D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
EKOLOGIK KIMYO




D.A.KARIMOVA, SH.X.SHOMUROTOVA, F.S.TO’XTAYEV 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
EKOLOGIK KIMYO 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
 
 
 
 
 
 
 
 
EKOLOGIK KIMYO 
 
 
Bakalavriatning 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 
talabalari uchun darslik 
 
Mualliflar:
Karimova Dilorom Amonovna 
Shomurotova Shirin Xajiyevna
To‘xtayev Feruz Sadduloyevich 
 
Taqrizchilar: 
 
dots. M.S.Hotamova 
dots. D.A.Ahadova 
dots. Q.Sh.Husenov
 
 
 
Navoiy – 2019 



SO’Z BOSHI 
Kitobxonlar e‘tiboriga havola etilayotgan ushbu darslik, Prezidentimizning 
2017-yil 20-aprelda qabul qilingan ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori va unda belgilangan vazifalar, jumladan 
yangi avlod adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‘lim muassasalarining ta‘lim 
jarayoniga keng tadbiq etish vasifasini bajarish asosida yozildi. Shuningdek
darslik ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni e‘tiborga olib, hamda 
―Ekologik kimyo‖ fanidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi, ―Davlat ta‘lim 
standartlari‖ asosida yozildi. 
Darslik 2017-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi PF-5024 farmoni, hamda ―2017-2021 yillarda 
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan 
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarorida
belgilangan vazifalarni bajarishga talabalarni jalb qilish, ko‘rsatilgan vazifalarni 
bajarishda ekologik kimyo bilan bog‘liq muammolarni oldini olishda yordam 
berish maqsadida yozildi.
Darslikda Ekologik kimyo fanida o‘rganiladigan mavzular ketma-ket 
berilgan. Talabalarning o‘zlashtirishlari oson va qulay bo‘lishi hamda darslikning 
samaradorligini oshirish maqsadida jadvallar, ko‘plab tasviriy vositalar va o‘z-
o‘zini nazorat qilish uchun testlarga keng o‘rin berilgan. Darslikda turdosh 
darsliklardan farqli ravishda, fanlararo va Oliy ta‘limning umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta‘limlari orasidagi bog‘lanishga ham yetarlicha e‘tibor 
qaratilgan. Bundan tashqari hozirgi kun talabi hisoblangan xorij tajribasidan ham 
unumli foydalanilgan, bu esa shu fandan talabalarning kengroq bilim olishlariga 
imkoniyat yaratadi. Darslikda Jo Jeanne Lownning ―Sanoat ekologiyasi va 
chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi‖ nomli kitobidan foydalanildi, bundan 
tashqari xorijiy jurnallardan ekologik kimyo sohasidagi yangiliklar kiritildi.
Ushbu darslik aynan pedagogika oliy o‘quv yurtlari 5110300-―Kimyo 
o‘qitish metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan.



Darslik olti bobdan iborat bo‘lib, fan dasturidagi barcha mavzularni qamrab 
olgan, talabalar mustaqil o‘qishlari uchun dolzarb ekologik muammolarga doir 
ma‘lumotlar berilgan. Darslikni tayyorlashda mualliflar tomonidan olib borilgan va 
olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan ham umunli foydalanilgan. 
Darslikdan o‘qituvchilar va magistrlar ham foydalanishlari maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Darslik haqidagi fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. 
 
Mualliflar




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin