyoni Amerikadan ajratib turuvchi bo`g`ozni kashf etdi. 
Poroxning kashf etilishi o`q otadigan qurolning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. 
Arxitektura sohasida bir qancha yutuqlar qo`lga kiritildi. 
Odamni o`rganishga taalluqli bo`lgan tabiatshunoslik sohasida katta 
kashfiyotlar qilindi. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning 
harakati mehanikasini o`rgandi. Meditsina ham jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib 
bordi. Shvetsariyada tug`ilgan Paratsels (1493-1541yillar) o`z shogirdlarini 
birinchi marta bemor yotgan joyda o`qitdi va xirurgiya bilan terapiyaning 
chambarchas bog`liqligini ta’kidladi. Ispan vrachi Servet qon almashinishi haqida 
ba’zi bir mulohazalarni bayon etdi, ingliz Garvey (1578-1657 yillar) esa “Yurak va 


qon xarakati haqida” nomli kitobini yozdi. Tabiatshunoslikning taraqqiy etishi 
yangi falsafani vujudga kelishiga sabab bo`ldi; bu falsafa diniy qoidalarni rad etdi 
va tajribani haqiqatning yagona mezoni deb e’lon qildi. Ingliz F. Bekon (1561-
1626 yillar), faqat kuzatish va tajriba (induksiya, analiz, taqqoslash, tajriba) 
chinakam ilmiy metod hisoblanadi, deb isbotladi. Dekart deduksiyaning 
muhimligini isbotladi, Gassenadi esa molekulalar nazariyasiga asos soldi. 
Burjuaziya ideologlari o`rta asr ilohiy 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin