Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Gumanistlarning  qarashlariga qarama-qarshi o`laroq, inson
g’oyalari 
shaxsini ulug`ladilar, insonga, uning kuchi va
qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Insonga bo`lgan 
qarashlardagi bunday o`zgarish odatda “gumanizm” (insonparvarlik) termini bilan 
anglatiladi. So`nggi o`rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi 
xalqlar madaniyati va xalq ijodidan ozqlanadi. Xalq ijodidan kam foydalanilar edi, 
shuning uchun so`nggi o`rta asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda 
yaratilgan nimaiki bo`lsa, asosan shuni tiklashdan iborat edi. Burjuaziya va feodal 
aslzodalar endi o`zlarini narigi dunyo hayotiga emas, balki yerdagi hayotdan 
lazzatlanish uchun tayyorlashga harakat qila boshladilar. O`rta asrning ozg`in 
badanga topinishi xis uyg`otadigan sog`lom badanga topinish bilan almashtirildi. 
Bu xol arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik va adabiyotda o`z aksini topdi. 
Gumanistar o`rta asrdagi quruq pedagogika qarama-qarshi o`laroq, kishining 
faqat aqlinigina emas, balki tanasini ham tarbiyalashga qaratilgan yangi 
pedagogikani ilgari surdilar. Ular o`z hukmronligini o`rnatish, uzoq muddatli 
sayohatlar qilish, yangi yerlar kashf etish, bu yangi yerlarga ko`chib kelgan 
xalqlarni talash va bo`ysindirishga qodir bo`lgan uddaburon, jismoniy jihatdan 
yetuk burjualarni tarbiyalashni istar edilar.
Ramboldini Vittorino da Feltre
Vittorino 
(1378-1446 yillar) Italiyada pedagogika
da Feltre maktabi soxasida ko`zga ko`ringan dastlabki gumnist edi. 
Vittorino Mantuan hukmdori va uning saroyidagi kishilarning bolalarini tarbiyalab, 
saroyda yangi tipdagi maktab yaratdi va uning raxbari bo`ldi. Uning maktabida 
o`quvchilarning bilimga qiziqishi, aqliy va jismoniy havasi har tomonlama 
rag`batlantirilar edi. O`quvchilarni erinchoqligi, beadabligi va manmanligi uchun 
ayovsiz jazolar edilar. Quruq yodlash o`rnini ko`rsatma ta’lim metodlari egalladi.
Vittorino o`quvchilarning sog`ligi va jismony kamoloti to`g`risida ayniqsa ko`p 
g`amxo`rlik qilar edi. U o`quvchilarni sof havoda harakatli o`yinlar o`ynashga 
o`rgatar, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirar edi; bu esa 
o`uvchilarning jismoniy kuchini, epchilligini va chiroyli qiliqlarini taraqqiy ettirar 
edi. Uning maktabi o`quv planida o`yinlar, qilichbozlik, harbiy mashqlar, otda 
yurish va suvda suzish ko`zga ko`rinarli o`rinni egallar edi. Vittorino 
o`quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash to`g`risida ham g`amxo`rlik qilib, 
ularda o`z qadrini bilish tuyg`usini, gigiyenaning elementar qoidalariga rioya qilish 
odatini va hokazolarni hosil qilar edi. Vittorino da Feltre maktabi oqsuyak ota-
onalarning bolalarini tarbiyalash borasida ilgari tashlangan katta qadam edi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin