D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Savol va topshiriqlar 
1.
Ekologik kimyo fanining asosiy tushunchalarini bilasizmi? 


20 
2.
Ekologik kimyo fanining rivojlanish tarixi haqida nimalarni o‘rgandingiz?
 
3.
O‘zbekistonda Ekologiya fani rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar ishlari 
haqida bilasizmi?
 
4.
Qanday ekologik muammolar bor?
 
5.
Ekologik kimyo o‘rganadigan ob‘yektlarga nimalar kiradi? 
II-BOB. EKOKIMYOVIY JARAYONLAR 
II.1. Atrof-muhit ifloslanishi va uning asosiy parametrlari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 
142-sonli qaroriga asosan ―2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-
muhitni muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi‖ qabul qilingan.
Ushbu Dastruni bajarish quyodagi beshta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 
amalga oshiriladi: 

Aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining 
kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

Iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik jarayonlarni va 
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish; 

Atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati chiqindilari bilan 
ifloslanishining oldini olish; 

Atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik ta‘lim va 
barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta‘lim sohasida tabiatni muhofaza qilish 
qonunchiligini va me‘yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish; 

Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy muhitni 
transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro 
hamkorlikni rivojlantirish. 
Mustaqillik yillarida tabiiy resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza 
qilish munosabatlarini muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi 
qonunlarini takomillashtirish va rivojlantirishga oid keng qamrovli ishlar amalga 
oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi 
o‘nlab qonun hujjatlari qabul qilindi.


21 
Bu qonunlarning qabul qilinishi u yoki bu darajada tabiatni muhofaza etish 
munosabatlarini takomillashtirishga, tabiiy resurslarni muhofaza etishning huquqiy 
vositalari samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Xususan, bozor iqtisodiyoti 
munosabatlari talablariga javob beruvchi, xalqimizning milliy boyligi hisoblangan 
har bir tabiat obyektining yangicha huquqiy holatini belgilovchi Yer kodeksi, 
O‘zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖, ―Yer osti 
boyliklari to‘g‘risida‖, ―O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanish to‘g‘risida‖, ―Atmosfera havozini muhofaza qilish to‘g‘risida‖, 
―O‘rmon to‘g‘risida ‖, ―Ekologik ekspertiza to‘g‘risida‖, ―Chiqindilar to‘g‘risida‖, 
―Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyati favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish to‘g‘risida‖ qabul qilingan qonunlar hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga 
asosan ―2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofazasi 
bo‘yicha harakatlar dasturi tog‘risida‖ gi qarorning qabul qilinganligi moddiy 
boyliklarimiz asosi bo‘lgan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanishga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishda yangicha mazmun 
kasb etadi.
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol 
o‗ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l 
bilan - chaqmoq chaqish, o‗t-o‗lanlar va o‗rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, 
shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot 
qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna 
chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen 
jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 
qismi uning hissasiga tog`ri keladi. 
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot 
dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. 
Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi‖ degan tushuncha bor. 
Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, 


22 
tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is 
(CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, 
kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga 
chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan 
oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora 
mahrum bo`lib bormoqda.
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik 
(litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq 
usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq 
usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq 
xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli 
metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, 
radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo 
bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib 
kelmoqda. 
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va 
uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida 
ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. 
Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi 
Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi 
daryolarning havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan 
qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar 
harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda. 
Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava 
dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari 
tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 
1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta 
ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh 


23 
nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod 
bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini 
susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy 
qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat 
tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil 
yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna 
qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. 
Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO
2
) salmog`ining oshib 
borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy 
tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritonovdan: "Dahshatli termoyadro qurollarining 
ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini 
tug`dirmaydimi?‖ – deb so`raganlarida, U: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro 
qurollari emas, balki "issiqxona samarasi‖ katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning 
global darajada isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talofot xavfini keltiradi‖, 
- deb javob bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, 
qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan 
ifloslanib borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z 
navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland 
tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanib borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab 
muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora 
ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon 
qatlamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi‖ deb 
nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash 
hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham 
kuzatila boshlandi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat 
o`rtasidagi munosabatlarning buzilib borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan 


24 
bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz‖ deb munosabatda bo`lish vazifasi 
turadi.
Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va 
bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. Atrof-muhitni himoya qilishning 
qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni 
ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning 
uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni 
ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan 
chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim.
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay 
oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz 
ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.
Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos‖ ishlab chiqarish 
tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari 
qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-
qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning 
ko`pchilik yetakchi sanoatlashgan mamlakatlarida bunday "iflos‖ ishlab chiqarish 
tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda 
joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik 
yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda 
bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-
kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat 
ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.
Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-
muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora 
betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi 
choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda.
Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, 
bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy 
resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar 


25 
majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, mintaqaviy va global doirada olib 
borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari 
(qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi.
Keyingi yillarda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, 
ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga 
qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va 
amaliyotda qo`llay boshladilar.
Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin