Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Merkurialisning qo`riqlovchi meditsinasi



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Merkurialisning qo`riqlovchi meditsinasi


 Mashhur italyan gumanist vrachi Ieronim Merkurialis (1530-1606 yillar) 
gimnastikaga doir oltita kitob yozdi. Dastlabki uch kitobi jismoniy mashqlar 
tarixini yoritishga, so`nggi uch kitobi esa jismoniy mashqlarni meditsina jihatidan 
tahlil qilishga bag`ishlangandir. Merkurialis meditsinani davolash meditsinasi va 
saqlovchi meditsina deb ikkiga ajratdi. Saqlovchi meditsinani u buzuqchilikka va 
oziq-ovqat hamda vinoni ortiqcha iste’mol qilishga qarshi kurashga mo`ljalladi; 
bunday hollar oqsuyaklarning vakillariga muvofiq edi. 
Merkurialis gimnastika va boshqa jismoniy mashqlarni saqlovchi meditsina 
vositalari jumlasiga kiritadi. U barcha mashqlarni haqiqiy (davolash), harbiy 
(hayotiy, zaruriy) va soxta (atletik) mashqlarga bo`lgan edi. 
Merkurialis ayrim mashqlarning ahamiyatinibaholab, ko`proq jismoniy kuch 
talab qiladigan mashqlarni salbiy tavsifladi va sog`lomlashtirish-gigiyena jihatdan 
foyda berishi mumkin bo`lgan mashqlarnigina bajarishni tavsiya qildi. U 
mushtlashishni inkor qilmadi, lekin yakkama-yakka mushtlashishni emas, balki 
kishining soyasi bilan mushtlashishni taklif qildi, chunki kishining soyasi bilan 
mushtlashishi “qattiq kuch ishlatishni” talab qilmaydi. Merkurialis suvda suzishni 
emas, balki cho`milishni maqtaydi va baliq ovini taklif qiladi. U jismoniy 
tarbiyaning musobaqa metodini foydali deb hisoblamadi va sportni inkor qildi. 
Merkurialisning “bir vaqtlar katta e’tiborga sazovor bo`lgan gimnastika san’atini 
tiklash uchun harakat qilishi” haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Uning xizmati shundan 
iboratki, u davolash-profilaktika mashqlarini tikladi va ularni meditsinaning 
muhim vositalari sifatida himoya qildi. 
Merkurialis ko`zga ko`ringan cherkov arboblarining saroy vrachi, so`ngra esa 
imperator Maksimilian II ning ham vrachi edi. U feodal byurokratik aslzodalarning 
boshliqlariga ko`rsatgan xizmatlari uchun o`sha vaqtlardayoq eskirib qolgan 
ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi. 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin