Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Shahar aslzodalari jismoniy tarbiyasi



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Shahar aslzodalari jismoniy tarbiyasi
So`nggi o`rta asr davrida shaharliklar ommasi bir-biridan keskin farq qiluvchi uch 
gruppadan: patritsiylar, byurgerlar va plebeylar gruppasidan iborat edi. Bu 
gruppalar o`rtasidagi ziddiyatlar sinfiy kurashga aylanar, ba’zan bu sinfiy kurash 
oshkora keskin xarakterga ega bo`lar edi. Patritsiylar va byurgerlar shaharlarning 
xojayinlari bo`lib, hunarmandlar va shogirdlarni shafqatsiz ekspluatasiya qilar 
edilar. Shaharlarda aslzodalar jismoniy madaniyatining ravnaq topish jarayoni va 
keng xalq ommasi jismoniy tarbiyasining nisbatan tushkunligi sodir bo`lmoqda 
edi. XV asrda o`qchi uyushmalar shahar patritsiylarining harbiy, sport va politsiya 
xizmatining markaziga aylangan edi. Patritsiylar yoydan va pistoletdan o`q otish 
uchun maxsus uylar qurar, shahar va shaharlararo otish musobaqalari o`tkazar 
edilar. Qilichbozlar qardoshliklari ham sex aslzodalarining biqinib yashovchi 


tashkilotiga aylanib qoldi. Bu tashkilotlarga kirish uchun qilichbozlik san’atidan 
sinovdan o`tibgina qolmasdan, shu bilan birga shunga muvofiq mulk senziga ham 
ega bo`lish lozim edi.
XV asrning oxirlariga kelib shahar patritsiyati o`z rezidensiyalarini 
lansknextlar kuchi bilan himoya qila boshladi. Bu hol o`qchi uyushmalar va 
qilichbozlar qardoshliklarining harbiy amaliy ahamiyatining pasayishiga olib keldi. 
Otish va qilichbozlik mashg`ulotlari shahar aslzodalarining foydali va ko`ngilli 
tomoshalaridan biriga aylanib qoldi.
Shahar bayramlari professional darbozlar, pantomimlar, harakatli o`yinlar, 
raqslar hamda vino va ovqatlar bilan to`yguncha beriladigan ziyofatlar bilan 
to`ldirib borildi. Burjuaziyada latif nutq so`zlashda, qiliqlarning nafisligida, qad-
qomatning xushbichimligida dvoryanlarga taqlid qilish istagi paydo bo`ldi. Barcha 
noqulaylik va qo`polliklar burjuaziya “mujiklar dag`alligi” deb hisoblar va bu 
“dag`allik” unda takabburona nafrat qo`zg`atar edi.
Shahar patritsiyatining martabasi baland dvoryanlar bilan yaxshilanib borgan 
aloqasi dvoryanlarning faqat mehnatkashlarnigina emas, balki byurgerlarni ham 
mensimay qo`yishi uchun shart-sharoit yaratdi. Raqs tushish va to`p o`ynash uchun 
mo`ljallangan maxsus shahar uylari paydo bo`ldi, bu uylarga faqat patritsiylar va 
ular tomonidan taklif qilingan dvoryanlargina kirishi mumkin edi. Oyin vaqtida 
bunday uylarning keng zallari tasma yoki to`r bilan teng ikki bo`lakka ajratilar, 
yog`och raketkalar yoki kuraklar bilan qurollangan o`yinchilar esa, ikki guruhga 
bo`linishar edi. Patritsiyan yoshlari raqslarga tushish va to`p o`ynashdan tashqari
otda yurishga, ov qilishga va usti yopiq hovuzlarda cho`milishga qiziqar edilar.
O`z navbatida byurgerlar ham jon kuydirib, oz imtiyozlarini himoya qilar va 
mehnatkashlarning qilichbozlik uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklarida 
qatnashishlariga yo`l qo`ymas edilar. Ular patritsiylar va dvoryanlarga taassub 
etishga harakat qilib, o`zlari uchun jamoat hammomlari va to`p o`ynaladigan 
jamoat uylari qurdilar. Bu joylarga kirish haqi bunday inshootlarni saqlab turish 
harajatlarini qoplamas edi. Hammomlar buzuqlar makoniga, to`p o`ynaladigan 
uylar esa, qimor o`yinlari klubiga aylanib ketdi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin