Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


Taraqqiy etgan feodalizm davrida jismoniy tarbiya



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Taraqqiy etgan feodalizm davrida jismoniy tarbiya
VII-XI asrlarda feodal ishlab chiqarish usuli taraqqiy etdi. Mehnatning ijtimoiy 
taqsimoti va hunarmandchilikning qishloq xo`jaligidan ajralishi, shaharlarning 
vujudga kelishi va ravnaq topishi, tovar ishlab chi 
Qarishi va tovar munosabatlarining tug`ilishi, shuningdek shahar bilan qishloq 
o`rtasida almashinuv munosabatlarining vujudga kelishi feodalizm taraqqiyoti 
davrining xarakterli xususiyatlari edi.
Taraqqiy etgan feodal jamiyatlarida krepostnoy va qaram dehqonni 
ekspluatatsiya qilish ancha kuchaydi. Bu hol xalq ommasining feodallarga qarshi 
sinfiy kurashini keskinlashtirishga olib keldi. Taraqqiy etgan feodalizm davrining 
oxirlariga kelib, bu kurash g`oyat keskinlashib ketdi va bir qancha yirik dehqon 
qo`zg`olonlarining ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Shaharlarning o`z mustaqilligi 
uchun feodallarga qarshi kurashib ham o`sha vaqtda kuchayib ketdi. 
Harbiy ish borasida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Eski xalq lashkari o`rniga 
hukmron sinf vakillaridan tuzilgan feodal qo`shini tashkil topdi. Harbiy ish 
feodallarning imtiyozi va majburiyati bo`lib qoldi. Feodal armiyasining soni xalq 


lashkariga nisbatan ancha oz edi. Feodal qo`shinda kavaleriya (otliq ritsarlar) 
raxbarlik mavqeini egallar edi. 
Taraqqiy 
etgan 
feodalizmning 
xarakterli 
xususiyatlaridan 
biri 
davlatlarningmustaqil gertsogliklarga, viloyat knyazlariga va yer mulklariga 
siyosiy jihatdan parchalanib ketganligida edi. Ularning egalari tinimsiz ravishda 
o`zaro janjallashar va kurashlar olib borar edi. Bundan krepostnoy dehqonlar va 
shaharlik quyi tabaqalar hammadan ko`proq jabr ko`rar edilar. 
Taraqqiy etgan feodalizm jamiyatida xalq ommasining (dehqonlar va 
shaharliklarning) jismoniy tarbiyasi va hukmron sinf (feodal-ritsarlar)ning 
jismoniy tarbiyasi mavjud edi. Bu tarbiyaning har ikkalasi, har biri o`ziga xos yo`l 
bilan, sinfiy kurash ta`sirida taraqqiy etib boradi. Xalq ommasining jismoniy 
tarbiyasi alohida-alohida bo`lingan harbiy-jismoniy mashqlar va an`anaviy 
o`yinlardan iborat edi. Feodallarning jismoniy tarbiyasi ancha xilma-xil edi. 
Moddiy resurslar va bo`sh vaqtning mavjudligi feodallar uchun o`zlariga harbiy-
jismoniy tarbiyaning tugallangan sistemasini yaratishga imkon berdi. 

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin