D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


I.3. Asosiy ekologik muammolar va ularning yechimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

I.3. Asosiy ekologik muammolar va ularning yechimlari 
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishi har xil ekologik 
ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Xususan, Amudaryo quyi qismida hosil qilingan 
ekologik fojia, ya‘ni har xil o‘ta zaharli moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, 
daryo suvlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik, mineral o‘g‘itlardan foydalanishning 
buzilishi, yerlarning ko‘plab o‘zlashtirilishi, to‘qayzorlarning yo‘qolishi, 
ko‘llarning quritilishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi. Ha, 
tabiat bitmas-tuganmas xazina, undagi jonsiz va jonli tabiat, turli-tuman 
o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami- yosh avlodning tabiatdagi xilma-xillikni, ular 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tushunishida muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi.
Ammo tabiatni muhofaza qilishga e‘tibor bermaslik yoki uni ikkinchi rejaga 
surishning o‘zi insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash bo‘yicha uzoq 
muddatga tuzilgan rejaning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi, xuddi shuningdek, u 
sanoatni har xil mahsulotlar bilan ta‘minlashni buzadi va oqibatda insoniyatning 
yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitning yomonlashishiga olib keladi. 
Bo‘lajak pedagog o‘qituvchilar dunyodagi, respublikamizdagi eng muhim 
ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora-tadbirlarini bilishlari kerak.
Shuningdek, ekologik muammolarni hal etishda o‘zlari ham bevosita 
ishtirok etishlari va mustaqil ixtirochilik qobiliyatlarini shakllantirishlari zarur 
bo‘ladi. Sayyoramiz kelajagi, insoniyatning taqdiri hozirgi davrda ko‘p jihatdan 
ekologik muammolar yechimiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ekologik muammo keyingi 
o‘n yilliklar davomida yana keskinlashib ketdi. Havoning ifloslanishi, ichimlik 


17 
suvning o‘ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin 
bo‘lgan unumdor yerlarning, yer osti va yer usti boyliklarining, o‘simliklarning va 
hayvonlar nodir turlarining kamayib borayotganligi hamda atmosfera haroratining 
sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob chekmoqda. 
Ekologik muammolar qachonlardir milliy va mintaqaviy muammolardan chiqib 
butun insoniyatning muammosiga aylangan.
Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. 
Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ekologik muammoning hal 
qilinishiga bog‘liqdir. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar 
o‘z yechimini kutmoqda: 
O‘zbekiston Respubl 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda 
tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish 
masalalariga katta e‘tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o‘laroq, 
atrof-muhitni muhofaza qilishni ta‘minlashga qaratilgan qonun hujjatlari 
Respublikamizda ko‘plab qabul qilingi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab 
qo‘yilganidek ―Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lishga majburlar‖. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin