D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Pollyutantlar 
– tabiiy muhit tarkibidagi ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar 
bo‘lib, alohida hollarda ularning ma‘lum konsentratsiyalari ekotizimning abiotik 
tarkibiy qismi hamda tirik mavjudotlar, shuningdek inson organizmiga zararli ta‘sir 
etadi. Bunday moddalarga tabiiy yoki sun‘iy tarkibli noorganik va organik 
birikmalar kiradi. 
Emissiya - 
ifloslantiruvchi moddalarning 

atrof-muhitga ajrallishi. 
Immissiya - 
atrof-muhit tarkibidagi zararli moddalarning organizmlar yoki 
Ekotizim tomonidan to‘planib qolinishi.
 
Kimyoviy moddalarning zararli ta‘siri 
o‘tkir hamda xronik tusga ega bo‘lishi hamda
 
shu moddalarning kimyoviy 
o‘zgarishlar va sinergik jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi mahsulotlarining 
yig‘ilishi oqibatida namoyon bo‘ladi.
Ekotizimning assimilyatsion sig’imi – 
pollyutantlar miqdorining maksimal 
dinamik sig‘imi ko‘rsatkichi bo‘lib, ma‘lum vaqt ichida to‘planib, 


29 
transformatsiyaga uchrab, ekotizim hajmi chegaralaridan uning normal faoliyatini 
buzmagan holda chiqarib yuborilishidir.
Ifloslantiruvchi kimyoviy mahsulotlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

Ifloslantiruvchi moddalarning tabiatiga ko‘ra (fizikaviy, kimyoviy
biologik); 

Agregat holatiga ko‘ra (gazlar, suyuqlikar, qattiq chiqindilar); 

Tabiiy muhitda ifloslanish barqarorligiga ko‘ra (parchalanib ketuvchi, 
barqaror); 

Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish muhitiga ko‘ra (atmosfera, 
gidrosfera, litosferada tarqalgan ifloslantiruvchi moddalar); 

Organizmni zararlovchi usuliga ko‘ra (oziq-ovqat orqali, teri orqali, muloqot 
orqali, nafas olish orqali va h.k.)

Manbalari, qo‘llanilish sohalari va xarakteriga ko‘ra. Bunda ifloslantiruvchi 
moddalarni uch guruhga ajratish mumkin.
Biosidlar
 
(misol qilib, insektidsidlar, gerbidsidlar, fungidsidlarni kiritish 
mumkin) amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘lib, 
qo‘llanilishiga ko‘ra tirik organizmlarga qarshi moddalardir.
Oziq-ovqat mahsulotlari va kosmetik vositalarga qo‘shimcha moddalar 
(konservantlar, aromatizatorlar, antioksidantlar va boshqalar) bevosita inson 
tomonidan foydalaniladi. 
O‘g‘itlar, yuvuvchi vositalar va xlorlangan erituvchilar
 
yirik miqdorda keng 
qo‘llanilishga ega.
Kimyoviy moddalarning boshqa turdagi klassifikatsiyasi – tabiiy moddalar va 
atrof-muhitga xos bo‘lmagan moddalar (ksenobiotiklar) ga bo‘linishi mavjud. 
Ksenobiotiklar
 
(grekcha 
xenos
– begona, 
bios
– hayot) biosferada biologik 
xossalari jihatidan yot bo‘lgan va faqat kimyoviy sintez natijasidagina hosil 
bo‘luvchi moddalardir. Bunday kimyoviy moddalarning ―xos bo‘lmaganlik‖ 
darajasi turlichadir, chunki o‘z tuzilishiga ko‘ra bu moddalar tabiiy moddalarga 
juda yaqin yoki butunlay farq qilishi mumkin. Masalan, sanoatda ishlab 


30 
chiqariluvchi, tabiiy aromatik birikmalarga o‘xshash aromatik moddalar; taabiiy 
insektidsidlarga yaqin bo‘lgan sintetik piretroidlar va hokazolar.
Kimyoviy mahsulotlarning alohida guruhini radioaktiv moddalar tashkil etadi. 
Bu kimyoviy element yoki ularning birikmalarining yemirilishi natijasida 
ionlashgan nurlanish hosil bo‘lib, u kuchli biologik ta‘sir etadi. Nurlanish miqdori 
birligi nurlanishning biologik ta‘siriga mos ravishda 
ber
(biologicheskiy ekvivalent 
rentgena – rentgen biologik ekvivalenti, 1ber = 0,01J/kg) da o‘lchanadi. Kimyoviy 
ta‘sir uchun bunday o‘lchov birligi mavjud emas.
Tadqiqoqtlar natijasiga ko‘ra kimyoviy moddalarning ko‘pchiligi inson 
sog‘ligi uchun zararli bo‘lib, ularning konsentratsiyasi oshganda tirik 
organizmlarga ziyon yetkazishi mumkin. Bunday kimyoviy mahsulotlarga og‘ir 
metallar birikmalari, dioksinlar, dibenzofuranlar, benzatratsenlar, mikotoksinlar , 
naftilaminlar va nitrozoaminlar misol bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin