D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Radiokimyo
– radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, 
ularni ajratib olish, konsentrlash (toʻplash) fan va texnikaning turli sohalarida 
qoʻllash usullarini oʻrganadigan soha. Radiokimyo rivojlanish davrida bir necha 
bosqichni bosib oʻtdi. Radiokimyoning dastlabki I bosqichi 1898 yildan, yaʼni P. 
Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar – poloniy va radiyni ajratib 
olishlaridan boshlandi. II bosqich (1914-1933) da tabiiy radioaktiv elementlarning 
kimyoviy tabiati oʻrganildi. III bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934 yilda 
sunʼiy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich 
sunʼiy izotoplarning texnologiyasi bosqichi boʻlib, parchalanish zanjir 
reaksiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri – 1944 yilga toʻgʻri 
keladi. Eng soʻnggi bosqich 1950-yilni – izotoplarni ajratib olish davrini oʻz ichiga 
oladi. 
Radiatsion kimyo
— kimyoning ionlovchi nurlar taʼsirida moddada yuz 
beradigan kimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan sohasi. Kimyoviy jarayonlarni 
ionlovchi nurlar taʼsirida yuzaga kelishi ularning moddalar molekulalarini ionlash 
va qoʻzgʻatishi bilan bogʻliq. Radiatsion kimyo 1865-1896 yillarda paydo boʻldi. 
Radiatsion kimyodagi dastlabki kuzatish ishlari nurlarning fotografiya 


31 
plastinkasiga taʼsir etib qoraytirishidan boshlandi. Koʻp oʻtmay radiy nurlarining 
suvni kislorod va vodorodga parchalashi maʼlum boʻldi. Radiatsion kimyo 
rivojining keyingi bosqichi yadro reaktorlarining kashf etilishi bilan bogʻliq boʻlib, 
XX-asrning 40-yillaridan kimyo fanining mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Atom 
energetikasida ishlatiladigan har xil materiallarga turlicha nurlar taʼsiri oʻrganildi. 
Atom reaktorlarining ishlatilishi va yadro yoqilgʻisining qayta ishlanishi suvning 
parchalanish jarayonlarini, yuqori radioaktivlikka ega boʻlgan texnologik 
aralashmalardagi kimyoviy oʻzgarishlarni tushuntirib berishni talab qildi. 
XX-asrning 50-yillari oxirida radiatsion kimyoviy reaksiyalar ilmining 
kengayishi va yadro nurlari manbalarining kashf etilishi munosabati bilan baʼzi 
kimyoviy 
texnologiya 
jarayonlarini 
(kimyoviy 
birikmalarni 
parchalash, 
uglevodorodlarni oksidlash, organik monomerlarni polimerlash) nurlar taʼsirida 
amalga oshirish imkoniyati tugʻildi. Radiatsion kimyo texnologiyasi maqsadlarida 
gamma uskunalari va elektron tezlatkichlar ishlatiladi. Yuqori energiyali 
elektromagnit nurlar — rentgen nurlari, katta energiyali korpuskulyar nurlar — 
tezkor elektronlar, neytronlar, protonlar, deytronlar, α-zarrachalar, ogʻir yadro 
boʻlinishi parchalari, yadro reakiiyalarida hosil boʻladigan yadro (zarrachalar), 
tezlashtirilgan koʻp zaryadli ionlar oqimi ionlovchi nurlarga taalluqlidir. 
Nurlarning kimyoviy taʼsiri samaradorligi, odatda, radiatsion kimyoviy mahsul 
bilan aniqlanadi. Radiatsion kimyoviy mahsul miqdori G harfi bilan belgilanadi. 
Radiatsion kimyoviy mahsul deb, kimyoviy sistemada 100 eV ionlovchi 
nurlarni yutish evaziga hosil boʻladigan zarralar (molekulalar, ionlar va erkin 
radikallar va h.k.) ning absolyut miqdoriga aytiladi. Oddiy reaksiyalar uchun G 
ning qiymati 1 dan 20 gacha boʻlsa, zanjir reaksiyalar uchun bir necha oʻn ming 
molekula boʻlishi mumkin. Baʼzi kimyoviy sistemalarda yuz beradigan radiatsion 
kimyoviy jarayonlarda kimyoviy dozimetrlar (Masalan, temir sulfatli, seriy sulfatli 
dozimetrlar) dan foydalaniladi. 
Radiatsion kimyoviy sintezda kimyoviy sistemalarga nur taʼsir ettirib yangi 
kimyoviy moddalar olinadi. Ionlovchi nurlar zanjirli jarayonlarni initsirlashda keng 
qoʻllanadi. Bunga xlorlash, sulfirlash, oksidlash, sulfoxlorlash, sulfoksidlash, qoʻsh 


32 
bogʻlarga birikish va boshqa zanjirli mexanizm boʻyicha boradigan boshqa 
radiatsion kimyoviy sintez jarayonlari kiradi. Radiatsion initsirlashning katalitik 
yoki fotokimyoviy initsirlashga qaraganda bir qancha afzalligi bor. Sistemaga 
initsirlovchi moddalar qoʻshish, koʻpgina zanjirli jarayonlarning yongʻin va 
portlash xavfi bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha texnik talablarini amalga oshirish 
mumkin boʻladi. Polimerlarni radiatsion modifikatsiyalash va kauchuklarni 
vulkanizatsiyalash jarayonlari radiatsion kimyoning mustaqil sanoat tarmogʻi 
hisoblanadi. Radiatsion termik vulkanizatsiyalash shinalarning sifatini ancha 
yaxshilaydi. Radiatsion kimyoning keyingi rivoji bir qator fan va texnika sohalari 
bilan chambarchas bogʻliq. Yadro fizikasi, atom energetikasi, kosmik tadqiqotlar 
va boshqalar shular jumlasidandir. 
Hozirgi paytda nurlanish (radiatsiya) muammosi global miqyosda eng jiddiy 
muammolardan biri hisoblanadi. Dunyodagi har bir inson o‗zini va kelajak 
avlodini ionlashtiruvchi radiatsiya zararlaridan himoya qilishi muhim bo‗lib qoldi. 
Ionlashtiruvchi radiatsiya (nurlanish) nima? Radiatsiya tirik to‗qimalarni 
erkin radikallarni hosil qilish, ya‘ni elektronlarni molekulalardan chiqarish 
hisobiga ishdan chiqaradi. Elektronni atom yoki molekuladan chiqarish elektronni 
ionga aylantiradi. Ionlashtiruvchi radiatsiya termini shu erdan kelib chiqqan. 
Rentgen, gamma nurlari, alfa va beta nurlarining barchasi ionlashtiruvchi 
radiatsiya turlari hisoblanadi. Ionlashtiruvchi radiatsiya eng ko‗p ta‘sir 
ko‗rsatadigan modda bu suvdir. Suv esa inson organizmida katta miqdorda 
mavjud. Shu sababli ortiqcha radiatsiyalardan organizmni himoya qilish muhim. 
Afsuski, Fukushima voqeasi va boshqa shunga o‗xshash voqealar radiatsiyadan 
himoyada bo‗lishni nihoyatda qiyinlashtiradi. 
Radionuklid – radiofaollikka ega bo‗lgan nuklid. Har bir radionuklid o‗ziga 
xos har-xil havf-xatarni tashiydi, shuning uchun ham ulardan himoyada bo‗lish 
usullarini har biri uchun alohida ko‗rib chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin