produtsentlar bo‗lib, bularga avtotrof organizmlar ya‘ni yashil
o‗simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi.
2–bo‘g‘in –
konsumentlar ya‘ni iste‘mol qiluvchilar. Bularga barcha
hayvonlar va insonlar kiradi.
3-bo‘g‘in –
redutsentlar ya‘ni o‗zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va
zamburug‗lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy
anorganik elementlarga aylantiradi.
Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga
o‗tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo‗yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda
oqadi, ya‘ni u ertami-kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi.
Nega tirik organizmning massasi u o‗zlashtirgan moddalar massasiga teng
emas? – degan savol tug‗iladi. Axir odam o‗zining 70 yillik hayotida o‗rtacha 45
tonna ovqat iste‘mol qilsa, uning vazni shunchalik o‗smaydi-ku! Gap shundaki
organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o‗sishiga ya‘ni vazn
to‗plashiga sarf bo‗ladi. Uning ko‗pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko‗payish va
boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo‗lmay, chiqindi
sifatida muhitga chiqarib tashlanadi. Organizm to‗playdigan massaning u shu
massani to‗plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo‗lishini ekologik
piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin.
Ekotizimlarning
mahsuldorligi
va
ekologik
piramida
qoidalari.
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma‘lum maydondagi tirik
38
organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to‗plash tezligiga tushuniladi. Bu
tezlik tabiatda vaqt va joyga ko‗ra turlicha kechadi.
Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to‗plangan vazni
birlamchi mahsulot
hisoblanadi. U shu mahsulotni to‗plash uchun tuproqdan undan ko‗ra
ancha ko‗p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o‗z hayotiy jarayonlariga
(nafas olish, oziqlanish, suv bug‗latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to‗playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo‗lib
hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko‗p qismini
o‗z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to‗playdilar.
Ularning to‗plagan bu vazni
ikkilamchi mahsulot deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi
va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to‗playdi. Masalan,
qoramol o‗z vaznini 1 kilogrammga oshirish uchun u o‗rtacha 70-80 kilogramm o‗t
yetadi. Ko‗rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko‗p
qismini o‗zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot
sifatida to‗playdi. Ozuqa zanjirining keyingi bo‘g‘inlarida ham shunday holat
davom etadi va har bir bo‘g‘inga o‗tishda energiya hamda to‗planadigan massa
kamaya boradi. Bu holat
ekologik piramida deb nom olgan bo‗lib, piramidaning
ostida produtsentlar (o‗simliklar), o‗rtasida o‗simlikxo‗r konsumentlar (hayvonlar)
va ustida etxo‗r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi
Ch. Elton o‗rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar
amal qiladi:
Birinchi qoida - ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologik
mahsulotlardan kam bo‗ladi.
Ikkinchi qoida - yeyiluvchi organizmlarning umumiy vazni yeyuvchi
organizmlar vaznidan ko‗p bo‗ladi.
Uchinchi qoida - biologik
mahsuldorlik,
ikkilamchi
mahsulot
to‗plovchilarning qisqa umr ko‗radiganlarida uzoq yashovchilarga nisbatan yuqori
bo‗ladi.
39
To‘rtinchi qoida – sonlar qoidasi bo‗lib, piramidaning yuqorisiga chiqqan sari
organizmlar soni kamaya boradi.