D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 
Nitrifikatsiya jarayoni

Oqsilning chirishi natijasida to‘plangan ammiak va 
ammoniy tuzlari o‘ziga xos mikroorganizmlar tomonidan oksidlanadi. Oksidlanish 
jarayonida nitrit va nitrat kislota hamda uning tuzlari hosil bo‘ladi. Bu jarayon 


45 
nitrifikatsiya deb ataladi. Nitrifikatsiya jarayonida qatnashgan mikroorganizmlarni 
boshqa turli bakteriyalardan ajratib olish usulini 1888–1890 yillarda rus 
mikrobiologi S.N.Vinogradskiy ishlab chiqdi. Ammiakning oksidlanishi biologik 
jarayon ekanligini olimlar e‗tirof qilgan bo‘lsalarda, bu jarayonda qanday 
mikroorganizmlar ishtirok qilganligi o‘sha davrgacha aniqlangan emas edi. Bu 
masalani S.N.Vinogradskiy hal qilib berdi. U o‘zining amaliy tajribalarida 
nitrifikatsiya jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar organik moddali muhitda 
rivojlana olmasligini aniqladi. Bu bakteriyalar tarkibida 0,2% chamasi organik 
modda (pepton yoki glyukoza) bo‘lgan muhitda ham yashay olmasliklariga 
ishonch hosil qildi. Shuni nazar da tutib S.N.Vinogradskiy nitrobakteriyalar uchun 
maxsus anorganik moddalardan oziq muhitini ishlab chiqdi. Shu bilan birga 
S.N.Vinogradskiy o‘zining chuqur va izchillik bilan olib borgan amaliy tajriba 
natijalariga asoslanib, nitrifikatsiya jarayoni 2 fazadan iborat ekanligini va bu 
jarayonlar ikki turli bakteriyalarning ishtirokida borishini isbotlab berdi. 
Nitrifikatsiyaning birinchi fazasida ammiak va ammoniy tuzlari nitrit kislotagacha 
oksidlanadi. Nitrifikatsiya jarayonining birinchi fazasini oval shakldagi 
nitrozomonas (Nitrosomonas) nomli bakteriya qo‘zg‘atadi. Bu bakteriya 
harakatchan va uning xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo‘ladi. 
Nitrozomonas hujayrasining katta–kichikligiga qarab: a, b, s, tur xillari uchraydi. 
Nitrifikatsiyaning ikkinchi fazasida nitrit kislota nitrat kislotagacha oksidlanadi. 
Bu fazada uchburchak shaklidagi mayda tayoqchasimon nitrobakter (Nitrobacter) 
qatnashadi. Nitrifikatsiya jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar oksidlanish 
reaksiyalarini o‘tkazayotganda energiya ajralib chiqadi. Ana shu energiya hisobiga 
bu bakteriyalar karbonat angidridni o‘zlashtirib o‘z tanasini tuzish uchun zarur 
bo‘lgan organik moddalarni (jumladan uglevodlarni) tayyorlaydi. Demak, bu 
bakteriyalar ham yashil o‘simliklar singari, oziqlanish jarayonida karbonat 
angidridni o‘zlashtiradi. Yashil o‘simliklar karbonat angidridni o‘zlashtirishda 
quyosh energiyasidan foydalanib organik moddalarni tayyorlaydi. Bu jarayon 
fotosintez deb ataladi. Nitrobakteriyalar karbonat angidridni o‘zlashtirib, organik 


46 
moddalarni yaratish uchun kimyoviy reaktsiyalar vaqtida ajralib chiqqan ener-
giyadan foydalaniladi. Shunga binoan bu jarayon xemosintez deb ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin