Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Xulosalar
So`ngi o`rta asr davrida burjua ishlab chiqarish munosabatlari tug`lib kelib, burjua 
ideologiyasini vujudga keltirar edi. Burjua ishlab chiqarish munosabatlari va 
burjua ideologiyasi jamiyatning feodal tuzumini, feodal ideologiyasi va 
madaniyatini larzaga keltirdi. Yollanma, keyinchalik esa doimiy korol 
qo`shinlarining paydo bo`lishi, o`q otadigan qurolning va boshqa yangi harbiy 
texnikaning kashf etilishi, ritsarlik otliq askarlar rolining pasayishiga va ritsarlik 
tarbiya sistemasining inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Yirik feodallar o`z 
bolalarini korol saroyidagi yalqovlar yo`liga, mayda dvoryanlar esa doimiy korol 
qo`shinlarining ofitserlari roliga tayyorlay boshladilar. Yirik feodallarning bolalari 
nozik tabiatli hayot kechira boshladilar va chiroyli qad-qomat hamda nazokatli 
xususiyatlarning hosil bo`lishiga imkon beradigan jismoniy mashqlar bilan 
shug`ullana boshladilar. Kichik dvoryanlarning bolalari esa ana shunday mashqlar 
bilan birga harbiy jismoniy tayyorgarlikning qattiq maktabini ham o`ta boshladilar.
Shu vaqtlarda shaharlardagi aholi dvoryanlarga qo`shilgan patritsiatga, xalq 
ichidan chiqqan burjuaziyaga va mehnatkashlarga ajralib ketgan edi. Patritsiylar 
umumshahar o`qchi uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklaridan ketib, o`zlari 
uchun hashamatli uylar, suzish uchun mo`ljallangan hovuzlar, raqsga tushiladihan 
va to`p o`ynaladigan zallar qurdilar. Patritsiat yoshlari o`zlarini biror jamoatchilik 
faoliyatiga tayyorlamas edilar.Bu yoshlar dvoryan yoshlari bilan birga suvda 
suzish, qilichbozlik, to`p o`ynash, ov qilish va sayohat qilish bilan shug`ullanar 
edilar.
Shahar burjuaziyasi dastlabki vaqtlarda kambag`al mehnatkashlarni o`qchi 
uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklaridan siqib chiqardilar, o`rta asrlarning 


oxirlariga kelib, ularni tarqatib yubordilar. Shahar burjuaziyasi umumiy cho`milish 
xonalari, raqs tushiladigan, qilichbozlik qilinadigan va to`p o`ynaladigan zallar 
qurdilar, lekin ulardan bevosita belgilangan maqsad yo`lidagina emas, balki 
buzuqlik makonlari va qimor o`yinlarining joylari sifatida foydalandilar. Shahar 
kambag`allari esa bayram kunlari shahardan tashqariga chiqib, oddiy jismoniy 
mashqlar, 
kurash 
va 
raqslar 
bilan 
shug`ullana 
boshladilar. 
Shahar 
kambag`allarining mehnat sharoiti va turmushi g`oyat og`ir edi. Shuning uchun 
shahar kambag`allari shahardan tashqariga chiqishni sog`lomlashtirish va ko`ngil 
ochish vositasi sifatidagina emas, balki ekspluatatorlarga qarshi kurash uchun 
jismoniy jihatdan tayyorlanish vositasi sifatida ham foydalanar edilar.
So`nggi o`rta asr davridagi gumanistlar ta’lim sistemasini cherkov ta’siridan 
ozod qilish uchun va maktablarda jismoniy tarbiyani joriy qilish uchun kurash olib 
bordilar. Ularning aksariyati maktablarda o`qishi mumkin bo`lmagan xalq 
to`g`risida emas, balki shahar burjuaziyasi to`g`risida bosh qotirdi. Ularning ijodi 
xalqqa tushunarli bo`lmagan latin tilida ijod qilinar va shuning uchun 
mehnatkashlarga yetib bormas edi. Xalq bilan aloqada bo`lmaslik ularning ijodiga 
salbiy ta’sir ko`rsatdi, ularning o`zlari esa asta-sekin adiblarning biqiq kastasiga 
aylanib ketdilar. Gumanistlarning xalqdan aloqasini uzmagan va xalqqa tushunarli 
tilda ijod qilgan (Rable, Komenskiy singari) qismigina bundan mustasnodir.
So`nggi o`rta asr davrida yagona biror xalqning yagona jismoniy tarbiyasi va 
jismoniy tarbiya to`g`risida yagona bir ta’limot yo`q edi. Bu davr feodal 
tuzumining, eski feodal ideologiyasi va madaniyatining yemirilishi davri, burjua 
madaniyatining, shu jumladan, burjua jismoniy madaniyatining tug`ilishi davri edi.
Xulosa qilib aytganda, o'rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi 
shakllar va mazmunlaiga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari 
qadimgi 
ajdodlar 
jismoniy 
madaniyat 
negizida 
rivoj 
topdi. 
Ularni 
takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyoigarlik tadbiriari, yoshlarni har to- 
monlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan ritsarlik mak- tablari va boshqa shu 
turdagi o'quv muassasalarining o'rni g'oyat katta bo'ldi. 
Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o'rtasida 
o'tkazilgan turli an'analarda, marosimlar o'tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik, 
kamondan o'q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o'yinlardan keng foy- 
dalanganlar. 
Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi 
natijasida kelishmovchilik va urushlar ko'payib, o'q otar qurollardan keng 
foydalanila boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi 
bilan bog'langan holda davom etdi. 
XV—XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar 
tomonidan yoshlarni jismoniy va ma'naviy ji- hatdan tarbiyalashga doir yangi 
g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi. 
Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyot- lar davlatlarning 
iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sa- bab bo'ldi. 
Fan, madaniyat va ta'lim-tarbiyaning yangi yo'nalishlari negizida antik 
Olimpiya o'yinlari qayta tiklashga urinishlar bo'ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya, 
Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlariga qiyoslab, 


yangi ko'rinishdagi o'yinlar o'tkazildi va umuman, jamiyat- ning o'sha davrdagi 
tuzilishi, diniy hukmronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o'tkazib borish, 
ularni xalqaro miqyosda tashkil qilishga hech bir davlat qodir emas edi. 
 
 
 
 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin