D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Fotosintez 
— yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi 
bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan 
yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil 
boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng, muhim biologik jarayonlardan 
biri. Fotosintezda quyosh energiyasi organik birikmalardagi kimyoviy energiyaga 
aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar barcha tirik organizmlar 
uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda barcha tirik organizmlarning 


41 
nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi. Fotosintez 
haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus 
olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo fotosintezni tajribalar 
orqali oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye 
(1782), shveysariyalik olim T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan 
boshlandi. Nemis fiziologi Yu.Saks (1863) barglardagi xloroplastlarda kraxmal 
sintezlanishini koʻrsatadi. Fotosintezda kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis 
fiziologi T.V.Engelman (1881) oʻrgangan. Fotosintezda yorugʻlik nurining 
ahamiyati 19-asrning oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi K.A.Timiryazev 
(1875) yorugʻlik energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik 
oʻzgarishlar jarayonida ishtirok etishini koʻrsatdi. 19-asrning oʻrtalaridan boshlab 
Fotosintezni oʻrganishda yangi metodlar (gaz analizi, izotop metodi
spektroskopiya, elektron mikroskopiya usullari va boshqalar) qoʻllanila 
boshlangandan soʻng fotosintezda xlorofillning qatnashish mexanizmlari ishlab 
chiqildi. 
Rus biokimyogari A.N.Bax (1893) fotosintezda SO
2
assimilyatsiyasi suv 
vodorodi va gidroksil guruhi ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish jarayonidan 
iborat ekanligi haqida fikr bildirdi. 
Gollandiyalik mikrobiolog K. B. Van Nil bakteriyalar va oʻsimliklar 
fotosintezini solishtirib, birlamchi fotosintezning fotokimyoviy jarayoni suvning 
dissotsialanishidan 
iboratligini 
aniqladi. 
Fotosintezlovchi 
bakteriyalar 
(sianobakteriyalardan tashqari) H
2
S, N
2
, SN
3
va boshqa qaytaruvchilarga muhtoj 
boʻlgani uchun kislorod ajratmaydi. Fotosintezning bu xili fotoreduksiya deyiladi. 
Yashil yoki purpur oltingugurt bakteriyalari uchun fotosintezning umumiy 
formulasi quyidagicha boʻladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin